Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida bozor munosabatlariga asoslangan milliy iqtisodiyot barpo etildi



Yüklə 4,75 Mb.
səhifə25/234
tarix31.12.2021
ölçüsü4,75 Mb.
#82376
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   234
Узбекистон иктисодиёти lat

4.3. Aholi tarkibi
Aholining tarkibini turli tomonidan, ya’ni yoshi, jinsi, qaysi ijtimoiy qatlamga mansubligi, millati, ma’lumoti bo‘yicha o‘rganish mumkin.

Aholi jinsiy tarkibiga urushlar jiddiy o‘zgarishlar kiritadi. 1917-yil arafasida O‘zbekiston aholisi tarkibida erkaklar – 52,9, ayollar – 47,1 foiz edi. Deyarli shunday tarkib Ikkinchi jahon urushiga qadar saqlandi. Urush yillari va uning oqibatida erkaklar va ayollar soni nisbati bo‘yicha nomutanosiblik boshqa tomonga o‘zgardi. Urushning aks sadosi u tugagandan keyin ham davom etdi. 1959-yilga kelib respublika aholisi tarkibida ayollarning ulushi 52,0, erkaklarniki esa 48,0 foizni tashkil etdi. Keyingi yillarda aholi tarkibida erkaklar va ayollar soni nisbatining baravarlashuvi jarayoni bormoqda. 2016-yilda aholi tarkibida erkaklar – 50,2, ayollar 49,8 foizni tashkil etdi.

2016-yil ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat aholisi tarkibida 15 yoshgacha bo‘lganlar (15 yosh bunga kirmaydi) 28,5 foizni, 25 yoshgacha bo‘lganlar esa 46,7 foizni tashkil etmoqda. Shuningdek, jami aholining 41,8 foizi 25 yoshdan 54 yoshgacha bo‘lganlardan iborat.

Aholi umumiy sonida bolalar, o‘smirlar va yoshlarning umumiy salmog‘i 66 foizga yaqinni, ya’ni respublika aholisining 2/3 qismini tashkil etadi.

Mamlakatimiz aholisining o‘rtacha yoshi 28,5, ayollarniki 29,1, erkaklarniki 27,8 yoshdan iborat. 2016-yil ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat aholisining mehnatga layoqatli yoshdan kichik bo‘lgan qismi qariyb 9 mln. 668 ming kishini (30,1 foiz), mehnatga layoqatli yoshdagilar 19 mln. 432 ming kishini (60,5 foiz) va mehnatga layoqatlilik yoshidan yuqorilar 3 mln. 19 ming kishini (9,4 foiz) tashkil etmoqda. Bu mamlakatning mehnat resurslariga boyligini bildiradi.

Aholi tarkibiga jins va yosh jihatidan yondashish katta ahamiyatga ega, chunki mehnat resurslari va aholini takror ishlab chiqarish xuddi ana shu jihatlarga bog‘liq.

Aholi tarkibini ularning turar joylariga qarab o‘rganish ham muhim ahamiyatga ega. 2017-yilning boshida O‘zbekistonda 50,6 foizdan ko‘proq aholi shaharlarda istiqomat qildi. Bu ko‘rsatkich, ayniqsa, Toshkent, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida yuqori. Keyingi yillarda respublikamizda bu ko‘rsatkich ancha barqarorlashdi. Bu shundan dalolat beradiki, mahalliy aholi urbanizatsiya (shaharlashtirish)ga moyillik ko‘rsatmoqda.

Aholining ijtimoiy tabaqasi va ish bilan ta’minlanish muammosi o‘rtasida yaqin bog‘liqlik bor. 1917-yil arafasida O‘zbekiston hududida aholi umumiy miqdorida ishchi va xizmatchilar 5 foiz, dehqonlar – 74,6, qolgan ijtimoiy guruhlar – 20,4 foiz edi.

Agar 1940-yilda iqtisodiyotda band bo‘lganlarning 34,2 foizini ishchi va xizmatchilar tashkil etgan bo‘lsa, 2010-yilga kelib, bu ko‘rsatkich 70 foizdan oshdi. Qishloq xo‘jaligida band bo‘lganlar soni esa sezilarli darajada kamaydi.

Aholining ta’lim (ma’lumot) bo‘yicha tarkibi ham takomillashmoqda. Ish bilan band bo‘lgan kishilarning umumta’lim darajasi o‘smoqda. Hozir band aholining qariyb har uchtasidan biri oliy va o‘rta maxsus ma’lumotga ega. Mutaxassislarning yarmidan ko‘prog‘i iqtisodiyotning ishlab chiqarish tarmoqlarida faoliyat ko‘rsatmoqda.

Agar aholining milliy tarkibini tahlil qiladigan bo‘lsak, uning asosiy qismini (83,4 foiz) o‘zbeklar tashkil etadi. Undan keyingi o‘rinlarda tojiklar, qozoqlar, ruslar, qoraqalpoqlar turadi. Hammasi bo‘lib respublikada 100 dan ortiq millat va elatlar istiqomat qiladi.


Yüklə 4,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə