Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida bozor munosabatlariga asoslangan milliy iqtisodiyot barpo etildi


O‘zbekistonda 2000-2016 yillarda yalpi ichki



Yüklə 4,75 Mb.
səhifə18/234
tarix31.12.2021
ölçüsü4,75 Mb.
#82376
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   234
Узбекистон иктисодиёти lat

O‘zbekistonda 2000-2016 yillarda yalpi ichki

mahsulot dinamikasi, foizda
Makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash sohasida erishilgan ijobiy o‘zgarishlarni mustahkamlashda 1997-yil alohida o‘rin tutadi. Aynan mazkur yilda YIM hajmining o‘sish sur’atlari aholi soni o‘sish sur’atlariga nisbatan yuqori bo‘lishiga erishildi. Agar 1997-yilda YIM hajmi 1996-yilga nisbatan 5,2 foizga o‘sgan bo‘lsa, aholi sonining qo‘shimcha o‘sish sur’ati 1,8 foizni tashkil etdi. Bu ijobiy tendensiyalar 1998  –  2000-yillarda yanada mustahkamlandi va mazkur yillarda YIMning qo‘shimcha o‘sish sur’ati 4  –  4,5 foizni tashkil etdi. Keyingi yillarda YIMning qo‘shimcha o‘sish sur’atlari quyidagicha bo‘ldi: 2000  –  2003-yillarda 3,8  –  4,2 foiz, 2004  –  2006-yillarda 7  –  7,7 foiz, 2007  –  2008-yillarda 9  –  9,5 foiz, 2009  –  2014-yillarda 8  –  8,5 foiz, 2015-2016 yillarda 7,8-7,9 foiz.

2007-yilning oxirida AQSHdan boshlanib, keyinchalik jahonning barcha mamlakatlarini qamrab olgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar va barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash yo‘lidagi sa’y-harakatlarimiz uchun yana bir sinov vazifasini o‘taganini alohida qayd etish lozim. Bu sinovdan O‘zbekiston munosib tarzda o‘tdi. Chuqur o‘ylangan holda ishlab chiqilgan hamda izchil ravishda olib borilgan samarali iqtisodiy siyosat natijasida shakllangan omillar shunday murakkab sharoitda ham YIMning yuqori va barqaror o‘sish sur’atlari saqlanib qolishini ta’minladi. Global moliyaviy inqirozga qarshi samarali choralar ko‘rilishi natijasida O‘zbekistonda YIMning qo‘shimcha o‘sish sur’atlari 2008-yilda 9,0 foizni, 2009-yilda esa 8,1 foizni tashkil etdi va bu jahondagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan biri bo‘ldi (2009-yilda MDH mamlakatlari bo‘yicha o‘rtacha 6,7 foiz hajmidagi iqtisodiy pasayish kuzatildi). Qator yillar davomida kuzatilgan budjet profitsiti, rasmiy zaxiralar darajasining yuqoriligi, davlat qarzining kamligi, barqaror bank tizimi va xalqaro moliya bozorlaridan qarz olishga ehtiyotkorlik bilan yondashish mamlakatni global inqirozning bevosita oqibatlaridan himoya qildi. So‘nggi yillarda O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sish sur’atlari 8 foiz atrofida barqarorlashdi.



Yüklə 4,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə