Mustaqillik darsi ishlanmasi



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix08.09.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#121481
1   2   3   4   5   6   7
MUSTAQILLIK DARSI

I.Tashkiliy qism: 
a)
she’riy usulda o‘quvchilar kayfiyatini ko‘tarish 
b)
davomatni aniqlash hamda tozalik nazorati; 
c)
ma`naviy daqiqa o‘tkaziladi, davlatimiz, bayrog‘i, gerbi, 
madhiyasi ta’riflanadi 
d)
O‘qituvchi so‘zi tinglanadi.(Mustaqillikni sharaflovchi va 
hozirgi kunda erishilayotgan yutuqlar haqida taqdimot 
tasvirlari asosida ma’ruza qilinadi). 
e)
Mustaqillik qutlayman seni, Bor san’atim, bayotim bilan. 
Mustaqillik asrayman seni, Kerak bo‘lsa hayotim bilan. 
 
O‘tilgan mavzuni mustahkamlash: 
“Aqliy hujum” metodidan foydalangan holda o‘quvchilarning 
ta’til davomida bajarishga berilgan topshiriqlari asosida suhbat 
o‘tkaziladi. Suhbat mavzusi bevosita Yangi O’zbekiston mavzusi 



Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti 
bilan bog‘lanib ketadi. Yangi O’zbekiston tushunchasini barcha 
o‘quvchilar o‘zlaridan kelib chiqqan holda tushuntiradilar. 
Mustaqillik bayrami haqida o‘quvchilar tushunchasi tinglanadi
o‘qituvchi tomonidan to‘ldiriladi. 
1991-yil 31-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
Kengashining 
navbatdan 
tashqari 
sessiyasida 
O‘zbekiston 
Respublikasi mustaqil davlat deb e’lon qilindi. 
Tarix sahifasiga 1- sentyabr – Mustaqillik kuni sifatida zarhal 
harflar bilan bitildi. 
Yurtimizda o‘tgan 32 yil mobaynida ko‘plab ijobiy ishlar amalga 
oshirildi. 
Ayniqsa 
bunyodkorlik ishlarini aytib adog‘iga 
yetolmaymiz. Ishlab chiqarish ob’yektlari, xizmat ko‘rsatish, dam 
olish maskanlari qurildi, ko‘cha va hiyobonlar obodonlashtirildi. 
Mustaqillik ne demak, Ne demakdir Istiqlol. 
Buni bilmog‘ing kerak, Ma’nosini dilga sol. 
 
Yangi mavzu bayoni 
(Klaster metodi, Asisment texnologiyasi, ,,Teskari 
test’’ usullarilidan foydalangan holda yangi mavzu bayon etiladi).
 
Tarixda hech bir xalq yoki millat o‘z ozodligi va mustaqilligini osonlik bilan qo‘lga 
kiritmagan. Buni jahon tarixi, jumladan, yurtimiz tarixi ham isbotlaydi. Bizning 
ajdodlarimiz, ota-bobolarimiz qadim tariximiz davomida necha bor yovuz bosqinchilar 
hujumiga duch kelib, Vatanimiz ozodligi uchun kurash olib borganlar. Masalan, 
To‘maris, Shiroq, Spitamen, Muqanna, Jaloliddin Manguberdi, Najmiddin Kubro, Temur 
Malik, Mahmud Torobiy, Amir Temur singari mard va bahodir sarkardalarimiz 
boshchiligida yovlarga qarshi qilingan jangu jadallar, so‘nggi istibdod davridagi ozodlik 
kurashlari, jadid bobolarimizning xalqimizni jaholat va mustamlakachilik domidan xalos 
etish yo‘lidagi ma’rifiy harakatlari bu fikrning tasdig‘idir. 
1991 yil 31 avgust kuni mamlakatimiz hayoti va taqdirida tub burilish yasagan, tom 
ma’nodagi buyuk tarixiy voqea yuz berdi. Necha yuz yillar davomida kelajakka katta 
umid va ishonch bilan qarab, hamisha sabr-matonat bilan yashagan xalqimiz ulug‘ 
orzusiga erishdi – o‘zining davlat mustaqilligini qo‘lga kiritdi. Istiqlol yillarida 
yurtimizda yangi davlat va jamiyat qurish yo‘lida muhim ishlar bajarildi. Qisqa muddatda 
mamlakatimiz Konstitutsiyasi ishlab chiqildi. Zamonaviy davlatchilik asoslari, qonun 
chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari shakllandi. Mamlakatimiz mustaqilligi va 
suverenitetini, sarhadlarimiz daxlsizligini, xalqimizning tinch va osoyishta hayotini 
ishonchli himoya qilishga qodir bo‘lgan Qurolli Kuchlar barpo etildi. Milliy valyutamiz 
— so‘m joriy qilindi, oltin-valyuta zaxiralarimiz shakllantirildi. Qadimiy tariximiz, boy 
madaniy merosimiz, milliy-diniy qadriyatlarimiz, o‘zligimiz tiklandi.

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə