N. I. Ibragimov, M. N. Musayev, B. A. Abidov, B. A. Muxamedgaliyev loyihalash asoslari va ekologik ekspertiza



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə88/92
tarix22.03.2024
ölçüsü0,7 Mb.
#180838
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   92
Loyihalash asoslari va ekologik ekspertiza-www.fayllar.org

Atrof-muhitga bo(lgan ta’sirni baholash va ekologik oqibatlar to‘g‘risida bildirish hujjatlari
  1. Ekologik oqibat to‘g‘risidagi bildirish hujjatida quyidagilar aks ettirilishi kerak;


  • atrof-muhitga ekologik xavf-xatarni hisobga olgan ta’sirni baholash uchun o‘tkazilgan izlanishlarning asosiy natijalari va u bo'yicha qilingan xulosalar;


  • tavsiya qilinayotgan variantni amalga oshirganda atrof-muhitga ko'rsatilgan eng ahamiyatli ta’sirning oqibatlari;


  • atrof-muhitni saqlash talablarini bajarishga qaratilgan faoliyat to‘g‘risida buyurtmachining majburiyatlari va mazkur turdagi xo'jalik faoliyatini amalga oshirishning butun davrida bu majburiyatning bajarilishi kafolati.


  1. «Ekologik oqibat to'g'risidagi bildirishni rasmiylashtirish va mazmuni:


  • titul varag'i;


  • maqsad va tavsiya qilinayotgan xo'jalik faoliyatining zarurligi;


  • mo'ljallangan xo'jalik faoliyatidagi potensial ekologik xavf saviyasining miqdoriy baholari;


  • mazkur turdagi faoliyatni amalga oshiradigan butun davr mobaynida tabiat muhofazasi me’yorlari va qoidalariga mos holda bajarishni kafolatlovchi tadbirlar ro'yxati;


  • xo'jalik faoliyatini ekologik talablarga mos keladigan manbalar (texnikaviy, xomashyoviy, moliyaviy, tashkiliy)ni ko'rsatgan holda bajarish majburiyati va uni bajarishga mas’ul shaxslarning majburiyatlari.


  1. Bayon shakli — qisqa, tushunarli, formulasiz, raqamli materiallar kam va faqat hisoblash natijalarini mos izohlar bilan aks ettirgan bo'lishi kerak;


  2. «Ekologik oqibatlar to'g'risida bildirish»ning xo'jalik faoliyati loyihasini bosh (general) ishlab chiquvchilar imzolaydilar.




    1. Atrof-muhitga ta’sirni baholashda chet-el tajribasi

AMTB — murakkab ko'pbosqichli yoki ko'pqirqali (ko'pdarajali) va ko'paspektli, o'zida ham obyekt tomondan ko'rsatilayotgan ta’sirni tekshirish yoki uni tadqiqot o'tkazish imkoniyati bo'lgan, ham uni o'tkazish tartiblarini o'zida mujassam qilgan jarayon bo'lib, rejalashtirilayotgan va loyihalanayotgan faoliyat bo'yicha yakuniy qarorlarni qabul qilishda muhim ahamiyatga egadir.


AMTBning bosh maqsadi rejalashtirilayotgan faoliyatni atrof- muhitga, aholiga bo'lgan va uning oqibatlari ta’sirini baholashda jamiyatga maqbul qarorni qabul qilishdan iboratdir.
AMTBni bajarishdan oldin qilinadigan ishlarni boshidanoq aniq va ravshan qilib belgilab olinadi, ya’ni bu jarayonda qatnashadigan qatnashchilarning konkret ro‘yxati va ularning vazifasi, xullas jarayonni olib borish tartibi senariysi tuzib chiqiladi. AMTBni o‘tkazishda turli darajadagi tabiatni muhofaza qilish va ijtimoiy sohadagi tashkilotlarning bu ishga jalb qilishga alohida e’tibor beriladi. Yana bir o‘ziga xos qatnashchilardan atrof-muhit sifatini belgilovchi normativlar bo‘lishi mumkin, chunki taqdim etilayotgan loyiha ishlab chiqilgan normativlar talabiga javob bermasa AMTBni o‘tkazishning boshidayoq loyihaning atrof-muhitga ta’sirini baholash ishlari rad etiladi.
AMTBni o‘tkazish jarayonida turli sohasidagi mutaxassislari, turli darajadagi ijrochi yoki ma’muriy va qonunchilik hukumat a’zolari yoki huquqshunoslar hamda aholinig turli xil jamoatchilik qatlami va mustaqil ekspertlar qatnashadilar.
Chet el tajribasiga binoan, eng awalo, AMTBni baholashda kutilayotgan ta’sir darajasi yoki territoriyasida (hududida) istiqomat qilayotgan aholining fikrini hisobga olish muhimdir va bu majburiy tadbir hisoblanadi. Bundan tashqari, tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy xarakterga ega boMgan ta’sirlar oqibatida boMadigan ziyon, loyihani amalga oshirilganda keladigan foyda bilan solishtirib oMchanadi, hamda kelayotgan ziyonni kamaytirish qobiliyotiga ega boMgan alternativ loyihalar ham ko‘rib chiqiladi va bir xulosaga kelinadi yoki qaror qabul qilinadi.
Endi bizning amaliyotda kam qoMlaniladigan usullarni (ijtimoiy usullar) ko‘rib chiqamiz. Chet el tajribasi bo‘yicha iqtisodiy o‘zgarishlarni amalga oshirish va ulardan samarali foydalanish mumkinligini ta’minlash maqsadida AMTBda to‘rtta asosiy tadbir o‘tkaziladi.
Birinchidan, bu loyiha amalga oshiriladigan hududda yashovchi aholi to‘g‘risidagi iqtisodiy, demografik va boshqa bor boMgan ma’lumotlarni statistik va grafik tahlil yoMi bilan har tomonlama qayta ishlab chiqish.
Ikkinchidan, loyiha to‘g‘risida bir maqsadga yo‘naltirilgan axborotni jamoatchilikka yetkazishni tashkil etish.
Uchincbidan, aholi o‘rtasida turli xil ijtimoiy so‘rovnomalarni o'tkazish.
To‘rtinchidan, aholini yurish-turishi bo‘yicha turli xil ijtimoiy kuzatishlar olib borish.
Bundan tashqari, igMlgan axborotlar bo'yicha loyihani amalga oshirish bilan bog‘liq bo'lgan ijtimoiy ekolgik va ijtimoiy-iqtisodiy prognozlash olib boriladi.
Chet el amaliyotiga binoan AMTBda shunday tasawur hosil bo‘lganki, uni o'tkazish tartibi bir necha etap va bosqichlardan iboratdir.
Chet el tajribasida AMTBni o'tkazish jarayonida asosan har birining ikkita etapi bo'lgan yoki o'z ichiga olgan uchta bosqich ajratiladi, ya’ni birlamchi va dastlabki.
AMTB ni birlamchi etapi uni o'tkazish maqsadga muvofiqligini aniqlashga hamda konkret loyihani detallashtirish zaruriyatini yoki har bir detalini o'rganib chiqishni muhokama qilishga mo'ljallangandir. Bu etapning mazmuni — loyihani hal qiluvchi muhim parametrlarini tahlili va unga baho berishdir.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə