Mustaqillik yillarida o'zbekistonda ziyorat turizmini o'rganish va uning metadologik asoslari



Yüklə 47,63 Kb.
səhifə2/3
tarix30.12.2023
ölçüsü47,63 Kb.
#166051
1   2   3
Mustaqillik yillarida O\'zbekistonda ziyorat turizmini(qora nusxa)

Kalit so’zlar: tarixiy-madaniy, infratuzilma, ijtimoiy, xalqaro, manzilgoh, turist, ekskursiya, iqtisodiy o’sish.
Ключевые слова: Исторический и культурный, инфраструктура, социальное, международный, адрес, турист, экскурсия, экономический рост.
Keywords: Historical and cultural, infrastructure, social, international, location, tourist, excursion, economic growth.
KIRISH
Bugungi kunda O’zbekistonda barcha sohalarda keng islohotlar va targ’ibot ishlari olib borilmoqda va bu islohotlarning asosiy maqsadi mamlakatimizni yanada rivojlantirishdir. Shu bilan birga mamlakatimizda turizm va ziyorat turizmiga ham katta e’tibor qaratilib, ko’p islohotlar amalga oshirilmoqda. Hozirgi kunda aholimizning ziyoratgohlarga ularning tarixi va kelib chiqishiga bo’lgan qiziqishlari kun sayin kuchaymoqda. Chunki turizm yoki sayohat qilish insonlar hayotining ajralmas qismi bo’lib bormoqda. Turistlar o’zi kimlar? degan savol tug’iladi. Turist - to’gridan-to’gri mehnat bilan band bo’lmasdan turistik xizmatdan foydalanuvchi insonlar. O’zbekistonning eng muhim tarixiy va ziyorat shaharlari dunyoning qadimgi madaniyat va ma’naviyat markazlari sifatida sayyohlarni o’ziga jalb qiladi. O'zbekistonda turizmning paydo bo'lishi va rivojlanishi
Turizm sayohat sifatida dam olish, hordiq chiqarish, tabiat manzaralarini tomosha qilish, tarixiy-madaniy obidalarni ko'rish, o'rganish kabi faoliyatlarning mazmun va shakllaridan iboratdir. Bunda eng avvalo ma'naviy-ma'rifiy bilimlarni kengaytirish va jismoniy kamolotni tarbiyalashda keng murakkab hamda ulug'vor maqsadlar amalga oshiriladi. Sayohatlarning kelib chiqish va rivojlanish tarixi yer kurrasidagi barcha insonlarning qadimgi ijtimoiy mehnat va turmush madaniyati bilan chambarchas bog'liqdir. Insonlar mehnat qurolini yasash, olov yoqishni kashf etgan davrlarda yovvoyi hayvonlarni ov qilish, yirtqich-vahshiy hayvonlarga qarshi kurashish jarayonlarida qir-adirlar, tog'lar osha yurish-yugurish, tezoqar suvlardan kechib o'tish, yaylovlar, go'zal manzarali joylarda dam olish, tunab qolish, bir necha kunlar poylab yotish kabi hayotiy murakkab faoliyatlarni bajarishga to'g'ri kelgan. Go'zal manzarali va hayvonlar, parrandalarni ov qilishga qulay bo'lgan joylarga turli xil belgilar (tur: toshlar uyumidan to'la, yog'ochlarni tik qilib o'rnatish, terilarni osib qo'yish, toshlarga chizib rasm solish va h.k.) qo'yib ketish odatga aylangan. Shu asos datur-turizm (belgi, o'tish joyi, sayohat manzili va h.k.) iborasi va shu sohada xilma-xil madaniy tadbirlar tashkil qilsh vujudga kelgan. Ular haqida toshlar qoyasi, g'orlar ichida chizilgan rasmlar, arxeologik qazilmalarda topilgan buyumlar, xalqaro turizm tashkilotlarining so'nggi yillarda nashr etgan ko'pgina yozma manbalari guvohlik beradi. Bugungi kunda yurtimizda sayyohlar uchun maxsus avtotransport vositalari tashkillashtirilmoqda. Turizm sohasi dunyo bo’yicha uchinchi o’rinni egallab turibdi. Mustaqillik yillarida bir qancha allomalarimizning maqbaralari va qadamjolari qaytadan kashf qilindi. Masalan, Urgut tumanida Imomi A’zam, G’allaorol tumanida Sadir Vaqqos, Baxmal tumanida Mir Sayid Xalil kabi allomalarimizning maqbaralari tiklandi. Bu joylarning barchasi diqqatga sazovor, tarixiy o’tmishga yaqin hamda tarixiy ma’lumotlardan va tarixiy hayotdan dalolat beruvchi obidalardir. Bu joylarga faqat yerlik aholi ziyoratga boradilar xolos. Shu obidalarni barcha aholi ziyorat qilishi va u yerga tashrif buyurishlari uchun u yerni ziyorat turizmi maskaniga aylantirish uchun keng islohotlar olib borilmoqda.
O'zbekiston va uning atrofidagi xududlarda sayohatlarning mavjudligi, davrlar osha rivojlanishi, ularning mazmun va shakllari boyishi Buyuk ipak yo'li bilan bevosita bog'liqdir. O'zbekiston xalqaro ekosan-turizm tashkiloti tomonidan 1995 yildan buyon har yili Toshkentda xalqaro turizm anjumani va ko'rgazmasining an'anaviy o'tkazib kelinishi tufayli sayohatlarning rivojlanish tarixidagi yangi qirralarini ochib bermoqda.Turizmning shakllari va turlari asosan Sobiq Sovetlar hokimiyati davrida ancha kengaydi. Bunda tarixiy-madaniy shaharlarga sayr (ekskursiya) o‘tkazish, tog'lar, cho'llar va qadimgi shaharlardan qolgan harobalarni kovlash-o'rganish (ekspeditsiya) kabi muhim ishlar amalga oshirildi. 2010-2015- yillarda Toshkent shahrida chet ellik turistlarga xizmat ko’rsatish ko’rsatkichi 203.6 edi. Mustaqillik yillaridan keyin bu ko’rsatkich keskin ko’tarildi. Ma’lumki yurtimiz o’zining boy tarixi, madaniyati, olim-u allomalari, beqiyos meroslari bilan bir qatorda ziyorat turizmi sohasida ham yuksak qadriyatga ega hisoblanadi. Yurtimizda aholilarimiz qolaversa chet ellik sayyohlar uchun juda beqiyos va qadimiy tarixga ega bo’lgan, sayyohlarni o’ziga jalb qiladigan ziyorat maskanlarimiz judayam ko’p.Birgina Surxondaryo viloyatida bunday maskanlar juda ko’p. Masalan, Imom at-Termiziy maqbarasi, Dalvarzintepa, Qirq qiz, So’fi Olloyor, naqshbandiya ta’limoti asoschisi Hazrat Alouddin Naqshbandning birinchi xalifasi Alouddin Attorning ziyoratgohi, Sulton Saodat yodgorligi, Oq Ostona bobo maqbarasi va shunga o’xshash ko’plab ziyorat maskanlari bor. Bu yo'lda turizm bo'yicha kadrlar tayyorlash asosiy vazifalardan biri qilib qo'yildi. Sobiqsovet hokimiyati yillarida Samarqand (Registon maydoni, AmirTemur maqbarasi, Shohizinda ansambli, Bibixonim madrasasi, Xo'ja Axror vali madrasas iva h.k.), Buxoro, Xiva, Urganch, Toshkent shaharlaridagi me'moriy binolar, tarixiy muzeylar, zamonaviy binolar sayohat maskaniga aylandi. Bundan tashqari Sovet davridagi turizm faoliyati va bugungi kundagi turizm faoliyatini solishtiradigan bo’lsak, ularning orasida anchagina katta farq bor. Oldinlari insonlar birorta chet mamlakatga sayohat qilmoqchi bo’lishsa juda ko’p muammolarga dush kelishar edi. Hozirgi kunda bu muammolar keskin bartaraf etilgan va sayohat qilish uchun va turizm uchun juda ko’p imkoniyatlar yaratib berildi. Bundan tashqari chet ellik sayyohlar ham bizning bizning yurtimizga bizning chiroyli ziyorat maskanlarimizni ko’rishga kelishlari uchun ko’p to’siqlarga uchrashar edi. Birinchi Prezidentimiz I. A. Karimov boshqa mamlakat prezidentlari bilan hamkorlikda bu muammolarni bartaraf etganlar. Hozirgi Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev ham bu masalada boshqa davlatlar bilan birgalikda juda ko’p islohotlarni amalga oshirmoqdalar.Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida 2023-yil 29-mart kuni mamlakatimiz turizm salohiyatini oshrish masalalari muhokamasi yuzasidan videoselektor yig’ilishi o’tkazildi. Turizmning yana bir muhim tomoni kam xarajat bilan ko’p ish o’rinlari yaratish imkonini berasi. 2022-yilda yurtimizga tashrif buyurgan xorijiy turistlar soni 2021 yilga nisbatan 3 baravar oshgan. Bu ko’rsatkich mamlakatimizda turizm sohasi juda yaxshi rivojlanganligini va chet ellik sayyohlarning bizning yurtimizga, yurtimiz tarixiga hamda yurtimizdagi beqiyos ziyorat obidalariga bo’lgan qiziqishlari ortganligini yaqqol isbotlaydi. Bu yig’ilishda asosan turizm rivojiga to’siq bo’layotgan muammolar tahlil qilindi va muhim chora-tadbirlar ko’rib chiqildi. Turizmni rivojlantirish uchun so’nggi yillarda 5 ta yangi aviakompaniya tashkil qilindi va sayyohlar dam olishlari uchun mehmonxona o’rinlari 2 baravar oshib, 60 mingtaga yetgan. Bundan tashqari yig’ilishda “ O’zbekiston tashrif qog’ozi”ni ishlab chiqib, turizm brendini yangilash, telekanallar va internet platformalarida O’zbekiston haqidagi ma’lumotlar va uning tarixiy joylari hamda tarixiy ziyoratgohlari haqida videoroliklarni ko’paytirish muhimligi belgilandi. Bu islohotlarning barchasi turizm faoliyatini yanada rivojlantirishga, uni mamlakatmizda keng targ’ib qilishga qaratilgan islohotlar hisoblanadi. Turizm vazirligi oldiga ziyorat turizmi salohiyati yuqori Indoneziya, Hindiston, Pokiston va Samarqand, Buxoro va Toshkentga aviareyslarni ko’paytirish vazifasi qo’yildi.Bundan tashqari ziyoratgohlar imkoniyatlarini to’liq ishga solib, ko’proq sayyohlarni jalb qilish dasturi haqida ham fikr yuritildi. Ma'lumki, 30-yillarda alpinizmga e'tibor kuchaygan edi. Alpinistlar Pomir, Xon-Tangri va Kommunizm cho'qqilariga chiqish va uni zabt etishga bir necha bor urindilar. 1933 yilda Aleksandr Malenkov boshchiligidagi 7 alpinist qish Sharoitida Mestiyskiy va Becho dovonlaridan oshib o'tishga muvaffaq bo'ldilar.1936 yildan boshlab VTsSPS ommaviy turizm va alpinizm ishlariga bevosita rahbarlik qila boshladi. Lekin bu davrlarda turizmni ommaviy ravishda rivojlantirish birmuncha qiyin bo'ldi. Shu sababli Butunittifoq fizkultura va sport ishlari bo'yicha qo'mita havaskorlik turizmi ishlarining olib borilishini qoniqarsiz deb topdi va o'z navbatida, ko'ngilli sport jamiyatlari qoshida turizm sektsiyalarini tashkil qilshni tavsiya etdi. Natijada Butunittifoq turizm sektsiyasi tashkil qilindi va «SSSR turisti» nishoni ta'sis etildi. 1940 yilda mamlakatda ommaviy turistik yurish e'lon qilindi. 1941 yilning boshlarida esa pioner va o'quvchilarning grajdanlar urushi jangovor Shon-Shuhrati marshruti bo'yicha Butunittifoq ekspeditsiyasi e'lon qilindi. Ikkinchi jahon urushi yillarida turizmning ahamiyati katta bo'ldi.Fashistlar vaqtincha okkupatsiya qilgan Kavkaz tog' oraligidagi shaxtyorlar shaharchasi –Tirniauzda 1,5 ming ayol, keksalar va yosh bolalar qamalda qolib ketdi. Ularni bu ofatdan qutqarish uchun tajribali turist va alpinistlar zarur bo'ldi. Ularning yordamida 3375 m balandlikka ega bo'lgan Becho dovoni orqali Yusenni cho'qqisidan aholini olib o'tishga muyassar bo'lindi. Bunda oddiy elektr simlari va Shaxtyorlarning oddiy ish qurollari turistik jihoz o'rnida ishlatildi. Bu turistlarning dastlabki jasoratlaridan biri bo'ldi. Urushdan keyingi dastlabki yillardanoq turizm ishlariga yanada e'tibor bera boshlandi. 1945 yilning aprelida VTsSPS turistik-ekskursiya boshqarmasining faoliyatini qayta tiklash to'g'risida qaror qabul qildi. Natijada Moskva, Leningrad, qrim, shimoliy Kavkaz, Krasnodar o'lkasi, Gruziya va boshqa joylarda turistik-ekskursiya boshqarmasi tashkil etildi. 1949 yilda Jismoniy tarbiya va sport qo'mitasining qaroriga binoan turizm Butunittifoq yagona sport klassifikatsiyasiga mustaqil sport turi sifatida kiritildi. 1947 yilda Parijda rasmiy ravishda Xalqaro turistik tashkilotlar ittifoqi (MSOTO) tashkil qilindi. Bunga davlatlar yoki biror davlatning turistik tashkilotlari a'zo bo'lish huquqiga ega edi. Bu xalqaro turistik tashkilotga 100 dan ortiq davlatlar a'zo. Sobiq ittifoq bu tashkilotga 1956 yilda a'zo bo'ldi. 1955 yilda Moskvada bolalar turizmi bo'yicha Butunittifoq konferentsiyasi, 1957 yilda selingir ko'li yaqinida birinchi xalqaro turistlar slyoti o'tkazildi. Bu anjuman xalqaro yoshlar va talabalarning YI festivali dasturiga kiritilgan edi.1962 yil 20 iyulda VTsSPS prezidiumi «Turizmni yanada rivojlantirish to'g'risida» qaror qabul qildi va shu qaror asosida turistik-ekskursiya boshqarmasi (TeU) turizm kengashiga aylantirildi.Umuman, yoshlarni turizmga jalb qilsh, uni aholi o'rtasida keng tashviqot qilshda yoshlar faol ishtirok etdi. Sobiq ittifoq Vazirlar Mahkamasining «Mamlakatda fizkultura va sportni yanada rivojlantirish tadbirlari to'g'risida»gi 1966 yil 11 avgust qarorida yoshlarning turistik ishlariga alohida e'tibor berish, yangi turistik bazalar qurish to'g'risida ko'rsatmalar berildi. Shunga ko'ra, o'quv yurtlari, korxonalarda turizmni rivojlantirish tadbirlari ko'rila boshlandi.
1969 yil 30 mayda cobiq ittifoq Vazirlar Mahkamasi va VTsSPS «Mamlakatda turizm va ekskursiyani yanada rivojlantirish tadbirlari to'g'risida» qaror qabul qildi. Mazkur qarorda kasaba uyushma tashkilotlari, oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlari, hunar-texnika bilim yurtlari va umumta'lim maktablarida turizm ishini yo'lga qo'yish, kerakli jihozlar bilan ta'minlash masaolalari ta'kidlandi.
Jahon miqyosida turizm bilan shug'ullanuvchilar 1950 yilda 25 mln. kishini tashkil etgan bo'lsa, 1966 yilda ularning soni 141 mln., 1970 yilda 168 mln., 1975 yilda esa 250 mln.dan ortiq kishiga etdi.
XULOSA
Shu o’rinda aniq aytishim mumkinki mustaqillik yillarida va bugungi kunda turizm sohasida uni butun O’zbekistonga targ’ib qilish va turizm salohiyatini oshirish maqsadida juda ko’p ishlar amalga oshirildi. Bundan tashqari tarixiy va muqaddas qadamjolarga ziyorat qilish uchun va har yili dunyoning turli joylaridan minglab sayyohlar tashrif buyurishlari uchun juda ko’p imkoniyatlar va
shart-sharoitlar yaratildi. Ziyorat turizmi ya’ni muqaddas joylarni ziyorat qilish ikki asosiy, ya’ni ma’rifiy sayohatlarga yo’naltirilgan haj va diniy turizmdan iboratdir. Va bu borada ham juda ko’p islohotlar o’tkazilmoqda. Shu bilan birga turizm yo’nalishida kichik va xususiy biznes faoliyatini har tomonlama qo’llab-quvvatlash va rag’batlantirishni ta’minlovchi huquqiy hujjatlar yaratilib, amaliyotda qo’llanilmoqda. Hozirgi kunda davlatimiz tomonidan turizm infratuzilmasini rivojlantirishborasida amalga oshirilayotgan islohotlar o‘zining ijobiy natijalarini berib kelmoqda.



Yüklə 47,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə