Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida bozor munosabatlariga asoslangan milliy iqtisodiyot barpo etildi


O‘zbekistonda tug‘ilish, o‘lim va aholining tabiiy o‘sishi



Yüklə 4,75 Mb.
səhifə24/234
tarix31.12.2021
ölçüsü4,75 Mb.
#82376
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   234
Узбекистон иктисодиёти lat

O‘zbekistonda tug‘ilish, o‘lim va aholining tabiiy o‘sishi

(ming kishi)


Yillar

Tug‘ilganlar

soni

O‘lganlar soni

Aholining tabiiy o‘sishi

Har 1000 aholi hisobiga, promille

tug‘ilganlar

o‘lganlar

tabiiy o‘sish

2000

531,0

136,3

394,7

21,5

5,5

16,0

2005

533,5

140,6

392,9

20,5

5,4

15,1

2011

622,8

143,3

479,5

21,2

4,9

16,3

2013

679,5

145,7

533,8

22,5

4,8

17,7

2014

718,0

149,8

568,2

23,3

4,9

18,4

2015

734,1

152,0

582,1

23,2

4,8

18,4

2016

726,2

154,8

571,4

22,8

4,9

17,9

Tug‘ilish va o‘lim o‘rtasidagi tafovut aholining tabiiy o‘sish darajasini ko‘rsatadi. Bu ko‘rsatkich 2000  – 2016-yillarda sezilarli darajada oshdi. Agar 2000-yilda aholining tabiiy o‘sish darajasi 16,0 promilleni tashkil etgan bo‘lsa, 2016-yilda bu ko‘rsatkich 17,9 promillega teng bo‘ldi.

Aholi o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan omillardan yana biri oila munosabatlarining mustahkamligidir. Bu omil mahalliy xalq xususiyatlaridan kelib chiqadi. So‘nggi yillarda, ya’ni 2012 – 2016-yillarda mamlakatimizda yiliga 296 – 305 ming atrofida nikohlar qayd etilmoqda. Shu bilan birga shu davrda ajralishlar soni 17,9 – 29,3 mingtani tashkil etdi. Bu rivojlangan mamlakatlarga nisbatan olganda ancha past ko‘rsatkichdir. Hozirda 9,3 nikohga bir ajralish to‘g‘ri kelmoqda. Ammo buni ham tabiiy hol deb bo‘lmaydi. Har bir nikohning buzilishi oilaviy fojiadir.

Nikoh koeffitsientining shaharga nisbatan qishloqda yuqoriligini va ajralish koeffitsientining qishloqda pastligini qayd etish lozim. Agar har 1000 kishi hisobiga qishloqda 9,6 nikoh to‘g‘ri kelsa, shaharda bu ko‘rsatkich 8,2 ni tashkil etadi. Ajralish koeffitsienti qishloqda har 1000 kishiga 0,5 bo‘lsa, shaharda 1,1 dan iborat.

Aholi sonining o‘sishiga aks ta’sir etuvchi boshqa omillar ham bor. Bu emigratsiyadir. O‘zbekistondan chet elga doimiy yashash uchun ketganlar soni katta emas, shuning uchun ham bu omil aholi umumiy o‘sishiga jiddiy ta’sir ko‘rsata olmaydi. Mahalliy aholi kindik qoni to‘kilgan joyga mehrli, o‘zga yurtlarga butunlay ko‘chib ketishga moyil emas. Bu holat umuman Markaziy Osiyo xalqlarining an’anaviy xususiyatlariga mos tushadi.

Xalq turmush darajasini ko‘tarish faol demografik siyosatsiz mumkin emas. Bunday siyosat respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashni, sog‘lom hayot tarzini rag‘batlantirishni ko‘zda tutadi. Demografik siyosatning amalga oshirilishi aholi salomatligini tubdan yaxshilash, oilani ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, respublika ichida mahalliy aholining migratsion harakatchanligini oshirish, mehnat resurslaridan foydalanishni yaxshilash, ish bilan bandlikning ijtimoiy-demografik tomonlarini shakllantirishni taqozo etadi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida aholining kam ta’minlangan qismini ijtimoiy himoyalash, salomatlik, mustahkam oila, sog‘lom avlod, qariyalarni e’zozlash dasturlarining qabul qilinishi va boshqa tadbirlar ana shu maqsadlarni ko‘zda tutadi.



Yüklə 4,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə