Mutaxassislikka kirish



Yüklə 55,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/4
tarix30.12.2023
ölçüsü55,07 Kb.
#165182
1   2   3   4
Mutaxassislikka kirish 3-topshiriq

MILLIY O’QUV DASTURI (M
1,
M
2,
M
3,
M
4,
M
4,
)KOMPETENSIYALAR 
MAZMUNI. O’TKAZILGAN XALQARO BAHOLASH DASTURLARIDA 
TAQDIM ETILGAN TOPSHIRIQLAR TAHLILI.
Mazkur vazifalarning amaliy ifodasi sifatida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish davlat
inspekstiyasi bilan Xalqaro hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti o’rtasida o’quvchilar savodxonligini baholash bo’yicha xalqaro dasturda
(Agreement for participation programme for international student assessment - PISA 2021) ishtirok etish to’g’risidagi kelishuvga erishildi.
PISA (Programme for International Student Assessment) – o’quvchilarning savodxonligini baholash bo’yicha xalqaro tadqiqot dasturi bo’lib, 
dasturning asosiy maqsadi 15 yoshli o’quvchi yoshlarning o’qish, (matnni tushunish), matematika va tabiiy fanlar bo’yicha savodxonlik
darajalarini hamda ijodiy fikrlash ko’nikmalarini turli xil testlar yordamida baholashdan iboratdir. Ushbu loyihalar o’quvchi yoshlarning
ijodiy va tanqidiy fikrlashi, egallagan bilimlarini hayotda qo’llay olish layoqatiga baho berish va keyinchalik bu ko’nikmalarni
shakllantirishga xizmat qiladi.
Har uch yilda amalga oshiriladigan PISA dasturi mamlakatlarga ta’lim tizimining yutuq va kamchiliklari yuzasidan o’z vaqtida axborot
berish, tegishli dasturlarning ta’sirini tahlil qilish imkoniyatini yaratib, ta’lim siyosati sohasida qarorlar qabul qilishni qo’llab-quvvatlaydi.
Ta’lim sifatini baholashga yo’naltirilgan PISA kabi xalqaro tadqiqotlar O’zbekiston ta’lim tizimida ilk marta o’tkazilayotganligi sababli ularni
to’g’ri, samarali va ob’ektiv o’tkazish muhim ahamiyat kasb etadi.


Yüklə 55,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə