Mustaqillik yillarida O’zbekistonning iqtisodiy, ma’naviy-madaniy taraqqiyoti



Yüklə 33,71 Kb.
səhifə6/9
tarix01.10.2023
ölçüsü33,71 Kb.
#125111
1   2   3   4   5   6   7   8   9
10. Mustaqillik yillarida o‘zbekistonning ma’naviy va madaniy taraqqiyoti

Yoqilg’i mustaqilligi. Mustaqillik yillarida iqtisodiyotning hayotiy muhim tarmoqlari rivojlantirildi, yangi sanoat tarmoqlari bunyod etildi. Bunga mamlakatning yoqilgi mustaqilligiga erishishi yaqqol misoldir. 90-yillarning boshlarida chetdan 6 million tonnaga yaqin neft mahsulotlari keltirilar, 600 ming tonna paxta tolasi Rossiya va boshqa mamlakatlarga neft mahsulotlari uchun berilardi. Shu boisdan mamlakatimizda neft mustaqilligi uchun kurash boshlandi, buning zamini 2 trillion kubmetrga yaqin gaz zahiralari, 160 dan ortiq neft koni bor edi.
Yiliga 2,5 mlrd. kub metr gaz haydash quvvatiga ega bo’lgan Ko’kdumaloq kompressor stansiyasi, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi barpo etildi. 1996-yilga kelib chetdan neft mahsulotlarini sotib olish to’xtadi, neft mustaqilligiga erishildi. 1991-yilda 2,9 mln. tonna neft (gaz kondensati bilan birgalikda) mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo’lsa, 2000-yilda bu ko’rsatkich 7,5 mln. tonnadan oshdi. Shu davrda tabiiy gaz ishlab chiqarish 41,8 mlrd. kub metrdan 56,4 mlrd. kub metrga o’sdi. O’zbekiston yoqilg’i mustaqilligiga erishdi.
Mashinasozlik va avtomobilsozlik sanoati. Mustaqillik yillarida mashinasozlik sanoati jadal rivojlandi. 1994-yilda barpo etilgan O’zbekiston-Isroil «O’zIzmash» qo’shma korxonasida paxta terish mashinalarining gorizontal shpindelli yangi xili yaratildi. Bu agregat jahon mashinasozligining eng yangi yutug’idir, deb e’tirof etildi.
1992-yilda Janubiy Koreya bilan hamkorlikda O’zbekistonda avtomabil ishlab chiqaruvchi korxona barpo etishga kelishib olindi. 1993-1996-yillarda Asaka shahrida «O’zDEU avto» zavodi barpo etildi va “Damas”, “Tiko”, “Neksiya” rusumli avtomabillar ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. 1996-yilda 25,3 ming, 1997yilda 64,9 ming, 1998-yilda 54,4 ming, 1999-yilda 58,4 ming, 2004-yilda 70 ming dona engil avtomobil ishlab chiqarildi. «O’zDEU» zavodida 1999-2014-yillarda “Matiz”, “Lasetti”, “Epika”, “Spark”, “Malibu”, “Kobalt”, “Orlando” rusumli avtomobillar ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. O’zbekiston dunyoda avtomobil ishlab chiqaruvchi 28-mamlakatga aylandi. Agar 2000-yilda har 100 ta oilaga o’rtacha 20 ta yengil avtomobil to’g’ri kelgan bo’lsa, 2013-yilda bu raqam 41,4 taga yetdi. Tadqiqotlarga ko’ra 2013-yilda mamlakatimizdagi oilalarning 11 % dan ortig’i ikkitadan yengil avtomobilga ega.
Samarqandda avtobus va yuk mashinalari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan
«SamKoch avto» zavodi qurildi. 2000-yilda «SamKoch avto» zavodi 483 ta avtobus, 102 ta yuk avtomobili ishlab chiqardi.
Respublikamizda avtomobillarga butlovchi qismlar ishlab chiqaruvchi o’nlab yangi korxonalar bunyod etildi. Hozirgi paytda «O’zDEU» zavodi uchun zarur bo’lgan butlovchi qismlarning 20 foizi O’zbekistonda ishlab chiqarilmoqda. Avtomobilsozlik sanoatida 14 mingga yaqin ishchi va xizmatchi mehnat qilmoqda. Mashinasozlik sanoatining yirik korxonalari – Toshkent traktor zavodi, O’zbekiston qishloq xo’jaligi mashinasozligi, Toshkent va Chirchiq qishloq xo’jaligi mashinasozligi, Toshkent agregat zavodi va boshqa korxonalar mustaqillikning dastlabki yillarida uchragan qiyinchiliklarni yengib o’tdi. Birgina Toshkent traktor zavodi 2000-yilda 954 ta, 2001-yilda 1002 ta traktor ishlab chiqarilgan bo’lsa, hozirgi paytda yiliga 3,5-4 ming donagacha traktor, minglab tirkamalar ishlab chiqarilmoqda.

Yüklə 33,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə