Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida bozor munosabatlariga asoslangan milliy iqtisodiyot barpo etildi



Yüklə 4,75 Mb.
səhifə32/234
tarix31.12.2021
ölçüsü4,75 Mb.
#82376
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   234
Узбекистон иктисодиёти lat

5.2. Mineral xomashyo resurslari
Mineral xomashyo turlari juda ko‘p. O‘zbekiston sharoitida uni quyidagicha guruhlashtirish mumkin: yoqilg‘i-energetika, metallar va nometallar, texnik xomashyo, o‘tga chidamli xomashyo, qurilish materiallari, suvlar.
Mineral xomashyo resurslarining tarkibi


Resurslar guruhi

Resurslar tarkibi

1. Yoqilg‘i-energetika

Neft, tabiiy gaz, ko‘mir, uran

2. Metallar

Qora, rangli, nodir, asl

3. Nometall mineral

xomashyo


Kaliy va osh tuzi, fosforitlar, oltingugurt, apatit, brom, yod

4. Texnik xomashyo

Olmos, asbest, korund, grafit, kaolin, bentonit

5. O‘tga chidamli

xomashyo


Xrom, kobalt, volfram, molibden

6. Qurilish

materiallari



Grafit, qum, qum-grafit aralashmasi, tog‘

jinslari, o‘tga chidamli tuproq, dolomit



7. Suvlar

Ichimlik suvi, mineral suv, termal suv, sanoat suvi

Keyingi yillarda qator neft-gaz konlari topildi. Farg‘ona viloyati hududida yirik konlardan Shimoliy So‘x, Chung‘ara, Chimyon, Sho‘rsuv, Andijon viloyatida Janubiy Olamushuk, Polvontoshni ko‘rsatish mumkin. Farg‘ona vodiysidagi konlarda asosan neft uchraydi. Ular bir necha o‘n yillardan beri milliy iqtisodiyotga xizmat qilib kelmoqda. Mustaqillik yillarida Namangan viloyatida Mingbuloq neft koni ochildi. Farg‘ona nefti asosan yengil, oltingugurti kam, parafini ko‘proq. Janubiy neft konlari Surxondaryo viloyatida joylashgan.

Neft konlarining katta zaxiralari Ustyurtda topilgan. Bulardan tashqari, neft-gaz kondensat konlari Muborak, Sho‘rtan, O‘rtabuloqda joylashgan. Qashqadaryodagi Ko‘kdumaloq koni ayniqsa istiqbollidir.

O‘zbekistonda gazning aniqlangan zaxiralari 2 trillion kubometrni, ko‘mirniki 2 milliard tonnadan ziyodroqni tashkil etadi. Mamlakatda topilgan konlarning zaxiralari nafaqat ichki ehtiyojlarni qondirishga qodir, balki energiya manbalarini eksport qilish imkonini ham beradi.

Neft va gazga boy beshta mintaqa aniqlangan: Ustyurt, Buxoro – Xiva, Janubiy-g‘arbiy Hisor, Surxondaryo va Farg‘ona. Gazning hozirgi aniqlangan zaxiralari mamlakat ehtiyojlarini 35, neftniki 30 yil mobaynida qoplashga yetadi. Shu bilan birga O‘zbekistonda gaz va neft zaxiralarini izlab topish darajasi 30  – 32 foizdan oshmaydi.

Mamlakatda tabiiy gaz va gaz kondensatini qayta ishlash istiqbollidir. Gazning tarkibida etan, propan va butan bo‘lib, ulardan polimer materiallari olinadi. Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasidan olinayotgan propandan nitron tolasi ishlab chiqariladi.


O‘zbekiston yoqilg‘i-energetika majmuasining asosiy ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari






Yüklə 4,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə