Nabiyeva dilnozaning gistologiya va embirdologiya


Nima uchun blastotsista bachadon devoriga implanta-SIYALanadi?



Yüklə 2,7 Mb.
səhifə8/8
tarix22.02.2023
ölçüsü2,7 Mb.
#101319
1   2   3   4   5   6   7   8
Urug`lanish.Urchitish va urug`lanish bosqichlari

Nima uchun blastotsista bachadon devoriga implanta-SIYALanadi? Kupchilik tadkikotchilar implantatsiya jarayonini blastotsista va bachadon tukimalarining uzaro ta’siri, deb tushu-nadilar. Ovulyasiya boshlanishi bilan bachadonda tuxumdon va gi­pofiz bezi gormonlarining ta’sirida uzgarishlar sodir buladi. Tuxum yulida uruglangan tuxum maydalana boshlaydi va blasto­dermik pufakchaga aylanib, bachadon bushligiga tushadi. SHu vakt-da gormonlar ta’siri tufayli bachadonda uzgarishlar sodir bu-lishidan tashkari, bachadon bilan blastotsistaning uzaro alokasi tufayli lokal uzgarishlar xam sodir buladi. Bachadonning emb­rion yakinlashgan joyidagi biriktiruvchi tukima xujayralari detsidual xujayralarga aylanadi. Ular xajmining kattaligi va kup yadroligi bilan farklanadi. Ularda kuplab mitoz jarayonla-ri sodir buladi. Keyin detsidual xujayralarga kon kapilyarlari usib kiradi va kengayadi, leykotsitlar kelishi kupayadi.
Blastotsista bachadon bushligida ma’lum vakt erkin xarakat-lanib yuradi. Bu davr xar xil sut emizuvchilarda bir necha soat-dan bir necha oygacha davom etadi. Masalan, olmaxonlarda bir necha soat, odamda 2-3 kun, suvsar, ayik, zirxlilarda bir necha oy davom etadi. Bu davr blastotsista tarakkiyotidagi pauza davri deyiladi. Keyin blastotsista bachadon shillik kavatiga yopishadi va implantatsiya sodir buladi. Implantatsiya mexanizmi xakida embriologiyada xozirgacha yagona fikr yuk.
Implantatsiya va yuldosh xosil bulishida immunologik reak-siyalar asosiy vazifani bajaradi.B.P.Tokin va A.G.Filatova (1953) rivojlanayotgan uruglangan tuxum xujayra implantatsiyagacha antibiotik moddalarga ega bu-ladi. Uz yulidagi bakteriyalarni uldiradi. Bu moddalar immuno-logik axamiyatga ega bulib, ular bachadondan gormonlar ajrali-shida, lizis jarayonlarida, detsidual reaksiyalar sodir bulishida katnashadi, degan xulosaga keldilar.
E.V.Zibina 1957 yilda sichkonlarda embrion implantatsiyasi-ning boshlangich boskichlarini urgandi. Xomiladorlikning 4-5 kunlarida embrion bachadon shoxi bushligida joylashadi. Bacha-don shoxining ichki kismi bir kavatli epiteliy xujayralari bilan koplangan. Embrion bu davrda xaltasimon kurinishda bulib, ichki kismi bushlikdan iborat. 5-kunda xam embrion bachadon devorining epiteliy xujayralariga yopishmaydi, ammo ba’zi uzgarishlar sodir buladi. Bunda embrion kandaydir modda ajratib, bachadonga ta’sir etgandek buladi. 6-kunda blastotsista bachadon epiteliy xujayralari bilan alokada buladi. Mitoz bulinish tufayli trofoblastlar soni ortadi. Blastotsistaning bachadonga yopishgan joyida stroma xosil buladi va embrion unda urnashib oladi. Trofoblastlar yirik bulib, sinsitiy (yirik xujayralar) xosil kiladi va bir-biri bilan birlashib turadi. Bu vaktda fagotsitar reak-siyalar sodir buladi. Trofoblastlar emirilgan epiteliy xu-jayralarini va leykotsitlarni fagotsitoz yuli bilan kamrab olib, xazm kiladi. Olimlarning fikricha, trofoblastlar imp­lantatsiya davrida embrionni emirilgan epiteliy xujayralar va detsidual xujayralar xisobidan oziklantiradi, keyincha-lik eritrotsitlar va leykotsitlar bilan oziklantiradi.E.V.Zibinaning bu tadkikotlarining natijalari implantatsiya davrida fagotsitoz jarayoni sodir bulishidan dalolat beradi.I.G.Mixaylova (1964) sichkonlar va kuyonlarning xomilador-lik davrida birlamchi trofoblastlar ikkilamchi trofoblastlar bilan almashinishini va ikkilamchi trafoblastlar passiv buli-shini anikladi. Uning fikricha, embrional tarakkiyot davrida yuldosh xosil bulgandan keyin fagotsitoz reaksiyasining faol-ligi pasayib boradi. Aks xolda, immunologik reaksiyalar embri­on tukimasining nobud bulishiga olib keladi.B.P.Tokin 1955 yilda aniklashicha, implantatsiya va kuplab fiziologik jarayonlarda shamollash zarur va konuniy xodisa xisoblanadi. Bu, ayniksa, sut emizuvchilarning ayiruv organ-lari rivojlanishida, mezonefros va metanefros paydo buli-shida muxim axamiyatga ega.Immunologik reaksiyalar urugdon va tuxumdonning normal fa-oliyat kursatishida xam muxim axamiyatga ega. Jumladan, N.A.Pa-xomova (1975) krablarda tuxumdonning xolatini lichinka xosil bul-guncha va xosil bulgandan keyin urgandi. Lichinka xosil bulgan-dan keyin ootsitlar ovulyasiyaga uchramagan ootsitlarni emirishini anikladi. Follikula va amyobasimon xujayralar nekroz struktu-ralarni fagotsitoz yuli bilan nobud kiladi. 14-21-kunlarda tu-xumdonda yalliglanish, lizis, fagotsitoz, oogoniylarning kupayi-shi va rivojlanishi, mitoz sonining ortishi sodir buladi. SHu paytda tuxumdon amyobatsitlar deposi vazifasini bajaradi. Ootsit-larda shakl xosil bulishi intensivlashadi. YAlliglanish va tikla-nish tuxumdonda 35 kunda tamom buladi. Xuddi shunday jarayonlar xamma xayvonlarning spermatogenezida xam kuzatiladi.
D.P.Filatov (1916, 1927) amfibiyalarda eshitish organlari rivojlanishini urganish jarayonida eshitish xaltasi atrofi-dagi mezenximada yalliglanishga uxshash jarayon sodir bulishi-ni anikdadi. Agar bu jarayon sodir bulmasa, normal eshitish kapsulasi xosil bulmaydi. Agar unda eksperimental shamol-lashni xosil kilinsa, bunday xolatda xam normal eshitish kap-sulasi xosil buladi. SHunday kilib, evolyusiya jarayonida yal-liglanish xodisasi rivojlanishning normal utishiga olib kel-gan.

Xulosa
Urug‘lanish onalik va otalik jinsiy hujayralari (gametalar)ning qo`shilishidir. Natijada zigota (yunon. zeuqnynai-birikmoq) hosil bo`ladi va undan yangi organizm taraqqiy qiladi. Urug` suyuqligi urg`ochi hayvon jinsiy yo`llarga kiritilgan (urug`lanish)dan so`ng spermiylar tuxum hujayrasiga yaqinlashadi va maxsus fermentlar yordamida follikulyar hujayralarni birlashtirib turuvchi mukopolisa-xaridlarni parchalab nurli toj deyiluvchi ikkilamchi pardani yemira boshlaydi. Buning uchun ma`lum miqdordagi urug` hujayralari talab qilinadi va sun`iy urug`lantirishda spermani haddan tashqari suyultirib yuborish yaramaydi. Keyin spermiylar tuxum hujayraning yaltiroq pardasi ichiga kiradi va nihoyat boshchasi bilan sariq (vitellin) pardaga tegib, uning dumchasi harakatdan to`xtaydi. Tuxum hujayra va spermiy o`zaro murakkab ta`sir ko`rsatib, spermiy tuxum hujayra ichiga kiritiladi. Ko`pchilik tadqiqotchilar implantatsiya jarayonini blastotsista va bachadon tukimalarining uzaro ta’siri, deb tushu-nadilar. Ovulyasiya boshlanishi bilan bachadonda tuxumdon va gi­pofiz bezi gormonlarining ta’sirida uzgarishlar sodir buladi. Tuxum yulida uruglangan tuxum maydalana boshlaydi va blasto­dermik pufakchaga aylanib, bachadon bushligiga tushadi. SHu vakt-da gormonlar ta’siri tufayli bachadonda uzgarishlar sodir bu-lishidan tashkari, bachadon bilan blastotsistaning uzaro alokasi tufayli lokal o`zgarishlar xam sodir bo`ladi. Kalamushlarda implantatsiya jarayoni quyidagicha kechadi: Kalamushlarning tuxum yullarida uruglanish sodir bulgandan keyin bulinish boshlanadi. 4-5 kundan keyin embrion bachadon-ga o`tadi va blastodermik pufakcha xosil qiladi. Bu vaktda bachadonning ichki devori bir kavat epiteliy xujayralari bilan koplangan buladi. 6 kunlik embrion implantatsiyaga kirishadi. Primatlarda ovulyasiya menstruatsiya jarayonidan 14 kun oldin sodir buladi. Agar tuxum xujayra uruglansa, 3-4 kun davomida tuxum yullaridan bachadonga utishga xarakat kiladi. Embrion ba-chadonga utganda morula davrida buladi. SHundan keyin embrion bachadon bushligida 3-4 kun saklanadi. Embrion tuxum yulidan bachadonga utganda uning tashki tomoni trofoblast bilan uralgan, ichki kismi esa embrioblastdan iborat buladi. Bu embrionning blastodermik pufakcha davri xisoblanadi. Trofoblastlar orka-li embrion bachadonning shillik kavatiga implantatsiya buladi. Primatlarda embrionning implantatsiyalanishi ovulyasiyadan 7-8 kun utgandan keyin sodir buladi. Ba’zi olimlarning fikricha, embrion ona organizmiga, ya’ni bachadonga implantatsiyalanib pa-razitlik bilan xayot kechiradi.


Foydalanilgan adabiyotlar:

1.Odam va hayvonlar fiziologiyasi Rajamurodov Z.T., Rajabov A.I. Toshkent - 2010 yil


2.Odam anotomiyasi Nosir Axmedov 2005 yil
3.Odam fiziologiyasi Toshkent 1996.Haqberdiyev M M

WEB saydlar
1.www.numizmatika.net.
2.www.eksponat.net
3.www.ziyo.net
4.www.ref.uz
5.www.google.uz
6.www.mashhur.uz
7.www.bobryisk.vip
8.www.jizzax.uz
Yüklə 2,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə