Mutaxassislikka kirish



Yüklə 55,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix30.12.2023
ölçüsü55,07 Kb.
#165182
1   2   3   4
Mutaxassislikka kirish 3-topshiriq

MILLIY O’QUV DASTURI (M
1,
M
2,
M
3,
M
4,
M
4,
)KOMPETENSIYALAR 
MAZMUNI. O’TKAZILGAN XALQARO BAHOLASH DASTURLARIDA 
TAQDIM ETILGAN TOPSHIRIQLAR TAHLILI.
Mamlakatimiz innovastion taraqqiyot yo’lida shiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda kelajagimiz davomchilari bo’lgan yoshlarni
ijodiy g’oyalari va ijodkorligini har tomonlama qo’llab-quvvatlash, ularning bilim, ko’nikma va malakalarini davlat ta’lim standartlari asosida
shakllantirish hamda ilg’or xorijiy tajribalar, xalqaro mezon va talablar asosida baholash tizimini takomillashtirish muhim ahamiyatga
egadir.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar
strategiyasi to’g’risida”gi PF-4947-sonli farmoni bilan tasdiqlangan “2017- 2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta
ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi” doirasida O’zbekistonda ta’lim sifatini baholashda yangicha monitoring tizimini xalqaro
baholash dasturlari yordamida aniqlash va qiyoslashga asoslangan tizim shakllantirilmoqda.
Ta’lim sifatini baholash bo’yicha xalqaro tajribalarni o’rganish, mavjud tizimni har tomonlama qiyosiy tahlil qilish, tegishli yo’nalishdagi
xalqaro va xorijiy tashkilotlar, agentliklar, ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan
yaqindan hamkorlik qilish
, ta’lim sifatini baholash bo’yicha
xalqaro loyihalarni amalga oshirish, zamon talablariga javob beradigan munosib milliy baholash tizimini takomillashtirish muhim ahamiyat
kasb etadi.
Shu maqsadda, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 8 dekabrdagi “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash
sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 997-sonli qarori bilan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspekstiyasi qoshida “Ta’lim sifatini baholash bo’yicha xalqaro tadqiqotlarni
amalga oshirish Milliy markazi” tashkil etildi.
O’z navbatida, “Ta’lim sifatini baholash bo’yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi”ga ta’lim tizimida o’qish, matematika
va tabiiy yo’nalishidagi fanlardan savodxonlik darajasini rivojlantirishning innovastion metodlarini ishlab chiqish hamda joriy etishga
yo’naltirilgan ilmiy izlanishlar olib borish, ta’lim sifatini baholash sohasida xalqaro aloqalarni o’rnatish, xalqaro loyihalarni ishlab chiqish, 
amalga oshirish kabi vazifalar yuklatildi.
Shu bilan bir qatorda, Milliy markaz direktori – Xalqaro tadqiqotlarning milliy loyiha menejeri hisoblanib, xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish
hamda muvofiqlashtirishda O’zbekiston Respublikasining vakili sifatida ishtirok etishi belgilab qo’yildi.



Yüklə 55,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə