Namangan muhandislik qurilish instituti


Davlat iqtisodiy o’zgarrnlarning



Yüklə 7,99 Mb.
səhifə19/118
tarix21.12.2022
ölçüsü7,99 Mb.
#97453
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   118
O\'zbekistonni rivojlantirish strategiysi FJ O\'quv uslubiy majmua

Davlat iqtisodiy o’zgarrnlarning




tashabbuskori va bosh isloxotchisi










Qonunning ustivorligi, jamiyatda qonun oldida barchaning tengligi
















Kuchli ijtimoiy siyosat orgizish










Bozor iqtisodiyotiga bosqichma- bisqich o’tish
















Bozor isloxot larini chuqurlash tirish va iqisodiyotni yanada erkinlashtirish




Xususiy tarmoqlarni jadal rivojlantirishni uning mamlakat iqtisodiyotidagi ulushini ko’paytirish





Uy joy- kommunal xo’jaligini islox qilishga jiddiy
e’tibor qaratish


Davlat qurilishi va boshqaruvi soxasidagi eng muxim vazifa bu xonunchilik xokimiyati bo’lmish parlamentning roli va tahsirini kuchaytirish, tarmoqlari o’rtasidagi muvozanatga erishish

Xokimiyatning uchunchi tarmog’i- sud- xuquq tizimini islox qilish va yanada liberallashtirish aloxida axamiyat berish

O’zbekistonda demokratik yangilanishlar jarayonini chuxurlrashtirish va fuqarolarning erkinliklarini tahminlashning g’oyat muhim sharti- bu ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish

Tashqi siyosatning ustivor yo’nalishlari

Iqtisodiy isloxotlarning eng muxim ustivor vazifalari

i












Kichik biznes va fermerlikni rivojlantirish borasidagi ish larni chuqurlashtirish tirish




Bank va moliya tizimlaridagi isloxotlarni chuqurlashtirish


Soliq siyosatini yanada takomillashtirish

2.O’zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy rivojlanishining ilmiy- metodologik asoslari va ustuvor yo’nalishlari.
Dunyoviy va milliy davlatchilik tushunchalari. O’zbekistonda huquqiy demokratik davlat qurishning asosiy vazifalari. Bugungi kunda rivojlangan mamlakatlar jahon maydoniga chiqishda ular dunyoviy davlat qurish yo’lidan borganligi bilan xarakterlanadi. Aslida 1) dunyoviy davlatchilik, 2) milliy davlatchilik va 3) islom davlatchiligi tushunchalari mavjud bo’lib, ularning o’ziga xos xususiyatlari mavjud.

  1. Dunyoviy davlat tushunchasi, avvalo, demokratiyaning muhim umumjahon ehtirof etgan asosiy tamoyillariga asoslanadi. Bu tamoyillar:

  1. Erkin va adolatli saylovlar.

  1. Ochiq va hisobot beruvchi hukumat.

  2. Inson huquqlarining ustuvorligi.

  3. Hokimiyat organlarining saylanib qo’yilishi.

  4. So’z, matbuot va vijdon erkinligining Konstitutsiya va qonunlar bilan kafolatlanishi.

  5. Qonun ustuvorligi.

  6. Fuqarolarning siyosiy va iqtisodiy huquqlari mavjudligi va tengligi.

  7. Tayinlash yo’li bilan shakllangan davlat organlarining saylab qo’yiladigan organlari oldida hisob berib turishi.

  8. Ko’ppartiyaviylik tizimining mavjudligi.

  9. Umummilliy masalalarning hal etilishida referendumlarning o’tkazilishi.

  10. Mulk shakllarining xilma-xilligi va ularning tengligini kafolatlovchi qonunlarning mavjudligi.

  11. Siyosiy muholifatning ochiq faoliyat ko’rsatishi.

  12. Jamiyatda xilma-xil fikrlarning, plyuralizmning mavjudligi va h.k.

Demak, dunyo mamlakatlari dunyoviy davlat qurishda 1)dan demokratiya va
qonunchilikka rioya qilgan, 2) mulkchilikning xilma-xil shakllarini keng yo’lga qo’ygan, 3) ma’naviyat, madaniyatga ehtibor qaratgan, 4)dan dunyo hamjamiyati bilan aloqa bog’laganlar. Agar shu jihatlarga ehtibor beradigan bo’lsak, O’zbekiston dunyoviy davlat qurish yo’lidan bormoqda. Lekin bunda albatta Prezidentimiz belgilab bergan tamoyillar shundan dalolat beradiki, Milliy davlatchilik xususiyatlari bilan ham bevosita bog’liqdir.

  1. Milliy davlatchilikda: 1)dan milliy xususiyatlarni e’tiborga olish lozim. Bozor iqtisodiyotiga o’tishda birinchi tamoyilga ko’ra o’zbek xalqining o’ziga xosligi, uning boy tarixiy anhanalari, davlat boshqaruvi, o’ziga xos fikrlash tarzi qadimgi davrlardan rivojlanib kelganligi, yahni mentalitetini hisobga olish lozim.

  1. Albatta islom dini qadriyatlarini nazarda tutish kerak, bu o’tmish islom madaniyati bilan bog’liqdir. 3)dan O’zbekistondagi demografik vaziyatni, yahni aholi va bolalarning boshqa mintaqalarga nisbatan boshqacha ekanligi, bolaparvar inson ekanligi xususiyatlarini inobatga olish. 4)dan O’zbekistonning qulay geosiyosiy makonda joylashganligi, SHarqu G’arbni bog’lovchi darvoza ekanligini hisobga olish. 5) dan O’zbekistonda 120 dan oshiq milliy etnik xalqlarning istiqomat qilishini hisobga olish. 6)dan O’zbekistonning o’ziga xos iqlimi, tabiiy sharoitlarini hisobga olish. 7) O’zbekiston yetarli salohiyatga ega bo’lgan jamiyat va davlat ekanligini hisobga olish.

  1. Islom davlatchiligida din davlat siyosati darajasiga ko’tariladi. Bunga bir qancha arab va islom davlatlarini misol qilib keltirish mumkin.

Albatta O’zbekiston o’z milliy davlatchiligini rivojlantirib, dunyoviy davlat qurish yo’lidan borishda yuqorida aytilgan asosiy elementlarga ehtibor beribgina qolmay, o’z oldiga qo’ygan vazifalarni, iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy sohalarda belgilab olish imkoniyati mavjud bo’ladi.
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov «O’zbek modeli»ni 1992-93 yillarda o’zining «O’zbekistonning o’z ictiqlol va taraqqiyot yo’li», «O’zbekiston- -bozor munosabatlariga o’tishning o’z yo’li» asarlarida ilmiy jihatdan asoslab



berdi. Har bir mamlakat o’ziga xos «o’tish davri»dan borib, islohotlarni amalga oshirishi mumkinligini aytgan edi. Bu modellar klassik (anhanaviy) asosda kechishi mumkin. Bunda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish bir necha yillar, hatto asrlarni o’z ichiga olgan.
Umuman «O’zbek modeli» bugungi kunda o’zini to’la oqlamoqda va bu model asosida iqtisodiyotda, siyosatda, ma’naviyatda katta muvaffaqiyatlarga erishilmoqda.
O’zbekistonning mustaqil taraqqiyot yo’li bo’lgan «O’zbek modeli» mamlakatimizning ijtimoiy taraqqiyot dasturi bo’lib, bu dastur ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy islohotlarning g’oyaviy-nazariy negizini tashkil etadi. Mazkur islohotlar mustaqillik yillarida bir nechta bosqichlarni bosib o’tadi. Jumladan, islohotlarning dastlabki bosqichida eski mahmuriy-buyruqbozlik tizimi tugatildi va milliy davlatchilikning siyosiy-huquqiy poydevori barpo etildi. Keyingi bosqichda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning huquqiy asosi yaratildi, iqtisodiyotning barqarorlashuviga erishildi. Islohotlarning navbatdagi bosqichida olti ustuvor vazifalar amalga oshirila boshlandi. Bu vazifalar quyidagilardan iborat:

  1. Mamlakat siyosiy, iqtisodiy hayotini, davlat va jamiyat qurilishini yanada erkinlashtirish;

  2. Jamiyat ma’naviyatini yanada yuksaltirish;

  3. Jamiyatimiz kelajagini belgilab beruvchi kadrlar siyosati;

  4. Xalq turmush darajasining izchil va barqaror o’sishi, aholini yanada kuchli ijtimoiy himoya qilish;

  5. Iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlarni ta’minlash;

  6. Jamiyatdagi barqarorlik, tinchlik, millatlar va fuqarolararo totuvlikni, sarhadlarimiz dahlsizligini, mamlakatimiz hududiy yaxlitligini ta’minlash;26

Mamlakatimiz istiqloli jamiyatimiz taraqqiyotining siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy va ma’naviy sohalarini o’zida to’liq mujassam etgan hamda zamonaviy rivojlanishning barcha printsiplarini e’tiborga olgan taraqqiyot modelini yaratilishini ob’ektiv zarurat qilib qo’ydi. SHu bilan bir qatorda, yosh mustaqil mamlakatimiz oldida islohotlarning dastlabki bosqichidayoq belgilab olingan bir qator vazifalar taraqqiyotning o’ziga xos milliy modelini yaratishni yanada dolzarb qilib qo’ygan edi. Ma’lumki, ushbu vazifalar quyidagi muhim jihatlarni o’z ichiga qamrab oldi:

Yüklə 7,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə
Psixologiya