N a m a n c a n d a V l at universitkti viaxkamon q o d I r j o n o d I i j o n o V i c h d I n s h u n o s L i k



Yüklə 4,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/79
tarix02.02.2023
ölçüsü4,01 Mb.
#100040
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   79
Dinshunoslik. Maxkamov Q

Birinchidan, 
a w a l 
biror millatning 
davlati 
olib 
borgan 
bosqinchilik (ko’pincha bu urushlar din y o’lidagi muqaddas jihod urushi 
deb hisoblangan) urushlarida bosib olingan xalqlarga majburan o ’sha 
dinni qabul qildirish orqali jahonga tarqalgan.
Ikkinchidan, 
jahon dinlari ayrim xalqlar messionerlar tashviqoti, 
shu dinning o ’sha xalqlarga m a’qul bo ’lganligi oqibatida ixtiyoriy 
ravishda qabul qilganligi uchun shakllan-gan. Rossiya xalqlari 988-yilda 
Vizantiya davlatidan xris-tianlikni ixtiyoriy ravishda qabul qilgan. 
Boshqirdlar ham islomni ixtiyoriy qabul qilganlar. Hozirgi davrda 
Yaponiyada islom dini ixtiyoriy tarqalmoqda.
Jahon dinlarining har biri o ’z hududlarida madaniyatga ijobiy, 
ayrim san’at turlariga esa salbiy ( masalan, fanga, islom esa 
haykaltoroshlik, jonli narsalaming rasmini olishga qarshi kurashdi) ta’sir 
qildi. Umuman dinning m a’naviy va moddiy madaniyatning ajralmas 
qismi bo’lib qolishi jahon dinlari davrida yaqqol sezildi.
Jahon dinlari xalqlami bir-biriga yaqinlashtirdi, savdo ishlarini 
kuchaytirdi (masalan Buyuk ipak yo’li), nisbatan tinchlik o ’matdi, 
o ’zaro urushlami kamaytirdi, ko’pgina xalqlami birlashtirdi. Bu jahon 
dinlaridagi ijobiy xususiyatlardir.
Buddaviylik - eng qadimgi dinlardan biri. U eramizdan oldingi VI 
asrda( ruhoniylar hisobida 544 yil - dinning afsonaviy asoschisi vafot 
etgan yil) shimoliy Hindistonda rivojlangan quldorlik jamiyati yuzaga 
kelib, yirik davlatlar tashkil topayotgan sharoitda vujudga keldi.
Buddaviylikka hozirgi davrda 450 mln (ba’zi manbalarda lm lr 400 
mlndan, ayrimlarida esa 700 mlndan ortiq) kishi e ’tiqod qiladi. Hozirgi 
vaqtda Buddizm Janubiy, Janubi-Sharqiy, O'rta Osiyo va Uzoq Sharq 
mamlakatlarida tarqalgan va yuz millionlab izdoshlariga ega. Buddizm 
Butan davlati dinidir, Kambodja, Laos, Myanma va Tailand Shri- 
Lankada buddizm davlat dini sifatida tan olinmagan, ammo konstitutsiya 
buddizmga "ustuvor maqom" beradi4.
4 https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%91%D1%83%D0%B4%D0%B4%D0%B8%D0%B7%D0%BC
47


Gautama haqida aniq m a’lumotlar yo’q. Rivoyatlarga ko ’ra, u hind 
qabilasi hukmronlaridan birining o ’g ’li b o ’lgan va zurriyodsiz malika 
Mayya g ’oyibdan homilador bo ’lib, uni 45 yoshida tuqqan. Gautama 
tug’ilishida m o”jiza ro ’y bergan. Tabi-iy hodisalar - er qimirlashi, 
chaqmoq chaqishi, momaqaldiroq guldirashidan tashqari, chaqaloq 
tug’ilgan zahoti etti qadam qo’ygan va gapira boshlagan.
Qadimiy Hindistonda buddaviylik shakllangunga qadar murakkab 
sinfiy munosabatlar mavjud edi. Kishilar oliy, o ’rta va quyi tabaqalarga 
ajratilib, 
oliyga 

braxmanlar, 
harbiylar, 
o ’rta 
tabaqalarga 

hunarmandlar, savdogarlar, dehqonlar, eng quyi tabaqaga esa qora xalq, 
xizmatkorlar kiritilardi. Quyi tabaqa kishilarining hayoti nihoyatda og ’ir 
edi. Ular ijtimoiy tenglik u yoqda tursin, diniy tenglikka ham erishish 
huquqiga ega emas edilar. Bu xol katta noro-zilikka sabab bo’ldi. 
Bundan tashqari, jamiyatni kastalarga, oliy va past toifalarga ajratish 
mavjud bo’lib, braxmanizm dini kastachilikning himoyachisi va 
g ’oyaviy quroli edi.
Buddaviylik diniy ta’limotining asosiy manbai tripitaka (lug’aviy 
m a’nosi “uch savat” donolik) deb nom olgan diniy yozuvlarda aks etgan. 
Diniy ta ’limotda Budda uchta savatda ta’limot qoldirgan, deb tasaw ur 
etiladi. Birinchi savat -Vinaya-Pitaka deyiladi va u budda rohiblik 
jamoasini tashkil etish tartib-qoidalari, pand-nasihatlar, ahloq normalari 
bayonidir; ikkinchi savat - Sutta-Pitaka deyilib, unda duolar, dostonlar, 
afsonalar bayon etilgan; uchinchi savat - Atxidamme-Pitaka bo’lib, diniy 
falsafiy-ahloqiy g ’oyalar bayonidan iborat. Buddaviylik, hamma
48


narsaning asosida bilib bo ’lmaydigan ruh yotadi, deydi. Dunyo real 
mavjud emas, u faqat kishilaming xayolida, bilib bo ’lmaydigan ruhning 
namo-yon bo’lishida, deb ta’lim beradi. Buddaviylikdagi Nirvana 
ta’limoti “muqaddas haqiqat” deb ataladi. Unga ko’ra: 1) hayot va 
turmush azob-uqubatlarining sababi - kishilaming istaklari va nafslarida; 
2) azob-uqubatdan qutulish uchun kishilar o ’zlarining istak va nafslarini 
tiyishlari, Budda kashf etgan aqidalarga amal qilishlari zarur. 
Buddaviylik azob-uqubat tushunchasini mutlaqlashtiradi, borliqning 
barcha ko ’rinishlarini, uning mohiyatini, har qanday hayot tarzini azob- 
uqubat deb hisoblaydi. Shuning uchun ham buddaviylik Nirvanani 
borliqning intihosi, deb ham tushunadi.
Buddaviylik ta ’limotiga ko’ra, jonli mavjudotlaming o ’lishi uni 
tashkil 
etgan dharma (element, 
zarracha)laming 
ajralib ketish 
jarayonidir. Bu dharmalaming yangidan birikishi ilgari qilingan «savob 
va gunoh»lar bilan bog’liq deyilgan. Dharma Nirvana darajasiga 
etgandagina qayta tug’ilishlarga barham berilib, azob-uqubatdan 
butunlay xalos bo’ladi.
3) 
Buddaviylik ta’limotiga ko’ra 
azob-uqubatlardan xalos 
b o’lishning eng maqbul yo’li rohiblik (zohidlik) jamiyatiga (sangxa) 
o ’tish hisoblanadi. Odam joni-ruhi gunohdan tozalangach, mutlaq 
sokinlik olami bo’lgan Nirvanaga dohil bo ’ladi.
4) Rohiblik boshqa dinlarga qaraganda buddaviylikda avvalroq 
vujudga kelgan bo’lib, hozirgi kunda buddaviylik mazhablaridan 
b o’lmish Xinayana tarqalgan mamlakatlar xalqlarining ijtimoiy hayotida 
muhim rol o ’ynamoqda.
Rohiblar buddaviylikka e’tiqod qiluvchilar orasida juda katta obro’ 
va hurmatga sazovor bo’lib, ularga itoat etish va aytganini bajarish 
zarur, deb hisoblanadi. Buddizmda bir nechta mazhablar paydo bo’ldi. 
Bulardan eng yirigi I asrda ajralgan Hinoyana (Kichik arava - tor y o’l 
m a’nosida) Shri-Lanka, Birma kabi mamlakatlarda keng tarkalgan. 
Mahayana (Katta arava - keng yo ’l m a’nosida) Tibet, Yaponiya, 
M o’g ’uliston hamda Oltoy va Uzoq Sharqda yashovchi b a’zi xalqlar 
o ’rtasida keng tarqalgan. Buddaviylik Tibet va M o’g ’ulistonda ham 
tarqalgan bo’lib, u lamaizm degan nom bilan yuritiladi. Buddaviylikning
49



Yüklə 4,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə