Namangan muhandislik qurilish instituti



Yüklə 7,99 Mb.
səhifə11/118
tarix21.12.2022
ölçüsü7,99 Mb.
#97453
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   118
O\'zbekistonni rivojlantirish strategiysi FJ O\'quv uslubiy majmua

Fuqarolik jamiyati xaqidagi zamonaviy konsepsiyalar.
XXasr boshlaridan fuqarolik jamiyati sohasida amalga oshirilgan tadqiqotlar “fuqarolik jamiyati” kategoriyasini funksional xarakteristikalarini tushunish murakkablashadi. Bu fuqarolik jamiyati tushunchasini tadqiq etishda, fuqarolarning ijtimoiy hayotida dolzarb talablarini aks ettiruvchi, yangi mezonlarning kiritilganligi bilan asoslanadi. SHunday qilib fuqarolik jamiyati haqidagi tasavvurlar rivojini tizimlashtirish: birinchidan, ularning ijtimoiy-falsafiy asoslari xarakteristikasi bilan, ikkinchidan, mafkuraviy asoslarning xususiyatlariga ko‘ra, uchinchidan, fuqarolik jamiyatining sof ilmiy konsepsiyalarini aniqlash bilan belgilanadi.

19 Karimov I.A. O’z kelajagimizni o’z qo’limiz bilan quramiz T. 7. - T.: O’zbekiston, 1999. 156-b.



Biroq, fuqarolik jamiyati modeli ishlab chiqiluvchi dastlabki, bazaviy ijtimoiy-falsafiy nazariyalarda tadqiqotchilar konsepsiyalarini ikki guruhga bo‘ladi:

  • formatsion va sivilizatsion yondashuvlar;

  • modernizatsiya va postmodernizm konsepsiyasi.

YUqoridagilarni hisobga olgan holda fuqarolik jamiyatining quyidagi g‘oyaviy-falsafiy doktrinalari ko‘rsatiladi:

  • «byurokratik davlat sotsializmi doktrinasi»;

  • «avtoritar davlat kapitalizmi doktrinasi»;

  • «demokratik sotsializm doktrinasi»;

  • liberal-demokratik (“bozor demokratiyasi”).

Byurokratik davlat sotsializmi uchun fuqarolik jamiyati - bu burjua, kapitalistik jamiyat, u xususiy mulkka va yollanma mehnatga asoslanadi. Byurokratik-davlat sotsializmi tarafdorlari fuqarolik jamiyatini ijtimoiy notenglik va jamiyatda kuchayib borayotgan keskinlik sababi deb biladi.
Avtoritar-davlat kapitalizmi fuqarolik jamiyatini xususiy biznes, oilaviy- qarindoshlik va boshqa nodavlat munosabatlar sohasi bo‘lib, o‘zida kapitalistik davlatning ijtimoiy-iqtisodiy bazasini mujassam qiladi, deb hisoblaydi.
Demokratik sotsializm konsepsiyasi tarafdorlariga ko‘ra fuqarolik jamiyati - ijtimoiy-siyosiy tashkilotlar va institutlar majmui, u demokratik davlat bilan birga ijtimoiy (iqtisodiy, siyosiy va h.) demokratiya asosini tashkil qiladi.
“Bozor demokratiyasi” nazariyotchilari fuqarolik jamiyatini bozor demokratiyasi jamiyati analogi deb biladi. Ular fikricha, fuqarolik jamiyati iqtisodiy jamiyat bo‘lib, iqtisodiy hayotni boshqarish imkoniyatlarida cheklangan va ijtimoiy birlashmalar va harakatlar tomonidan nazorat qilinadi.
SHunday qilib, fuqarolik jamiyati g‘oyasining qayta jonlanishida jamiyatni davlatlashtirishga, jamiyat hayotida davlat roli va ta’sirining favqulodda o‘sishiga qarshi harakatni ko‘rish mumkin. CH.Teylor, E.Arato, R.Dvorkin va boshqa tadqiqotchilardan iborat bo‘lgan o‘ziga xos normativ diskurs ham shakllanganligini
90
aytish mumkin . SHuningdek, nodavlat sohaning ijtimoiy-siyosiy faolligi va o‘z- o‘zini tashkillashtirish ahamiyati yuzasidan, eng muhim quyidagi konsepsiyalar ajratiladi:

20 Goncharov D. Normativnaya diskussiya o grajdanskom obshestve: osnovnbie napravleniya. Moskva. 2010. S. 86





olinadi

Fuqarolik jamiyati konsepsiyasining amerikacha madaniy va tarixiy kontekstida «respublikanizm» ideali bilan bog‘liq edi. U XX o‘z-o‘zini boshqarish va o‘z-o‘zini ijtimoiy tashkillashtirishga asoslanuvchi, teng huquqli fuqarolar tomonidan tuzilgan amerika kommunalari, ya’ni lokal birlashmalarning uyg‘un va faollikdagi ijtimoiy-siyosiy hayoti haqidagi tasavvurlarga asoslanadi.
Mazkur kommunalar o‘z-o‘zini tashkillashuvi o‘ziga xos fuqarolik jamiyati tipii bilan qo‘llab-quvvatlangan, bu haqda batafsil A. de Tokvil yozadi. Demokratik madaniyat bunda kommunal o‘zarohamkorlik va sherikchilik qadriyatlarini, shuningdek xristian axloqi qadriyatlarining yuqori darajadagi amaliyoti bilan farqlanadi. SHuning bilan birga, kommunitaristik loyiha tarafdorlari kuzatganidek, jamoaviy qadriyatlar individual qadriyatlardan ustun bo‘lib, individlar o‘zaro ishonch va hamkorlik muhitida o‘z qiziqishlarini uyushma

qiziqishlariga bo‘ysundirishga tayyor bo‘lgan .


Manbalar tahlili shuni ko‘rsatadiki, mumtoz marksizm zamonaviy diskursning alohida konseptual yo‘nalishi sifatida fuqarolik jamiyatini kelib chiqishini, jamiyatning feodal-aristokratik paternalistik tizimi o‘rniga kommersiya kapitalizmi davridagi iqtisodiy partikulyarizmi bilan bog‘lagan. Biroq Marks unda individual erkinlik va avtonomiyani emas, sinfiy jamiyatda ob’ektiv mavjud bo‘lgan notenglikni, erksizlik va ijtimoiy-iqtisodiy begonalashuvni berkituvchi, ya’ni,
99
tashqi shaklni ko‘rgan xolos .
Keyinroq esa postmarksistik loyiha doirasida amal qiluvchi nazariyotchilar, fuqarolik jamiyati g‘oyasini qaytadan ko‘rib chiqishga harakat qilgan. SHunday qilib, postmarksistik tushunishda, u quyidagicha asoslanadi «oxirgi vaqtlarda paydo bo‘layotgan, jamiyatning, erkin ehtiyoriy assotsiatsiyalari, shuningdek, huquqiy va ommaviy institutlari doirasida amalga oshiriluvchi jamoaviylikning nomumtoz shakllari, nafaqat davlat doirasidan, balki kapitalistik bozor iqtisodiyoti
9 9
chegarasidan ham chiqib ketmoqda»23. Bu erda diqqat markazida, birinchidan, davlat-byurokratik mashinasining, umumiy manfaatlar davlati sharoitida, ta’sir doirasining kengayishi, ikkinchidan, jamiyatga transmilliy korporatsiyalar va globallashuv davrining markazlashgan iqtisodiyoti tomonidan bo‘lgan havfi turadi.

21 Walzer M. 1995. Concept of Civil Society - Walzer M., ed. Toward a Global Civil Society. Providence RI: Berghahn Books.

22 Baker G. 2002. Civil Society and Democratic Theory: Alternative Voices.

23 Arato A. 1981. Civil Society Against the State: Poland, 1980-81 - Telos, #47.



Либерал





Yüklə 7,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə