Mustaqillik yillarida madaniy taraqqiyotga nisbatan davlat siyosatining o’zgarishi



Yüklə 57,9 Kb.
tarix03.04.2023
ölçüsü57,9 Kb.
#104068
Mustaqillik yillarida madaniy taraqqiyotga nisbatan davlat siyosatining

Mustaqillik yillarida madaniy taraqqiyotga nisbatan davlat siyosatining o’zgarishi

Reja:

1. Mustaqillik yillarida ma’naviy va ma’rifiy hayot

2. Milliy istiqlol g‘oyasi va mafkuraviy masalalar

3.Madaniy taraqqiyotga va siyosatning o’zaro aloqasi

  • O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish bilan bir vaqtda ma’naviy merosimizni, madaniy qadriyatlarimizni tiklash va ularni xalqimizga yetkazish borasida keng ko‘lamda faoliyat olib borilmoqda.
  • 1991-yili buyuk alloma, g‘azal mulkning sultoni Alisher Navoiy yubileyini o‘tkazish katta ahamiyatga molik voqea bo‘ldi. Bu tantanaga bag‘ishlanib Respublikamizda shoirning asarlari nashrdan chiqarildi. 1994-yil Mirzo Ulubek tavallud topgan kunining 600 yilligi keng ko‘lamda, jahon miqyosida nishonlandi. YUNESKO ning Parijdagi qarorgohida yubileyga bag‘ishlangan haftalik o‘tdi.
  • Mustaqillik yillarida buyuk sohibqiron Amir Temurning 660 yilligi bo‘lib o‘tdi. YUNESKO tomonidan 1996-yil “Amir Temur yili” deb e’lon qilindi. Shu yili YUNESKO ning Parijdagi qarorgohida “Temuriylar davri, fan, madaniyat va maorifning gullab yashnashi” mavzuida anjuman va unga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochildi. Mamlakatimizda “Temur va temuriylar” muzeyi, Amir Temur nomi berilgan bog‘lar, ko‘chalar barpo etildi.
  • Islom olamining allomasi Iso at-Termiziyning 1200 yilligi, Mahmud az Zamahshariyning 920 yilligi, Najmiddin Kubroning 850 yilligi, Bohovuddin Naqshbandiyning 675 yilligi keng ko‘lamda nishonlandi. Ularning boy asarlari nashrdan chiqarildi.
  • 1992-Yilda Ramazon va Qurbon hayit kunlari umumxalq bayrami deb e’lon qilindi. Xalqimiz asrlar davomida nishonlab kelgan bayramlaridan biri “Navro‘z” umumxalq bayrami sifatida qayta tiklandi.
  • Mustaqillikning ilk kunlaridanoq dinga munosabat tubdan o`zgarib, davlat va diniy tashkilotlar o`rtasidagi aloqalarni to`g’ri yo`lga qo`yishga alohida e‘tibor qaratildi. O`zbekiston dunyoviy davlat, binobarin diniy tashkilotlar davlat va maktabdan ajratilgan. Din, shu jumladan islom dini ham xalqning dunyoqarashi va ma‘naviy olamning mazmunini tashkil etadi
  • Lekin shuni ham e‘tirof etishimiz kerakki, so`nggi paytlardan dinimizdan g’arazli maqsadlari uchun foydalanuvchilar paydo bo`la boshladi. Ular xorijdan yurtimizga kirib kelgan turli xil bo`zg’unchi oqimlar, din niqobi ostida shaxsiy manfaatini ko`zlovchi kimsalardir. Bizning fuqorolarimiz, ayniqsa, yoshlarimiz “haqiqiy” va “soxta” dindorlik nima ekanligini aniq tasavvur qilishlari lozim. o`zlarini chin musulmon, din uchun kurashuvchilari deb hisoblaydigan vahobiylar xalqimizga mudxish tasavvurlarnii qabul qilishni istaydigan terrorchilarni, jangarilarni vujudga keltirishga urindilar.
  • Etiboringiz uchun rahmat.

Yüklə 57,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə