Mustaqillik yillarida O’zbekistonning iqtisodiy, ma’naviy-madaniy taraqqiyoti



Yüklə 33,71 Kb.
səhifə4/9
tarix01.10.2023
ölçüsü33,71 Kb.
#125111
1   2   3   4   5   6   7   8   9
10. Mustaqillik yillarida o‘zbekistonning ma’naviy va madaniy taraqqiyoti

Kichik va o’rta biznes. Respublikada kichik va o’rta biznesni davlat yo’li bilan qo’llab-quvvatlash uchun tadbirkorlikni rivojlantirish fondi, kichik va o’rta biznesni rivojlantirishga ko’maklashish fondi tuzildi, dunyodagi nufuzli banklarning sarmoyalari jalb etildi. Tadbirkorlar va biznesmenlarga maslahatlar bilan ko’maklashish maqsadida nemis texnikaviy ko’maklashuv jamiyati O’zbekistonda kichik va o’rta biznesni qo’llab-quvvatlash markazini, Yevropa hamjamiyati komissiyasi amaliy aloqalar markazini ochdilar. Markaziy Osiyodagi Amerika tadbirkorlik fondi va Markaziy Osiyodagi Buyuk Britaniya investitsiya fondi tadbirkorlarga zarur maslahatlar bilan ko’maklashdilar. Faqat 1999-yili kichik va o’rta biznes korxonalariga Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki, Germaniya tiklanish bankining 200 mln. AQSh dollaridan ortiq kredit mablag’lari jalb etildi va o’zlashtirildi. Kichik va xususiy tadbirkorlikning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi salmog’i 1991-yilda 1,5 foizni, 1999-yilda 12,6 foizni tashkil etgan bo’lsa, 2004-yilda 35,6 foizga yetdi. 2004-yil faoliyat yuritayotgan kichik biznes korxonalari soni 39,1 mingtaga yetdi. Faqat 2004-yilda bu sektor hisobiga 425 ming ish o’rinlari yaratildi. 2004-yil 1-oktabrida mazkur sektorda ish bilan band bo’lganlar soni 6,1 mln. kishini yoki iqtisodiyotda jami band bo’lganlarning 61,5 foizini tashkil etdi.
Agrar islohotlar. Agrar islohotlarga ustuvorlik berildi. Negaki, respublika aholisining 62 foizi qishloqda yashaydi, qishloq xo’jaligida YaIM ning 30 foizi, mamlakat valyuta tushumlarining 55 foizi shakllanadi. Agrar islohotlar natijasida qishloq xo’jaligidagi davlat tasarrufidagi mulk xususiylashtirildi. Bugungi kunda qishloq xo’jaligida nodavlat sektorining ulushi 100 foizni tashkil qilmoqda.
Islohotlar yillarida odamlarga shaxsiy tomorqa uchun qo’shimcha ravishda 550 ming gektar sug’oriladigan yer ajratildi va shaxsiy tomorqa uchun berilgan yermaydoni 700 ming gektarga yetdi, 9 milliondan ortiq odam ana shu yer hosilidan foydalanmoqda.
Qishloqda xo’jalik yuritishning maqbul shakllarini yaratishga alohida e’tibor berildi. Agrar islohotlarning dastlabki yillarida sovxoz va kolxozlar jamoa xo’jaliklariga aylantirilgan edi. Ammo ular xo’jalik yuritishda o’zlarini to’la-to’kis oqlamaganliklari tufayli mulk paylari asosida shirkatlarga aylantirildi. 1999-yilda 898 ta, 2000-yilda 856 ta qishloq xo’jaligi korxonalari shirkatlarga aylantirildi. Ularning umumiy soni 2002-yilning 1-yanvari holatiga ko’ra ruspublika bo’yicha 1900 taga yetdi, ularda 1 mln. 400 ming kishi shirkat a’zosi sifatida mehnat qildi.
Agrar munosabatlar tizimida shirkat xo’jaligida paychilik asosiga qurilgan oila pudratiga keng o’rin berildi. Qishloq xo’jaligida fermer va dehqon xo’jaliklari salmoqli o’rin egallamoqda. 2004-yilda fermer xo’jaliklari soni 85,5 mingdan ziyodni tashkil etdi. Bu turdagi xo’jaliklar don, kartoshka, sabzavot-poliz mahsulotlari, go’sht, sut, tuxum yetishtirishda tobora salmoqli o’rinni egallab qishloq xo’jalik ekinlarini yetishtiradigan asosiy ishlab chiqaruvchilarga aylanmoqda.
Qishloqda shaxsiy yordamchi xo’jaliklar dehqon xo’jaliklari sifatida qayta shakllandi. Dehqon xo’jaligi-bu oilaviy-mayda tovar xo’jaligi bo’lib, tomorqa yer uchastkasi oila boshlig’iga umrbod meros qilib beriladi, mahsulotlar oila a’zolarining shaxsiy mehnati asosida yetishtiriladi va sotiladi. 2003-yilda 3,5 mln.dan ortiq dehqon xo’jaligi faoliyat yuritdi respublikada yetishtirilgan go’shtning 93,7 foizi, sutning 95,9 foizi, kartoshkaning 90 foizi, sabzavot-poliz mahsulotlarining 70,3 foizi, tuxumning 53,5 foizi dehqon xo’jaliklari tomonidan tayyorlandi.
2003-yilda respublikamiz qishloq xo’jaligida ishlab chiqarilgan jami mahsulotlarning 22,2 foizi shirkat xo’jaliklariga, 14,9 foizi fermer xo’jaliklariga, 62,9 foizi dehqon xo’jaliklarida yetishtirildi.
Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan agrar islohotlar natijasida qishloq hayoti yangilandi, dehqon va fermerning mehnatga munosabati, dunyoqarashi o’zgardi. Ular yerning haqiqiy egasiga, o’z mehnati evaziga yetishtirgan mahsulotning egasiga aylanmoqda.

Yüklə 33,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə