Mustaqillik yillarida iqtisodiy hayotimizda ro’y bergan yangilanish, tub o’zgarishni yoritishga kirishar ekanmiz, avvalo, eski mustabid tuzumdan bizga qanday iqtisodiyot meros bo’lib qolganligini eslaylik



Yüklə 3,13 Mb.
səhifə2/3
tarix05.06.2022
ölçüsü3,13 Mb.
#88876
1   2   3
9 Respublikamizda amalga oshirilgan islohotlar

Islohotlarning huquqiy asoslari. Iqtisodiy islohotni amalga oshirishning asosiy omillaridan biri bozor iqtisodiyotining huquqiy negizini yaratishdan iboratdir. Shu boisdan islohotlarning huquqiy asoslarini yaratishga alohida e’tibor berildi. Iqtisodiy sohaga tegishli bo’lgan 100 dan ortiq qonunlar qabul qilindi. Bu qonunlarni mazmun-mohiyati jihatidan bir qator yo’nalishlarga bo’lish mumkin. 1. Mulkchilik munosabatlari va ko’p ukladli iqtisodiyotni shakllantiruvchi qonunlar. Bu yo’nalish doirasida mulkchilik to’g’risida, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to’g’risida, ijara to’g’risida, davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to’g’risida va boshqa qonunlar qabul qilindi. 2. Xo’jalik yuritishni tartibga soluvchi qonunlar, ya’ni xususiylashtirish, mulkchilik, tadbirkorlik, korxonalar, fermer xo’jaligi, dehqon xo’jaligi, shirkat xo’jaligi to’g’risida qonunlar qabul qilindi. Bozor infratuzilmasini yaratuvchi va uning faoliyatini tartibga solib turuvchi banklar va bank faoliyati, pul tizimi, tadbirkorlik, sug’urta, birjalar va birja faoliyati to’g’risida, qimmatli qog’ozlar va fond birjasi to’g’risida va boshqa qonunlar qabul qilindi. Korxona bilan davlat o’rtasidagi, korxonalar o’rtasidagi munosabatlarni yo’lga qo’yuvchi, soliq tizimi, monopolistik faoliyatni cheklash, korxonalarning bankrot bo’lishi haqida qonunlar qabul qilindi, xo’jalik protsessual kodeksi ishlab chiqildi, xo’jalik sudi tuzildi. 3. O’zbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyatini belgilab beruvchi huquqiy normalar yaratildi. Tashqi iqtisodiy faoliyat to’g’risida, Chet el investitsiyalari to’g’risida, O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to’g’risida qabul qilingan qonunlar mamlakatimiz tashqi aloqalarining rivojlanishi tarixida yangi sahifa ochdi.
Xususiylashtirish. 1991 yil 18 noyabrda qabul qilingan mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to’g’risidagi qonunga muvofiq, davlat mol-mulkni xususiylashtirish masalalari bo’yicha 20 dan ortiq maxsus dasturlar ishlab chiqildi va ularni amalga oshirishga davlat boshchilik qildi. Xususiylashtirish jarayoni umumiy uy-joy fondini, savdo, mahalliy sanoat, xizmat ko’rsatish korxonalarini, qishloq xo’jalik maxsulotlarini tayyorlovchi xo’jaliklarni davlat tasarrufidan chiqarishdan boshlandi. Bu «kichik xususiylashtirish» deb nom oldi. Kichik xususiylashtirish 1994 yildayoq tugallandi. Davlat ixtiyorida bo’lgan bir milliondan ortiq kvartira yoki davlat uy-joy fondining 95 foizdan ortiqrog’I fuqarolarning xususiy mulki bo’lib qoldi. Bunda har 3 kvartiraning bittasi egalariga imtiyozli shartlar bilan yoki bepul berildi. Urush faxriylari, o’qituvchilar, tibbiyot xodimlari, ilmiy xodimlar va ijodiy ziyolilarga kvartiralar bepul berildi. 2002 yilga qadar Respublika uy-joy fondining 98 foizga yaqini xususiylashtirildi.
Davlatga qarashli mulkni, korxonalarni xususiylashtirishga davlatning o’zi tashabbuskor bo’ldi va boshchilik qildi. Davlat mulkini xususiylashtirish boshlangandan keyin to 1994 yil oxirigacha 54 mingga yaqin korxona va obekt davlat tasarrufidan chiqarildi. Shularning 18,4 mingtasi xususiy mulkka, 26,1 mingtasi aktsiyadorlik, 8,7 mingtasi jamoa, 661 tasi ijara korxonalariga aylandi. 1994 yil 21 yanvarda e’lon qilingan «Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi va 1994 yil 16 martda elon qilingan «Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini yanada rivojlantirishning ustivor yo’nalishlari to’g’risida»gi Prezident farmonlari xususiylashtirish jarayoniga yangi turtki bo’ldi. O’rta va yirik korxonalarni aktsiyadorlik jamiyatlariga, ijara korxonalariga aylantira boshlandi, bu jarayonga aholi va chet ellik investorlar kengroq jalb qilindi. Davlat mulkini sotish bo’yicha kim oshdi savdolari va tanlovlar tashkil etildi. 2004 yil boshlarida respublikamizda 1800 ta aktsiyadorlik jamiyatlari faoliyat yuritdi, 1,2 mln.dan ortiq fuqaro aktsiyalarga ega bo’ldi va ulardan daromad olmoqda.

Yüklə 3,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə