Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida bozor munosabatlariga asoslangan milliy iqtisodiyot barpo etildi


MD = YIM – amortizatsiya + xorijdan birlamchi daromadlar tushumi qoldig‘i



Yüklə 4,75 Mb.
səhifə15/234
tarix31.12.2021
ölçüsü4,75 Mb.
#82376
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   234
Узбекистон иктисодиёти lat

MD = YIM – amortizatsiya + xorijdan birlamchi daromadlar tushumi qoldig‘i
Taqsimlash usulida hisoblashda YIM tarkibiga ishlab chiqarish birliklari – rezidentlar tomonidan taqsimlangan birlamchi daromadlarning quyidagi turlari kiradi: yollanib ishlovchilarning ish haqlari, ishlab chiqarish va importga sof soliq (ishlab chiqarish va importga soliq minus ishlab chiqarish va importga subsidiyalar), yalpi foyda.
YIM = yollanib ishlovchilarning ish haqlari + ishlab chiqarish va importga sof soliq + yalpi foyda
Yollanib ishlovchilarning ish haqlari joriy davrda bajarilgan ish uchun yollanib ishlayotgan ishlovchiga ish beruvchi tomonidan to‘lanadigan pul va natura ko‘rinishidagi mukofot. U ikkita qismdan iborat bo‘ladi:

ish haqi;

– ish beruvchilarning ijtimoiy sug‘urtaga o‘tkazmalari.

Bu usulda milliy daromadni aniqlash uchun YIMdan boshqa mamlakatlarga berilgan birlamchi daromadlar ayrilishi va boshqa mamlakatlardan olingan daromadlar qo‘shilishi lozim.

Yalpi ichki mahsulotni pirovard foydalanish usulida hisoblash uchun quyidagi elementlar yig‘indisi topiladi: tovar va xizmatlarning oxirgi iste’moli, yalpi jamg‘arish, tovar va xizmatlarning eksporti va importi qoldig‘i.
YIM = tovar va xizmatlarning oxirgi iste’moli + yalpi jamg‘arish + tovar va xizmatlarning eksporti va importi qoldig‘i
Tovar va xizmatlarning pirovard iste’moli deganda ulardan aholining shaxsiy ehtiyojlari va jamiyatning jamoa ehtiyojlarini butunligicha qondirishi tushuniladi. Ularni qondirish uchun qilingan xarajatlarni iqtisodiyotning quyidagi uchta sektori institutsional birliklari qoplaydilar: uy xo‘jaliklari, davlat muassasalari va uy xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi notijorat tashkilotlari.


Yüklə 4,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə