Namangan muhandislik-qurilish instituti analitik kimyo va fizik kimyoviy taxlil


O’quv fanining maqsadi va vazifalari



Yüklə 55,29 Kb.
səhifə2/6
tarix30.12.2023
ölçüsü55,29 Kb.
#164945
1   2   3   4   5   6
Namangan muhandislik-qurilish instituti analitik kimyo va fizik -fayllar.org

O’quv fanining maqsadi va vazifalari
Fanni o'qitishdan maqsad- Analitik kimyo va fizik - kimyoviy tahlil fanini o'qitishdan maqsad - talabalarga kimyoviy analizning nazariy asoslarini va usullarini, atrof-muhitdagi har xil obyektlarning elementar kimyoviy tuzilishini, sifat va miqdoriy aniqlanishni ta'minlaydigan usullarning ma'lumotlaridan foydalanib chuqur bilim berish va ularda mantiqiy ko'nikmalar hosil qilishdan iborat.
Analitik kimyo va fizik- kimyoviy tahlil fani ekologiya va atrof-muhit muhofazasi, neft-gaz, qurilish materiallari, oziq-ovqat va shu kabi sanoat texnologiyalari bo'yicha mutaxassis kadrlarni tayyorlash salohiyatini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Tegishli ta'lim yo'nalishlari bo'yicha talabalarga fizikaviy kimyo fanini o'qitishdan maqsad, ularning umumiy, noorganik, analitik, organik kimyo va fizika fanlaridan olgan bilimlarini yanada mustahkamlash hamda ixtisoslik fanlarini to'liq va chuqur holda o'zlashtirishlari uchun nazariy zamin tayyorlashdir. Shu bilan birga fizikaviy kimyo fani turdosh sanoat texnologiyalarida va ilmiy-tadqiqot ishlarida qo'llaniladigan zamonaviy fizik-kimyoviy tahlil usullarining nazariy asoslarini o'rgatadi.
Fanni vazifasi- Analitik kimyo va fizik - kimyoviy tahlil fanining vazifasi tahlil (analiz) qilinadigan namunaning sifat va miqdoriy tarkibini va molekulyar formulasini aniqlashni o'rganishdir. Talabalarni tanlangan ta'lim yo'nalishlari amaliyotida uchraydigan jarayon va hodisalarning fizik-kimyoviy qonuniyatlar hamda mexanizmlar yordamida tushuntirish va tahlil qilishga o'rgatish, fanning nazariy masalalari orqali olgan bilimlarini o'quv laboratoriya amaliyotlarini o'tkazish bilan ko'nikma berish, tajribalarni kuzatish va o'lchash, ma'lumotlarni mustaqil ravishda izohlab bera olish, umumlashtirish va tegishli xulosalar chiqarishga o'rgatish.


Fan bo’yicha talablarning bilimiga, ko’nikmava malakasiga
qo’yiladigantalablar

Fan bo'yicha talabalarning bilim, ko'nikma va malakalariga quyidagi talablar qo'yiladi.


Talaba:
  • mavjud fizik-kimyoviy (spektrofotometrik, potensiometrik va boshqa) tahlil usulining nazariy asoslari;


  • suvning ion ko'paytmasi, kompleks birikmalar, miqdoriy tahlilning mohiyati va usullari;


  • kimyoviy termodinamika qonunlarining ahamiyati;


  • kimyoviy vа fazaviy muvozanat qonunlari;


  • elektrolit va noelektrolit eritmalarning kolligativ xususiyatlari, elektro- kimyoviy jarayonlar termodinamikasi;


  • kimyoviy kinetika asoslari, zanjirli va geterogen, gomogen reaksiyalar- ning kinetikasi


  • mikrogeterogen dispers sistemalar va ularni turlari, yuqori molekulyar birikmalar;


  • sirt hodisalar termodinamikasi, dispers sistemalarning barqarorligi, suyuq va gazsimon dispers muhitli sistemalar;


  • polielektrolit eritmalarining o'ziga xos xususiyatlari haqida tasawurga ega bo 'lishi;


  • moddalarni ajratish va konsentrlash usullarini;


  • kislota-asosli, oksidlab-qaytarib, cho'ktirib va kompleksonometrik titr- lashni, moddalarning kimyoviy va fizik-kimyoviy tahlillar o'tkazish uslublarini solishtirish;


  • qaytar kimyoviy reaksiyalarning unumini oshirish yo'llarini;


  • eritmada erigan noelektrolit va elektrolit moddalarning molekulyar massalarini aniqlashni, geterogen jarayonlarda fazalarning tarkibini aniqlashni va jarayonlarni boshqara olishini;


  • tekis yuzalardagi va g'ovakli adsorbentlardagi adsorbsiyani, kapillyar kondensasiyani, dispers sistemalardagi optik hodisalarni;


  • kolloid dispers sistemalarni barqarorlashni, koagulyasiyalashni;


  • YuMBlarning o'rtacha molekulyar massasini aniqlashni bilishi va ulardan foydalana olishi;


  • titrometrik tahlil o'tkazish, potensiometrik tahlil usulini qo'llash;


  • moddalarni tahlil qilish, sifat va miqdor tahlili orqali ularning tuzilishini aniqlash, kislota-asosli, oksidlab-qaytarib, cho'ktirib va kompleksonometrik titrlash;


  • kuchsiz elektrolit eritmalarining elektr o'tkazuvchanligini aniqlab, ularni dissosiasiyalanish darajasi va konstantasini hisoblashni;


  • kimyoviy jarayonlarning tezligini, unga ta'sir etuvchi omillarni va reaksiya mexanizmini aniqlashda kimyoviy kinetika qonunlarini tadbiq qilish;


  • eritmalar, konsentrasiyalarni ifodalash, eritmalardagi muvozanat, kimyoviy reaksiyalar tezligini hisoblash;


  • agregat barqarorlikning termodinamik va kinetik omillaridan foydalanish;


  • YuMBlarni reologik xossalaridan foydalanish ko'nikmalariga ega bo'lishi


kerak;

  • moddalarni eritish yoki yuqori haroratda parchalash yo'llari bilan tahlilga tayyorlash;

  • o'rganilayotgan namunaning sifat va miqdor tarkibiy qismlarini kimyoviy usullar bilan aniqlash;


  • namuna tarkibidagi kation va anionlarni bir-biridan ajratish usullari orqali aniqlash;


  • flyurometriya, optik analiz, xromotografiya, ekstraksiya va boshqa zamonaviy tahlil usullarini ishlab chiqarishga tadbiq qila olish;


  • har xil tahlil usullarini qo'llash orqali eritma holidagi moddaning konsentrasiyasini aniqlash;


  • fizik-kimyoviy o'lchashlar va unga tegishli amallardan foydalana olish;


  • fanni o'zlashtirishdan olingan bilimlarni sanoat texnologiyalarida qo'llay


olish;

  • fan bo'yicha asosiy va qo'shimcha o'quv adabiyotlari va ma'lumot- nomalardan foydalana olish;

  • qaytar kimyoviy reaksiyalarning muvozanat konstantasini aniqlash;


  • kuchsiz elektrolitlarni elektr o'tkazuvchanligini aniqlash;


  • kimyoviy kinetika asoslariga tayangan holda texnologik rejimlar tuzish;


  • qattiq-suyuq va suyuq-gaz chegara sirtlarida solishtirma adsorbsiyani qiymatini aniqlash;


  • gidrofob kolloid dispers sistemalarni tayyorlash va barqarorlash, kolloid zarrachalarni zaryad ishorasini aniqlash, kolloid dispers sistemalarni koagulyasiyalash va koagulyasiya chegarasini aniqlash;


  • YuMBlarni bo'kish kinetikasini va darajasi qiymatini aniqlash, o'rtacha molekulyar massasini aniqlay olish;


  • olgan nazariy bilimlarini texnologik jarayonlarga qo'llash imkoniyatiga ega bo'lishi;


  • emulsiyalarni tayyorlash va turini aniqlash ko'nikmalariga ega bo'lishi kerak.





Yüklə 55,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə