Mustaqillik darsi ishlanmasi


 – Faol investitsiyalar va ijtimoiy



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix08.09.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#121481
1   2   3   4   5   6   7
MUSTAQILLIK DARSI

2019 – Faol investitsiyalar va ijtimoiy 
rivojlanish yili 
2020 – Ilm-ma’rifat va raqamli 
iqtisodiyotni rivojlantirish yili 
2021 – Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash 
va aholi salomatligini mustahkamlash 
2022 – Inson qadrini ulug‘lash va faol 
mahalla yili 
2023-yil Insonga eʼtibor va sifatli 
taʼlim” yili 



Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti 
Mamlakatimiz mustaqilligining 32 yilligini katta tantana sifatida nishonladi. 
Shuningdek, 2023 yil tarix zarvaraqlariga alohida qayt etiladigan yil bo‘ldi, desak 
mubolag‘a bo‘lmaydi. 
Chunki, O‘zbekiston Respublikasida 2023 yil 30 aprelda o‘tkazilgan umumxalq 
referendumi asosida 
“O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”
gi 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni 2023 yil 1 maydan e’tiboran kuchga 
kirdi hamda mana shu qabul qilingan Qonun asosida 
2023 yil 9 iyul
kuni muddatidan 
ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi o‘tkazildi.
Bugun mamlakatimiz yangi davr ostonasida turibdi. Ya’ni, o‘ttiz ikki yildan ziyod vaqt 
mobaynida mustaqil O‘zbekiston davlatimizning huquqiy asosini ta’minlab kelgan, 
bugungi farovon hayotimiz uchun mustahkam omil bo‘lgan Konstitutsiyamizni yangi 
davr ruhiga monand yangi tahrirda qabul qildik.
Yangilanayotgan O‘zbekistonda o‘tgan davr mobaynida ta’lim-tarbiya sohasini tubdan 
isloh etish maqsadida bir qator islohatlar amalga oshirilib kelinmoqda. Farzandlarimizning 
har tomonlama barkamol shaxs etib tarbiyalashda sifatli ta’lim-tarbiyaning o‘rni muhim 
ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, o‘tgan qisqa davr mobaynida maktabgacha va maktab 
ta’limi, oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimida muhim o‘zgarishlar amalga oshirildi. “Yangi 
O‘zbekiston – maktab ostonasidan boshlanadi” degan shior asosida maktab ta’limini 
rivojlantirish umumxalq harakatiga aylandi.
Mamlakatmizda keyingi to‘rt yil mobaynida 134 ta yangi maktab qurilib, 2 ming 965 ta 
maktab rekonstruksiya qilinib, yangi qiyofaga kirdi. Yurtimizda mutlaqo yangicha 
mazmun va shakldagi zamonaviy Prezident maktablari, ijod maktablari va 
ixtisoslashtirilgan maktablar barpo etildi. Hozirgi vaqtda respublikamizda 10 mingdan 
ziyod davlat umumta’lim, 171 ta nodavlat, 18 ta davlat-xususiy sheriklik shaklidagi 
maktablar faoliyat ko‘rsatmoqda. Jumladan, 56 ta matematika, 28 ta kimyo-biologiya, 14 
ta axborot texnologiyalari fanlariga ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etildi. 
Yangi tahriridagi Konstitutsiyaning ta’lim olish huquqi va imkoniyati kengaytirilishi 
hamda o‘qituvchilar konstitutsiyaviy maqomga ega bo‘lishi belgilandi. Endi yurtimizda 
o‘qituvchining mehnati jamiyat va davlatni rivojlantirish, sog‘lom, barkamol avlodni 
shakllantirish hamda tarbiyalash, xalqning ma’naviy-madaniy salohiyatini saqlash va 
boyitishning asosi sifatida e’tirof etiladi. Prezidentimiz Oliy Majlis va xalqimizga 
Murojaatnomasida ma’rifatparvar jadid bobolarimizning

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə