Namangan muhandislik-qurilish instituti analitik kimyo va fizik kimyoviy taxlil


Fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi va uslubiy



Yüklə 55,29 Kb.
səhifə3/6
tarix30.12.2023
ölçüsü55,29 Kb.
#164945
1   2   3   4   5   6
Namangan muhandislik-qurilish instituti analitik kimyo va fizik -fayllar.org

Fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi va uslubiy
jihatdan uzviy ketma-ketligi
«Analitik kimyo va fizik - kimyoviy tahlil» fani umumkasbiy fanlar bloki fanlariga kirib, 3,4-semestrlarda o’qitiladi. Dasturni amalga oshirish o’quv rejasida rejalashtirilgan matematik va tabiiy-ilmiy (oliy matematika, fizika, umumiy va noorganik kimyo, suv kimyosi), umumkasbiy (metrologiya, standartlash va sifatni boshqarish, hayot faoliyati havfsizligi, organik kimyo, fizik va kolloid kimyo, ekologiya va x.k fanlardan yetarli bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishlik talab etiladi.
Fanning ishlab chiqarishdagi o’rni
Kimyoviy ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish laboratoriya tahlillariga tayanadi. «Analitik kimyo va fizik - kimyoviy tahlil» fani kimyoviy ishlab chiqarishdagi laboratoriya tahlillarini amalga oshirish malaka va ko’nikmalarini egallashda muhim o’rin tutadi.

Fani o’qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
«Analitik kimyo va fizik - kimyoviy tahlil» fanidan mashg’ulotlar ma’ruza, amaliyva laboratoriya mashg’ulotlaridan iboratdir. Darslarni tashkiletishda semestr boshlanishida har bir talabaga mavzular, o’quv moduli birliklari, aniqlashtirilgan o’quv maqsadlari, tayanch so’z va iboralar, testlar, muammoli (situatsion) masalalar hamda baholash mezonlari oldindan berib, yangi pedagogik texnologiyalar (o’qitishning interaktiv metodlari) va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etilishiga asoslangan mashg’ulotlar o’tkazishga alohida e’tibor berish lozim. Fanni o’zlashtirishda o’quv va uslubiy qo’llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, virtual stendlar hamda ishlab chiqarish texnologiyalarining maketlari va mahsulot namunalaridan foydalaniladi.


Asosiy qism


Fanning nazariy mashg’ulotlari mazmuni


Analitik kimyo
Sifat analizi
Analitik kimyo fanining vazifasi va mohiyati.Analitik kimyo usullarining sinflanishi. I va II- guruh kationlari tavsifi. Kimyoviy analizdagi
eritmalarning nazariy asoslari. Massalar ta'siri qonuni.
Massalar ta'siri qonunining analizdagi ahamiyati

Analitik kimyo fani va uning rivojlanish tarixi. Analiz usullarining sinflanishi. I va II guruh kationlarining qisqacha tavsifi. Analitik reaktsiyalarning olib borish usullari.


Kimyoviy analizdagi eritmalarning nazariy asoslari. Massalar ta'siri qonuni. Massalar ta'siri qonunining analizdagi axamiyati. Analitik reaktsiyalarni olib borish usullari
Elektrolitik dissotsiyalanish nazariyasi. Suvning ion ko'paytmasi.

Bufer eritmalar va ularning analizdagi ahamiyati.


Elektrolitik dissotsilanish. Kuchli va kuchsiz elektrolitlar. Suvning ion ko'paytmasi. Vodorod va gidroksid ko'rsatkich. Bufer eritmalar. Bufer eritmalarning pH ini hisoblash. Bufer sig'imi. Analitik reaksiyalarni olib borish shart-sharoitlari.


Ill, IV va V- guruh kationlarining umumiy tavsifi.
Gidroliz va amfoterlik, ularning analizdagi ahamiyati

III, IV, V guruh kationlarining umumiy tavsifi. I-V guruh kationlar aralashmasini analiz qilish tartibi. Tuzlar gidrolizi. Amfoterlik va uning analizda ahamiyati.


Oksidlanish-qaytarilish reaktsiyalari va ularning analizdagi ahamiyati. Oksidlanish darajasi.Kompleks birikmalar.

Anionlar, ularning aralashmasi analizi. Quruq tuz analizi.


Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari. Galvanik element. Oksidlanish va qaytarilish darajalari. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining analizda ahamiyati.


Kompleks birikmalarning tuzilishi, kompleks birikmalarning barqarorligi. Ichki kompleks birikmalar. Anionlar, ularning aralashmasi analizi. Quruq tuz analizi.
Anionlarning umumiy tavsifi. Uch guruh anionlar aralashmasini analizi. Quruq tuz analizi. Elementlarning ajratish usullari. Anionlar uch analitik guruhga bo'linadi.
Miqdor analizi.
Miqdoriy analiz usulining sinflanishi.
Gravimetrik analiz asosi va usullari.

Miqdoriy analiz usullarining sinflanishi. Xatolar nazariyasi .Xatolarning sinflanishi va ularni yo'qotish yo'llari. Gravimetrik analiz asosi. Xaydash usuli. Gravimetriyada cho'ktirish usuli. Cho'kma holat va tortma holat. Cho'kmalar hosil bo'lish sharoitlari. Birgalashib cho'kish


Titrimetrik analiz asoslari va usullari Konsentratsiya turlari.
Titrimetrik analizda hisoblashlar. Neytrallash (kislota-asosli titrlash)
usuli asoslari. Indikatorlarning ionva xromofor nazariyasi.
Oksidlanish-qaytarilish usullari asosi. Usulning sinflanish

Titrimetrik analiz asoslari. Titrlash usullari bo'yicha sinflanishi. Kontsentratsiyani ifodalash turlari. Titrimetrik analizda hisoblashlar.


Neytrallash usuli asosi. Indkatorlarning ionvaxromofor nazariyasi. Oksidlanish-qaytarilish titrlash asosi .Oksidlanish-qaytarilish potentsiali. Galvanik element. Nernst tenglamasi.
Permanganotometriya usuli mohiyati. Titrlash egri chiziqlari va

ekvivalent nuqtani aniqlash. Yodometriya usuli asosi.


Cho'ktirish usuli asosi. Indikatorli va indikatorsiz titrlash usullari.
Usulning analizda qo'llanilishi.

Permanganatometriya usulining umumiy tavsifi. KMn04 eritmasinitayyorlash va saqlash. Permanganat titrini aniqlash. Avtokataliz. Yodometriya usulining umumiy tavsifi. Oksidlovchi va qaytaruvchilarni aniqlash.


Cho'ktirish usulining umumiy tavsifi. Titrlash egri chizig'i hisobi. Cho'ktirish usulida titrlash egri chiziqlari. Indikatorli ekvivalent nuqtani aniqlash usullari.
Kompleks hosil qilish usuli. Kompleksonlar, ularning turlari va tuzilishi. Indikatorlar nazariyasi. Usulning analizda qo'llanilishi va ahamiyati.

Optik analiz usullari. Spektral uskunalar turlari


Spektrofotometriya. Sifat va miqdoriy taxlilda qo'llanishi.

Kompleks hosil qilish usulining asoslari. Kompleksonlar, ularning tuzilishi va hosil bo'lishi. Kompleksonometriya indikatorlari. Metallarning kompleksonometriya usuli bilan aniqlash. Suvning umumiy qattiqligini aniqlash.


Optik analiz usullari. Fotokalorimetriya usuli. Spektrofotometriyani mohiyati. Spektrofotometr tuzilishi, ish tamoili. FEK va SF larni o'xshash va farqli tomonlari.
Fizik kimyo
Fizikaviy kimyo fanining vazifasi, maqsadi va

tekshirish obyektlari. Kimyoviy termodinamika.


Fizikaviy kimyo fanining vazifasi, maqsadi va tekshirish obyektlari, rivojlanish tarixi. O'rta Osiyoda fizik va kolloid kimyo sohasidagi eng muhim izlanishlar va yaratilgan qonuniyatlar. Kimyoviy texnologiyadagi ahamiyati. Asosiy tushunchalar: sistema, sistema holati, termodinamik parametrlar.


Ish, issiqlik, ichki energiya va entalpiya. Issiqlik va ishning molekulyar izohi. Kengayish ishi. Issiqlik sig'imi va uning turlari, issiqlik sig'imini haroratga bog'liqligi. Termodinamikaning birinchi qonuni, uning vazifasi va turli jarayonlarga tadbig'i.
Termokimyo. Gess qonuni. Termodinamikaning ikkinchi qonuni

Gess qonuni. Issiqlik effektlari va uning turlari. Reaksiya entalpiyasining haroratga bog'liqligi. Kirxgoff qonuni.


Qonunning asosiy vazifasi va termodinamik jarayonlar. Issiqlikni ishga aylanish jarayoni, Karno sikli. Entropiya. Termodinamika 2-qonunining matematik ifodasi. Entropiyaning turli jarayonlarda o'zgarishi. Gibbs va Gelmgols energiyalari. Izotermik potensiallar. Termodinamikaning uchinchi qonuni.
Kimyoviy muvozanat. Kimyoviy muvozanat asoslari.

Fazalar muvozanati termodinamikasi


Muvozanat konstantasi ifodasini massalar ta'siri qonuniga binoan keltirib chiqarish. Geterogen va gomogen sistemalar uchun muvozanat konstantasining ifodasi. Muvozanat konstantasining turli ifodalari va ular o'rtasidagi bog'lanish. Muvozanat konstantasining izotermasi, izoxora-izobara tenglamalari.


Asosiy tushunchalar. Gibbsning fazalar qoidasi. Bir komponentli sistemalar. Suv va oltingugurtning holat diagrammasi. Klauzius - Klapeyron tenglamasi.
Ikki komponentli suyuq sistemalar. Ikki komponentli
qattiq sistemalar. Fizik-kimyoviy tahlil usullari

Binar sistemalarning fazaviy diagrammalari. Ikki komponentli suyuq sistemalar va ularning holat diagrammalari. Richag qoidasi. Konovalov va Vrevskiy qonunlari. Azeotrop aralashmalar. O'zaro cheksiz aralashadigan suyuqliklarni haydash va ajratish usullari.


Ikki komponentli qattiq sistemalarda qattiq va suyuq fazalar muvozanati. Suyuqlanish diagrammasi. Termik tahlil usuli. Evtetikali sistemalar. Izomorf va noizomorf bo'lgan sistemalarning holat diagrammalari. Kongruent va inkongruent suyuqlanadigan sistemalar. Uch komponentli sistemalar va ularning holat diagrammalari.
Noelektrolit eritmalarning kolligativ xossalari.Elektrolit

eritmalar xossalari. Elektrokimyo. Elektr o'tkazuvchanlik


Suyultirilgan noelektrolit moddalar eritmalarining kolligativ xossalari: bug' bosimining pasayishi, muzlash haroratining pasayishi, qaynash haroratining ortishi, osmotik bosim. Raul qonunlari. Krioskopik va ebulioskopik konstantalar. Molekulyar massani krioskopik va ebulioskopik usullarda aniqlash. Taqsimlanish qonuni va ekstraksiya.


Elektrolit eritmalarning xossalarini noelektrolit eritmalar xossalaridan chetlanishini ifoda qilish. Izotonik koeffitsiyent. Elektrolitlarning elektrostatik nazariyasi haqida tushuncha. Debay-Xyukkel nazariyasi. Ionlararo muvozanat. Elektrolit eritmalarning dissosiasiyalanish darajasi va konstantasi. Aktivlik koeffitsiyenti. Ion kuchi.


Elektrolit eritmalarining elektr o'tkazuvchanlik va o'tkazgich turlari. Nanoo'tkazgichlar haqida ma'lumot. Ion tashish soni va ionlarning harakatchanligi. Kolraush va Ostvaldni suyultirish qonuni. Elektr o'tkazuvchanlikning amaliy ahamiyati. Konduktometriya.
Galvanik elementlar. Elektr yurituvchi kuch (EYuK)
Galvanik elementlar turlari va EYuKni aniqlash. Kimyoviy va konsen- trasion galvanik elementlar. Elektroliz. Elektrolizning sanoatdagi amaliy ahamiyati.
Kimyoviy reaksiyalar tezligi. Murakkab reaksiyalar
Reaksiyalar tezligiga haroratning ta'siri. Aktivlanish energiyasi.
Kataliz. Gomogen va getrogen kataliz.

Kimyoviy kinetika. Kimyoviy reaksiyalar tezligi. Oddiy va murakkab reak­siyalar. Reaksiyalarning kinetik jihatdan sinflanishi va kinetik tenglamalar. Reaksiya tartibi va uni aniqlash usullari. Fotokimyoviy va zanjir reaksiyalar.


Reaksiya tezligining harorat koeffisiyenti, Vant-Goff va Arrenius tenglama- lari. Aktiv to'qnashishlar nazariyasi. Aktivlanish energiyasi va uni reaksiya tezlik konstantasi bilan bog'liqligi.
Kataliz. Gomogen va geterogen kataliz. Katalitik reaksiyalarning ahamiyati. Katalizatorlar. Katalizator aktivligini oshiruvchi omillar. Promotorlar. Gomogen va geterogen katalitik reaksiyalarning borish mexanizmi. Katalitik zaharlanish. Katalizator aktivligini tiklash. Katalizator mexanizmini tushuntiruvchi nazariylar. Fermentativ kataliz.

Yüklə 55,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə