Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida bozor munosabatlariga asoslangan milliy iqtisodiyot barpo etildi



Yüklə 4,75 Mb.
səhifə13/234
tarix31.12.2021
ölçüsü4,75 Mb.
#82376
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   234
Узбекистон иктисодиёти lat

3.2. Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar
Milliy iqtisodiyot miqyosida alohida iqtisodiy subyektlar faoliyatining natijasiga milliy hisoblar tizimining turli ko‘rsatkichlari asosida baho beriladi. Milliy hisoblar tizimi yordamida muhim makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar aniqlanadi. MHTning eng asosiy ko‘rsatkichlari – yalpi ichki mahsulot (YIM), yalpi milliy mahsulot (YMM), sof milliy mahsulot (SMM) va milliy daromad (MD) hisoblanadi.

Yalpi ichki mahsulot – MHTning eng asosiy ko‘rsatkichi bo‘lib, mamlakat iqtisodiy birliklari – rezidentlarning ma’lum davr ichida (ko‘pincha bir yilda)gi ish faoliyatining natijalarini ifodalaydi. U pirovard iste’molning bozor baholarida, ya’ni xaridor tomonidan to‘lanadigan (tovarlarga solinadigan soliqlar va barcha savdo-transport ustamalarini ham o‘z ichiga oladigan) baholarda hisoblanadi.

YIM, odatda, mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasi va sur’atlarini ifodalovchi umumiy indikator vazifasini bajaradi. Ayni vaqtda iqtisodiy tahlilda YIM barcha aholi, iqtisodiy faol va band aholi soni bilan solishtiriladi. Bu esa aholi turmush farovonligiga baho berish imkonini beradi. Shuningdek, iste’mol qilingan resurslar, asosiy fondlar, investitsiyalar, har xil yo‘nalishdagi davlat xarajatlari birligiga to‘g‘ri keladigan YIM hajmi ham aniqlanadi. Bunday hisob-kitoblar resurslar, asosiy fondlar va sarflangan xarajatlarning samaradorligini tahlil qilishda muhim rol o‘ynaydi.

Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YIM hajmi asosida mamlakatning xalqaro tashkilotlar budjetiga to‘lovi miqdori aniqlanadi, ular tomonidan beriladigan kreditlarning shartlari va miqdoriga oydinlik kiritiladi, turli mamlakatlarga beriladigan moliyaviy va boshqa yordamlar amalga oshiriladi, investitsiya muhitiga baho beriladi.

YIM pul o‘lchovida aniqlanadi. Ammo bozor iqtisodiyoti sharoitida pul birliklari kursining tebranishi yuz beradi, shuningdek, tovar va xizmatlarga bo‘lgan narxlar o‘zgarib turadi. Natijada YIMning jismoniy hajmi bir xil bo‘lgan sharoitda ham uning puldagi ifodasi turli qiymatga ega bo‘ladi. Shu sababli YIM joriy yoki haqiqiy baholarda ham, narx darajalari va pul birligi kursining o‘zgarishini hisobga oladigan narxlarda ham hisoblanadi. Shu munosabat bilan YIM nominal va real turlarga ajratiladi.

Nominal YIM amaldagi yoki joriy narxlarda hisoblansa, real YIM inflyatsiya va pul birligi kursini hisobga olib aniqlanadi. Nominal va real YIM o‘rtasidagi nisbat esa yalpi ichki mahsulot deflyatori deb yuritiladi.

Yalpi ichki mahsulot bilan birga yalpi milliy mahsulot (YMM) ko‘rsatkichi ham qo‘llaniladi. YMM – keng tarqalgan umumlashtiruvchi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib, mamlakat tomonidan muayyan davr (odatda, bir yil) ichida ishlab chiqarilgan pirovard mahsulotlar va xizmatlarning bozor bahosidagi qiymatlari yig‘indisini ifodalaydi. YMM tarkibiga mamlakatda va ushbu mamlakatga tegishli ishlab chiqarish omillaridan foydalanib ishlab chiqarilgan xorijdagi mahsulot va xizmatlar qiymati ham kiritiladi. 1993-yildan boshlab yangi Milliy hisoblar tizimiga ko‘ra yalpi milliy mahsulot yalpi milliy daromad (YMD) deb yuritila boshlandi.

YIM va YMD o‘rtasidagi farq quyidagilardan iborat:

1. YIM mamlakat hududida joylashgan korxonalarning qaysi mamlakatga tegishli ekanligidan qat’i nazar, ular tomonidan ishlab chiqarilgan pirovard tovar va xizmatlarning bozor qiymatlari yig‘indisini o‘zida aks ettiradi. Boshqacha qilib aytganda, YIMni hisoblash asosiga hududiy tamoyil qo‘yilgan.

2. YMD milliy korxonalar qayerda joylashganligidan qat’i nazar, ular tomonidan ishlab chiqarilgan pirovard tovar va xizmatlarning bozor qiymati yig‘indisini ifodalaydi. Shundan kelib chiqqan holda YMD hajmi YIM hajmidan xorijda ushbu mamlakat resurslaridan foydalanish evaziga olingan omilli daromadlar (yollanma ishchilar daromadlari, renta daromadlari, ssuda foizi, firmalar foydalari)dan xorijliklar tomonidan olib chiqib ketilgan xuddi shunday daromadlar qiymatini chegirib tashlangandan keyingi qolgan qiymatga farq qiladi. Shu sababli YMDni hisoblash uchun YIM qiymatiga xorijda mamlakat korxonalari va jismoniy shaxslari tomonidan olingan foyda va daromadlar bilan ushbu mamlakatda xorijiy investorlar va xorijiy ishlovchilar tomonidan olingan foyda va daromadlar o‘rtasidagi farq qo‘shiladi. Agar farq ijobiy bo‘lsa, YMD hajmi YIMdan ko‘p bo‘ladi va aksincha. Bunday farq bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar uchun 1 foiz atrofida kuzatiladi.

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, MHTda yalpi ichki mahsulot birlamchi iqtisodiy ko‘rsatkich sifatida qabul qilingan.

Yalpi ichki mahsulotni ishlab chiqarish jarayonida, daromadlarning hosil bo‘lishi jarayonida va daromadlardan foydalanish jarayonida kuzatish mumkin. Ishlab chiqarish jarayonida yalpi ichki mahsulot rezidentlar tomonidan tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan qo‘shilgan qiymatni tavsiflaydi.

Daromadlar hosil bo‘lish jarayonida yalpi ichki mahsulot ishlab chiqaruvchilarning ishlab chiqarish jarayonida olgan va ishlab chiqarish qatnashchilari orasida taqsimlanadigan birlamchi daromadlarini ifodalaydi.

Daromadlardan foydalanish jarayonida YIM milliy iqtisodiyot sektorlari tomonidan pirovard iste’mol va jamg‘arish miqdorlari va tovar va xizmatlarning sof eksportini ifodalaydi. Shulardan kelib chiqqan holda yalpi ichki mahsulot uch xil usulda aniqlanadi:

– ishlab chiqarish usuli;

– taqsimlash usuli;

– pirovard foydalanish usuli.

YIMni qo‘shilgan qiymatlar yig‘indisi sifatida aniqlash ishlab chiqarish usuli deb yuritiladi. Bu usulda YIMni hisoblashning umumiy ko‘rinishi quyidagicha:



Yüklə 4,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə