Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida bozor munosabatlariga asoslangan milliy iqtisodiyot barpo etildi



Yüklə 4,75 Mb.
səhifə22/234
tarix31.12.2021
ölçüsü4,75 Mb.
#82376
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   234
Узбекистон иктисодиёти lat

4.2. Aholining tabiiy o‘sishi
Aholi va mehnat resurslarini takror ishlab chiqarish bo‘yicha O‘zbekiston noyob mintaqalar jumlasiga kiradi. Demografik, ya’ni aholi o‘sishining o‘ziga xosligi aholi va mehnat resurslari­ning tez sur’atlarda o‘sayotganligi bilan tavsiflanadi.
O‘zbekiston doimiy aholisi soni dinamikasi (ming kishi)


Yillar

Aholi soni

Yillar

Aholi soni

1865

3320

1990

20322

1897

3730

1995

22562

1913

4366

2000

24654

1918

4366

2005

26100

1924

4258

2010

28500

1939

6440

2013

29993

1950

6264

2014

30492,8

1959

8119

2015

31025,5

1970

11799

2016

31575,3

1980

15757

2017

32120,5

XIX asr oxirida O‘zbekiston hududida 3730 ming aholi yashagan. Demografik vaziyatga urushlar, tabiiy ofatlar, ocharchilik, epidemiya juda katta ta’sir ko‘rsatadi. 1924-yilda bu yerda 1913-yilga nisbatan kam aholi istiqomat qildi. Aholi soni bo‘yicha 1939-yil darajasiga esa faqat 1950-yilning o‘rtalariga kelib erishildi. Aholi tabiiy qo‘shimcha o‘sishining urushgacha sur’atlari bilan (yiliga 2,5 foiz) uning soni 1950-yillarda 10 million kishiga yetishi kerak edi. Ammo bunga XX asr 60-yillarining ikkinchi yarmida erishildi. Aholi soni 1959 –1970-yillarda 15,3 foizga o‘sdi. Keyingi yillarda ham aholining o‘sish sur’atlari yuqori bo‘ldi. 1970–1990-yillarda respublika aholisining o‘sishi 30,4 foiz, o‘rtacha yillik qo‘shimcha o‘sish sur’atlari 3,0 foizdan iborat bo‘ldi.

Bunday qo‘shimcha o‘sish sur’atlari o‘tgan asrning 80-yillarida ham to‘la saqlandi. Aholi umumiy o‘sishi 29,0 foiz bo‘lib, o‘rtacha yillik qo‘shimcha o‘sish sur’atlari 3,0 foizga yaqin bo‘ldi.

2017-yilning boshida O‘zbekiston aholisining umumiy soni 32 mln. 120 ming kishidan oshdi. Shundan 16 mln. 252 ming kishi (50,6 foizi) shaharda, 15 mln. 868 ming kishi (49,4 foizi) qishloqda yashaydi.

Tug‘ilishning o‘sishi mamlakatning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo va Surxondaryodan tashqari barcha viloyatlarida kuzatiladi. Nisbatan yuqoriroq o‘sish Farg‘ona va Toshkent viloyatlariga muvofiq keladi. Tug‘ilishning eng past darajasi esa Toshkent shahriga to‘g‘ri keladi (18,2 promille).

O‘zbekistonda aholi tabiiy o‘sishining yuqori sur’atlari aholi zichligi (1 kv.km.ga to‘g‘ri keladigan aholi soni) ko‘rsatkichlarida ham o‘z ifodasini topadi. O‘zbekistonda aholi zichligining o‘sishi uning barcha ma’muriy-hududiy birliklarida kuzatilmoqda. Ayniqsa, bu ko‘rsatkich Farg‘ona vodiysi viloyatlarida, Xorazm, Samarqand va Toshkent viloyatlarida ancha yuqori. Respublika bo‘yicha keyingi 20 yilda aholi zichligi 1,5 martaga oshdi. Hozirgi paytda mamlakat bo‘yicha 1 kv.km.ga 71,5 kishi to‘g‘ri keladi.

O‘zbekiston aholisining yuqori sur’atlarda o‘sishi qator omillar bilan izohlanadi. Tug‘ilishning yuqoriligi, o‘limning nisbatan pastligi, nikohning yuqori darajasi, ajralishning nisbatan kamligi va boshqalar shu omillar jumlasiga kiradi.

O‘zbekistonda aholining tabiiy o‘sishi ijtimoiy-iqtisodiy va demografik xarakterdagi qator tadbirlar bilan rag‘batlantirib kelindi, albatta.

Aholining tabiiy o‘sishi asosan qishloq aholisi hissasiga to‘g‘ri keladi. Qishloq joylarda yashovchilar mamlakat aholisining 49,4 foizini tashkil qilgani holda aholi tabiiy o‘sishining 54 foizini bermoqda.


Yüklə 4,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə