|
Namangan davlat universiteti filologiya fakultetiOraliq nazoratni baholash mezonlari
|
səhifə | 19/42 | tarix | 20.10.2023 | ölçüsü | 0,93 Mb. | | #128982 |
| Ўзбек тилшунослиги тарихи MAJMUAOraliq nazoratni baholash mezonlari:
1) 26-30 ball uchun uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
o‘zbek tilshunosligi tarixi masalalari bo‘yicha berilgan test va yozma savollarga to‘liq va aniq javob berish;
o‘zbek tilshunosligi taraqqiyoti bosqichlari, davrga xos xususiyatlar,tadqiqot natijalari, tilshunoslik sohalarining taniqli vakillarining ilmiy merosi haqida mustaqil fikr yuritish;
taniqli o‘zbek tilshunoslari, til bo‘limlari bo‘yicha bajarilgan tadqiqotlar yuzasidan berilgan yozma javoblarda imloviy, punktuatsion va uslubiy xatolarga yo‘l qo‘ymaslik;
“O‘zbek tilshunosligi tarixi” fanidan o‘tilgan mavzular bo‘yicha to‘liq tasavvurga ega bo‘lish;
tilshunoslikka oid ilmiy-nazariy adabiyotlarda qayd etilgan mulohazalardan atroflicha xabardor bo‘lish.
2) 22-25 ball uchun uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- o‘zbek tilshunosligi tarixi masalalari bo‘yicha berilgan test va yozma savollarga to‘liq va aniq javob berish;
- tilshunoslik manbalariga asoslanib fikrni izchil va mantiqiy asoslash, mustaqil mushohada yuritish;
-o‘zbek tilshunoslari, til bo‘limlari bo‘yicha bajarilgan tadqiqotlar yuzasidan berilgan yozma javoblarda ba’zi imloviy, punktuatsion va uslubiy xatolarga yo‘l qo‘yish;
- o‘zbek tilshunosligiga bag‘ishlangan ilmiy-nazariy adabiyotlarda qayd etilgan mulohazalardan xabardor bo‘lish.
3) 17-21 ball uchun uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- o‘zbek tilshunosligi tarixi haqida yetarli bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lish;
o‘zbek tilshunoslari, til bo‘limlari bo‘yicha bajarilgan tadqiqotlar haqida mustaqil fikr yuritish;
- o‘zbek tilshunoslari, til bo‘limlari bo‘yicha bajarilgan tadqiqotlar yuzasidan berilgan yozma javoblarda qator imloviy, punktuatsion va uslubiy xatolarga yo‘l qo‘yish;
tilshunoslik tarixi bo‘yicha o‘tilgan mavzular haqida qisman tasavvur hosil qilish;
o‘zbek tilshunosligiga oid ilmiy-nazariy adabiyotlarda qayd etilgan mulohazalardan ma’lum darajada xabardor bo‘lish.
4) 0-16 ballga uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- talaba “O‘zbek tilshunoslik tarixi” fani mavzulari bo‘yicha umumiy tasavvurga ega bo‘lsa;
- mavzu doirasida aniq tasavvurga ega bo‘lmasa, berilgan savollarga noto‘g‘ri va noniq javob bersa.
- imlo va uslubiy xatolari 8-10tadan oshsa, matn husnixat talablariga javob bermasa.
Dostları ilə paylaş: |
|
|