Mutaxassislikka kirish


aniq o’quv fani bo‘yicha emas, balki ta’lim sohalari bo‘yicha ishlab chiqilishio’quv



Yüklə 55,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix30.12.2023
ölçüsü55,07 Kb.
#165182
1   2   3   4
Mutaxassislikka kirish 3-topshiriq

aniq o’quv fani bo‘yicha emas, balki ta’lim sohalari bo‘yicha ishlab chiqilishio’quv
fanlarini variativ tanlash asosida o’quv-metodik majmualar (dastur, o’quv rejasi, darsliklar)ni yaratish uchun
keng
imkoniyatlar ochib beradi
, shuningdek, o’quv fanlararo bog‘lanish va bilimlarini muvofiqlashtirish tamoyili asosida
o’quv fanlarining ichki bog‘liqligi va fanlararo aloqasini ta’minlashga xizmat qiladi.
Boshlang‘ich sinflar o’qituvchisining metodik-matematik tayyorgarligi deyilganda biz uni ilmiy dunyoqarash asosida
matematika o’qitish metodikasini umumiy pedagogik-psixologik va matematik tayyorgarlik bilan uzviy bog‘lanishda
tayyorlanishni tushunamiz. Bunday tayyorlanish vazifasiga matematikadan boshlang‘ich ta’lim sohasida ma’lum bilim va
uquvlarni egallash va bolalarni o’qitish orqali tarbiyalashni o‘zlashtirishi kiradi.
Metodik-matematik tayyorgarlik boshlang‘ich sinf o’qituvchisini tayyorlashning tarkibiy qismi bo‘lib, uning ta’limiy-
tarbiyaviy faoliyatidan ajralgan holda qaralishi mumkin emas. Ikkinchi tomondan, boshlang‘ich sinflarda matematikani
o’qitish birinchi bosqichdir, ya’ni bolalarni navbatdagi matematika kursini o‘zlashtirishga tayyorlash bosqichidir. 
Matematikadan boshlang‘ich ta’limning bu ikki jihati (aspekti) (boshlang‘ich ta’limning tarkibiy qismi va matematik
tayyorgarligi) metodikada o‘zining munosib aksini topishi lozim.


BOSHLANG’ICH SINFLARDA MATEMATIKA O’QITISH
UMUMIY METODIKASI. BOSHLANG’ICH SINFLARDA
MATEMATIKA O’QITISH METODIKASI FAN SIFATIDA
Boshlang‘ich matematika kursi,
bir tomondan
, bilimlar boshqa sohalarida foydalaniladi va bolalar tafakkuri rivojlanishiga
yordam beradi. Shu bilan boshlang‘ich bilimlar yagona majmuini yaratadi, ikkinchi tomondan zaruriy metodologik
tasavvurlarni va fikrlashning mantiqiy tuzilishlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
6–10 yoshli bolalarining fikrlash qobiliyatlarini shakllanishida mas’ul davr ekanligini psixologlar isbot qilishgan. Mana shu
bolalikda shakllantirilmagan narsalarni keyinchalik to‘ldirish juda qiyin.Shu sababli boshlang‘ich ta’lim metodikasining, 
xususan, matematikadan boshlang‘ich ta’lim metodikasining markaziy vazifalaridan biri o’qitishning yetarlicha yuqori
rivojlantiruvchi samaradorligini oshirishni ta’minlashda o’qitishni bolalarning aqliy rivojlanishlariga ta’sirlarini
jadallashtirishdan iborat.
Matematikadan boshlang‘ich ta’lim-tarbiyaviy vazifalarini nazariy bilimlar tizimi asosidagina hal etishi mumkin. Bu ilmiy
dunyoqarash, psixologiya,
didaktika
, matematikani o’qitish nazariyasini (matematika didaktikasi) o‘z ichiga oladi. Biroq
birgina nazariy bilimlarning o‘zi yetarli emas.O’qitishning ma’lum mazmuni va o’qituvchilarning aqliy faoliyati saviyasi
bilan ta’sirlanadigan u yoki bu o’quv yo‘nalishi uchun eng yaroqli usullarini va qo‘llay bilish darsga tayyorlanishda yoki
darsning o‘zida yuzaga keladigan aniq metodik vazifalarni hal etishni bilishi zarur.
Ayni shu boshlang‘ich sinflarda bolalarning aqliy rivojlanishlariga asos solinishi sababli boshlang‘ich sinf o’qituvchisi uchun
o’quvchilarning aqliy faoliyatlari darajasini va imkoniyatlarini bilish va hisobga olish ayniqsa muhimdir. Kelgusidagi amaliy
faoliyat uchun xususiy, amaliy, laboratoriya ishlarida matematikani o’qitish metodikasi bajariladigan ishlar orqali
egallanadi.


BOSHLANG’ICH SINFLARDA MATEMATIKA O’QITISH
METODIKASI FAN SIFATIDA, FANLARARO
BOG’LIQLIGI.
Nazariy bilimlarni amaliy mashg‘ulotlarga tayyorlanishda va mashg‘ulotlarning o‘zida o’qitish amaliyotida foydalanish
jarayonida yuzaga keladigan turli-tuman metodik masalalar hal etilishi lozim.
Metodik masalalar har bir darsda yuzaga keladi, shu bilan birga, odatda ular bir qiymatli yechimga ega emas.O’qituvchi
darsda yuzaga kelgan metodik masalaning mazkur o’quv vaziyat uchun eng yaroqli yechimining tez topa olishi uchun bu
sohada yetarlicha keng tayyorgarlikka ega bo‘lish talab etiladi. Keltirilgan masalalar darsda iloji boricha turli usullar bilan
hal etilishi lozim.
Boshlang‘ich ta’lim metodikasi o’qitish vositasi sifatida mavjud didaktik o‘yinlar mantiq ilmi va matematika nuqtayi
nazaridan mazmunan yetarli emasligi tufayli didaktik o‘yinlardan foydalaniladi va o‘rganilgan materialni faqat
mustahkamlash vositasi sifatida foydalaniladi.
Bolalarni 6–7 yoshdan o’qitishning mazmuni va usullarida muammolar yuzaga keladi. Bu bog‘cha -maktablarda o’qitish
orqali hal etiladi. Sanoqni o‘rganish, qo‘shish va ko‘paytirishni birinchi bosqichda o‘rgatish (20 ichida) boshlang‘ich
ta’limning markaziy vazifasi bo‘lib kelgan va shundoq bo‘lib qoladi. Biroq, bu vazifa yagona bo‘lib qolmasdan, balki u 
bolalarni matematikani o‘rganishga yanada kengroq va har tomonlama tayyorlash ishining tarkibiy qismi bo‘lib qoladi. 
Ushbu ikkita asosiy yo‘l bilan belgilanadi: 1) pedagogik yo‘l, ya’ni bolalar fikrlashini qo‘llaniladigan
matematik
mulohazalarga tayyorlash
; 2) matematika yo‘li, ya’ni bolalarni eng muhim matematik tushunchalarni va eng
avvalo natural son va geometrik shakl tushunchalarini o‘rganishga tayyorlash.


BOSHLANG’ICH SINFLARDA MATEMATIKA O’QITISH
METODIKASI FAN SIFATIDA, FANLARARO
BOG’LIQLIGI.
So‘ngi yillarda mamlakatimizda maktabda matematika o’qitish ayniqsa boshlang‘ich ta’lim tizimida o‘z ko‘lami va ahamiyati jihatidan nihoyatda katta bo‘lgan
o‘zgarishlarni amalga oshirdi va oshirmoqda.
Masalan, 1997-yil 27-avgustdagi «Тa’lim to‘g‘risida»gi Qonunning 12-moddasi I–IV sinflarni o’qitishga bag‘ishlangan. 1997-yil 6-oktyabrdagi «O‘zbekiston
Respublikasida kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning 3.3.1 bandi uzlusiz ta’limni rivojlantirishda I-IV sinflarda O’qitishni tashkil qilishning rejalari ko‘rsatilgan.
Maktab ta’limi oldiga tamoyili yangi maqsadlarning qo‘yilishi matematika o’qitish mazmunining tubdan o‘zgarishiga olib kelmoqda. Matematika boshlang‘ich
kursi mazmunida ham, darslik va qo‘llanmalardan foydalanish metodikasida ham rivojlanish bo‘lishini talab qiladi.
Bugungi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning shakllanish jarayoni, bozor munosabatlarining raqobatlashuvi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, “Тa’lim
to‘g‘risida”gi Qonun talablari Boshlang‘ich sinflarda matematikao’qitish metodikasiga o‘z ta’sirini o‘tkazmasdan qo‘ymaydi.
Matematika so‘zi grekcha “mathema” so‘zidan olingan bo‘lib, uning ma’nosi “fanlarni bilish” demakdir. Matematika fanining o‘rganadigan ob’ekti fazoviy
shakllar va ular orasidagi miqdoriy munosabatlardan iboratdir.
Maktab matematika kursining maqsadi o’quvchilarga ularning psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda matematik bilimlar tizimini berishdan iboratdir.
Bu matematik bilimlar tizimi ma’lum usullar (metodika)orqalio’quvchilarga yetkaziladi.
“Metodika” grekcha so‘z bo‘lib, “metod” degani “yo‘l” demakdir.
Matematika metodikasi pedagogika fanlari tizimiga kiruvchi pedagogika fanining tarmog‘i bo‘lib, jamiyat tomonidan qo‘yilgan o’qitish maqsadlariga muvofiq
matematika o’qitish qonuniyatlarini matematika rivojining ma’lum bosqichida tatbiq qiladi. O’qitishda yangi maqsadlarning qo‘yilishi matematika o’qitish
mazmunining tubdan o‘zgarishiga olib keldi.
Boshlang‘ich sinf o’quvchilariga matematikadan samarali ta’lim berilishi uchun bo‘lajak o’qituvchi boshlang‘ich sinflar uchun ishlab chikarish matematika
o’qitish metodikasi egallab, chuqur o‘zlashtirib olmog‘i zarur.





Yüklə 55,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə