Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida bozor munosabatlariga asoslangan milliy iqtisodiyot barpo etildi



Yüklə 4,75 Mb.
səhifə19/234
tarix31.12.2021
ölçüsü4,75 Mb.
#82376
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   234
Узбекистон иктисодиёти lat

Qisqacha xulosalar
1. MHT – mamlakat, uning mintaqalari va sektorlari iqtisodiy faoliyati natijalarini o‘zaro bog‘liq ko‘rsatkichlar tizimi asosida kompleks tadqiq etish uchun qo‘llaniladigan iqtisodiyotning o‘ziga xos modeli hisoblanadi.

2. MHT «butun iqtisodiyotning buxgalteriya hisobi» deb yuritiladi. Bunga sabab shuki, buxgalteriya hisobining ba’zi muhim tamoyillari MHTda ham qo‘llaniladi va ularning maqsadi bir-biriga muvofiq keladi.

3. Milliy hisoblar tizimi yordamida muhim makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar aniqlanadi. MHTning eng asosiy ko‘rsatkichlari – yalpi ichki mahsulot (YIM), yalpi milliy mahsulot (YMM) yoki yalpi milliy daromad (YMD) va sof milliy mahsulot (SMM) hisoblanadi.

4. Yalpi ichki mahsulot – MHTning eng asosiy ko‘rsatkichi bo‘lib, mamlakat iqtisodiy birliklari – rezidentlarning ma’lum davr ichida (ko‘pincha bir yilda)gi ish faoliyatining natijalarini ifodalaydi. U pirovard iste’molning bozor baholarida, ya’ni xaridor tomonidan to‘lanadigan (tovarlarga solinadigan soliqlar va barcha savdo-transport ustamalarini ham o‘z ichiga oladigan) baholarda hisoblanadi.

5. Yalpi ichki mahsulot uch xil usulda aniqlanadi:

ishlab chiqarish usuli;

– taqsimlash usuli;

– pirovard foydalanish usuli.

6. Milliy iqtisodiy tizim komponentlarining tuzilishi sohalar, tarmoqlar, ishlab chiqarish majmualarini tashkil etsa, ular o‘rtasidagi munosabat, ularning o‘zaro ta’siri milliy iqtisodiyot tarkibini ifodalaydi. Tarkibiy nisbatlar esa proporsiyalarni tashkil etadi.

7. Makroiqtisodiy barqarorlik deganda iqtisodiy inqirozga barham berish, iqtisodiy taraqqiyotni ifodalovchi ko‘rsatkichlarni muayyan darajada saqlab turish, umuman olganda, iqtisodiyotni sog‘lomlashtirish tushuniladi.

8. Iqtisodiy o‘sish bevosita real yalpi ichki mahsulot hajmining mutlaq va aholi jon boshiga hamda iqtisodiy resurs xarajatlarining har bir birligi hisobiga o‘sishi, sifatining yaxshilanishi va tarkibining takomillashuvida ifodalanadi.

9. Mustaqillik yillarida dastlabki iqtisodiy o‘sish O‘zbekistonda 1996-yilda qayd etildi. Shu yili YIMning o‘sishi 1,6 foizga teng bo‘ldi. 1997-yilda mustaqillik yillarida birinchi marta YIM hajmining o‘sish sur’atlari aholi soni o‘sish sur’atlariga nisbatan yuqori bo‘lishiga erishildi.

10. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davrida O‘zbekiston yuqori o‘sish sur’atlarini saqlab qolgan jahonning kam sonli mamlakatlaridan biri bo‘ldi.


Yüklə 4,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə