Namangan davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi umumiy psixologiya



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə2/176
tarix29.11.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#139574
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   176
Namangan davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi-www.hozir.org

1.1. MA’RUZA MATNLARI
1-mavzu. EVOLYUТSION PSIXOLOGIYAGA KIRISH
Reja:
  1. Psixologiyafanining predmeti haqidagi tasavvurlar rivojlanishining asosiy bosqichlari


  2. Psixologiya tarixi


  3. Psixologiyaning fanlar tizimidagi o‘rni va boshqa fanlar bilan aloqasi


  4. Ilmiy va hayotiy psixologiya. Psixologlar haqida afsonalar


  5. Psixologiya fanlari tizimi va tamoyillari




Psixologiya fanining predmeti haqidagi tasavvurlar rivojlanishining
asosiy bosqichlari
Psixologiya bu psixika, psixik qonuniyatlar, psixikaning shakllanishi va rivojlanishi haqidagi fan bo‘lib, u quyidagi qismlarni o‘z ichiga qamrab oladi:
  • Psixik jarayonlar: bilish jarayonlari (sezgi, idrok, tasavvur, xayol, diqqat, xotira, tafakkur, nutq); emotsional (hissiyotlarning paydo bo‘lishi, ularning ehtiyojlarga ta’siri) va irodaviy jarayonlar (ehtiyoj, motiv, iroda, qaror qabul qilish, maqsad va boshqalar);


  • Psixik xususiyatlar (temperament, xarakter, qobiliyat, mayllar, yo‘nalganlik va boshqalar)


  • Psixik holatlar (stress, affekt, g‘am-anduh, monotonlik, yordamga muhtojlik, tush ko‘rish, bedorlik, holatlarning o‘zgarishi va boshqalar)


Demak, psixologiya fanining predmetipsixika bo‘lsa, uning ob’yektiinson va hayvonlar (zoopsixologiya), kichik va katta guruhlar (sotsial psixologiya) bo‘lib hisoblanadi.


Psixologiya tarixi
1-bosqich. Psixologiya ruh haqidagi fan (er.av VI asr – eramizning XVI asr). Har bir olim ruh haqidagi o‘z ta’limotlarini ilgari surishga harakat qilgan. Birlamchi tushunchalar animistik xarakterga ega bo‘lgan, ya’ni har bir predmetning o‘z qalbi bor deb e’tirof etilgan. Ruhning har bir predmetda mavjudligini harakat va ko‘rinishda aks ettirilganini kuzatganlar. Arastu barcha organik jarayonlarda psixik jarayonlar aks etgan deb aytib o‘tgan. O‘simliklar dunyosi va hayvonot olamiga ruh ta’limotini kiritgan.
So‘ngra psixika haqida ikkita qarama-qarshi fikr paydo bo‘lgan: materialistik (Demokrit) va idealistik (Aflotun). Demokritning fikriga ko‘ra psixika o‘z tabiatiga ko‘ra moddiy hisoblanadi, ruhning holati kichik atomlardan tashkil topgan, atomlar jismoniy tanada aks etganlar. Dunyoni bilish psixika va organizmning tashqi dunyo bilan o‘zaro aloqalaridan tarkib topgandir.
Aflotunning fikriga ko‘ra ruh mukammal hisoblanadi. Dunyoni anglash esa mukammal ruhdagi g‘oyalar dunyosini anglashdan iboratdir, ruh inson tanasiga tushmasdan oldin ham rivojlanadi.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   176




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə