Mustaqillik yillarida O’zbekistonning iqtisodiy, ma’naviy-madaniy taraqqiyoti



Yüklə 33,71 Kb.
səhifə9/9
tarix01.10.2023
ölçüsü33,71 Kb.
#125111
1   2   3   4   5   6   7   8   9
10. Mustaqillik yillarida o‘zbekistonning ma’naviy va madaniy taraqqiyoti

Ijtimoiy hayot. Aholini ijtimoiy himoyalashga alohida e’tibor berilmoqda. O’zbekistonda islohotlar boshlangan dastlabki paytdayoq, uning asl maqsadi insonga munosib turmush va faoliyat sharoitlarini vujudga keltirishdan iborat, deb belgilangan edi. Bozor munosabatlariga o’tishning ilk davridan boshlab aholini oldindan ijtimoiy himoyalash yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko’rib borildi. Shu maqsadda miqdori muntazam o’zgartirib turilgan ish haqi, pensiyalar, turli nafaqalar, stipendiyalar, kompensatsiya to’lovlari tarzidagi pul to’lovlari keng qo’llanildi.
Mamlakatning 2 mln. 640 ming fuqarosi pensiya va moddiy yordam oladi.
Bunday to’lovlar miqdori 2000-yilda 187,8 mlrd. so’mni tashkil etdi.
Faqat 2000-yilning o’zida aholining kam ta’minlangan qismiga fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari-mahalla yig’inlari orqali 54,2 mlrd. so’m miqdorida nafaqa, ko’mak va boshqa turdagi yordamlar berildi.
Mustaqillik yillarida mamlakatda 70 mln. kv.m. turar joylar, 19,5 ming o’rinli kasalxonalar, 95,7 ming marta tashrifli poliklinikalar, 805,9 ming o’rinli maktablar, 15,3 ming o’rinli akademik litseylar, 126,5 ming o’rinli kasb-hunar kollejlari qurilib foydalanishga topshirildi.
Aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash va gazlashtirish bo’yicha keng qamrovli dasturlar amalga oshirilmoqda. 1991-2000-yillarda 22,6 ming km. suv quvurlari va 54,1 ming km. gaz tarmoqlari yotqizildi. Aholining uy-joylarini gazlashtirish darajasi 46,2 foizgacha, ichimlik suvi bilan markazlashgan holda ta’minlash esa 64,2 foizdan 77,6 foizgacha ko’tarildi.
Yosh oilalarni qo’llab-quvvatlash dasturi amalga oshirilmoqda. 2009-2012yillarda mamlakatimizning 159 ta qishloq tumanida namunaviy loyihalar asosida 900 dan ortiq yangi uy-joy massivlari barpo etildi, 33 ming 500 dan ziyod yakka tartibdagi uy-joy foydalanishga topshirildi. 2013-yilning o’zida esa 10 mingta ana shu tipdagi uylar qurildi.
Respublikada aholiga tibbiy va ijtiomiy xizmat ko’rsatishning rivojlangan tizimi bunyod etildi. Mustaqillik yillarida ambulatoriya-poliklinika muassasalarining soni 3 mingdan 4,8 minggacha yoki 1,6 baravar ortdi. Qishloq joylairda 1600 ta vrachlik punktlari ochildi.
Aholiga 81,5 mingdan ortiq shifokorlar turli ixtisosliklar bo’yicha malakali tibbiy yordam ko’rsatmoqda.
1994-yilda aholining dori-darmonga bo’lgan ehtiyoji Respublikada ishlab chiqarilgan mahsulot hisobiga bor-yo’g’i 4,5 foizga qondirilar edi. 2003-yilga kelib, katta miqdorda sarmoya jalb etilganligi hisobidan, bu ko’rsatkich 25 foizgacha o’sdi. 2013-yilning o’zida Respublikamizda 146 ta yangi zamonaviy tibbiyot muassasalari ishga tushirildi.
2012-yilda Toshkentda o’tkazilgan Ona va bola salomatligiga bag’ishlangan xalqaro ilmiy konferensiyada qayd etilgan ma’lumotlarga ko’ra mustaqillik yillarida aholining o’rtacha umri 66 yoshdan 73,5 yoshga uzaygan.Onalar o’limi 2 baravar, bolalar o’limi esa 3 baravarga kamaygan.
Keyingi yillarda ham davlat byudjeti xarajatlari tarkibida ijtimoiy sohaga yo’naltirilgan xarajatlar yuqori darajada saqlanib qoldi va 2014-yilda umumiy xarajatlarning 60 foizini tashkil etdi.
Yüklə 33,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə