Namangan muhandislik qurilish instituti



Yüklə 7,99 Mb.
səhifə18/118
tarix21.12.2022
ölçüsü7,99 Mb.
#97453
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   118
O\'zbekistonni rivojlantirish strategiysi FJ O\'quv uslubiy majmua

Birinchi bosqich. 1982-1989-yillarda asosiy iqtisodiy ko’rsatkich, mamlakatning YalM 2 marta o’stirish ko’zlandi.

  • Ikkinchi bosqich. 1990-1999 yillarda amalga oshirilib, 4 marta ko’paytirish belgilandi.

  • Uchinchi bosqich. 2000-2050 yillargacha belgilanib, aholi jon boshiga YalM 4 ming dollarga yetkazish ko’zda tutildi.

    Den Syapin siyosat sohasida oqilona yo’l tutdi. U “moddiy inqilob” oqibatlarini tugatdi. U Xitoy Kompartiyasi dusturidan “3-jahon urushining muqarrarligi va zarurligi” qoidasini olib tashladi. Yadro qurolini birinchi bo’lib ishlatmaslik majmuriyatini oldi. U “Bir davlat va ikki siyosiy tuzum” dasturining asoschisi. Bir vaqtlar inglizlar bosib olgan Gonkongning Xitoyga qayta qo’shilishi muammosini yechib ketdi. 1997 yil 1 iyulida qo’shildi. Gonkong Buyuk Britaniyaning Osiyodagi mustamlakasi edi.
    Xitoy davlati bozor iqtisodiyoti milliy kontseptsiyasiga ko’ra: 1) mamlakat iqtisodiyotining liberallashuvi; 2) xususiylashtirish jarayoni; 3) turli mulk shakllarining paydo bo’lishi; 4) xorijiy sarmoyalarning kirib kelishi yo’lga qo’yildi. Den Syapon: «mamlakat iqtisodiyotini isloh etishdan ko’zlangan maqsad
    9 S
    - sotsialistik bozor iqtisodiyoti tizimini shakllantirishdir» degan edi . Xitoy aholisi 1 300 mln. kishi.

    1. Janubiy Koreya modeli” 4 bosqichdan iborat bo’ldi.

    1. 1946-1961 yillarda Amerika tusidagi davlatchilik shakllantirildi. AQSH harbiy kuchlari ushlab turilishi bu vazifani ancha yengillashtirdi.

    2. 1962-1975 yillarda Koreys iqtisodiy mo’hjizasining otasi deb tan olingan Prezident Pak CHjon Xi nomi bilan bog’liq. Islohotning asosiy yo’nalishi chora va ehtiyojlarni qoplashga qaratilgan iqtisodiyotga emas, balki mahsulotni taklif qiladigan iqtisodiyotga qaratildi. Eksport oshdi....

    3. 1976-1981 yillarda iqtisodiyot eksportga yo’naltirildi. Keyinchalik og’ir sanoat rivojlantirildi. 1980 yillarda sanoat ishlab chiqarishida kichik va o’rta biznes 20%dan oshmadi.

    4. 1982-1991 yillarda iqtisodiyotni erkin qo’yish, uning ochiqligi

    25 Umarov B. Globallashuv ziddiyatlari. - T.: “Ma’naviyat”, 2006. - 52-58-b.





    tahminlandi. Imtiyozli kreditlar berish bekor qilindi. Davlat faqat uzoq muddatga kredit berishni kafolatladi.

    1. O’zbek modeli” - qisman Erxard (nemis) modeliga o’xshab ketadi. Nemislarga o’xshab, mamlakatimizda 2 ta islohot o’tkazildi. 1) 1993-94 yillarda pul islohoti (kupon) joriy qilinib, milliy sum muomalaga kiritildi; 2) Narx-navo islohati 1991-2001 yillar va undan keyingi hozirgi davrgacha davom etmoqda.

    Aslida XX asr 90-yillari boshida O’zbekiston oldida bir qator strategik rivojlanish yo’llari paydo bo’lgan edi. Ularni 4 yo’nalishga bo’lish mumkin: 1) xom ashyo; 2) agrar; 3) industrial; 4) xizmat ko’rsatish sohasini rivojlantirish bo’yicha guruhlash joizdir.

    1. Xom ashyo yo’lini tanlash tabiiy boyliklarning yanada talon-taroj qilinishi, aholini ish bilan ta’minlash muammosi, sanoatning undiruvchi tarmoqlariga zo’r berishga olib keldi. Sobiq Ittifoq ixtisoslashuvi bu yo’nalishni keltirib chiqargan edi.

    2. Agrar iqtisodiy taraqqiyot modeli agrarsanoat majmui (ASM) tarmoqlarini rivojlantirishni taqozo qilib, aholining asosiy qismini qishloq xo’jaligi bilan band qilishga olib kelardi.

    3. Industiral iqtisodiy taraqqiyot modelining samaradorligi Janubiy-SHarqiy Osiyo mamlakatlari tajribasi bilan tasdiqlandi.

    4. Taraqqiyotning xizmat ko’rsatish yo’nalishi ham O’zbekistonga qo’l kelishi mumkin edi. Bu yo’ldan borayotgan Yevropa mamlakatlaridan YalMning 67-70% shu sohada yaratiladi. Bahzi mamlakatlarda bu YaIMning 25% ni hosil qiladi.

    O’zbekiston yuqorida sanalgan global va milliy modellarning birontasidan voz kechmadi, ulardan foydalandi.

    Taraqqiyotning o’zbek modeli jamiyatni inqilobiy tarzda emas, balki evolyutsion-tadrijiy ravishda isloh etishdir

    Jamiyatni isloh etishning besh tamoyili:


    I .

    1. Iqtisodiyotning siyosatdan ustuvorligi.

    2. Davlat - bosh islohotchi.

    3. Qonunning ustuvorligi.

    4. Kuchli ijtimoiy siyosat.

    5. Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o’tish.



    O’zbek modeli tushunchasi, avvalo, O’zbekistonning mustaqil milliy taraqqiyoti qanday bo’lishi lozimligini asoslaydigan, uni muayyan maqsadlarga yo’naltiradigan eng umumiy nazariy xulosalar va mo’ljallar bilan davlatning belgilangan maqsadlarga erishishga qaratilgan amaliy siyosatining mushtarakligini anglatadi

    Bizning bosh strategik maqsadimiz - ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot, bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin demokratik jamiyat barpo etishdir. Bozor iqtisodiyoti, eng avvalo, ko’pmulkchilikka va ular o’rtasidagi raqobatga tayanadi. Unda mulkning barcha qonuniy shakllari teng huquqqa ega bo’lib, bu huquq davlat tomonidan kafolatlanadi.
    Mustaqil taraqqiyot yo’liga chiqqan O’zbekiston uchun eng asosiy, bosh masala milliy davlatchilik poydevorini barpo etish, mustaqillikning siyosiy- huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy asoslarini yaratish edi. Mazkur masalaga mustaqillikka erishgan barcha mamlakatlar turli davrlarda duch kelishgan va ular bu masalani turlicha hal etishgan. SHu sababli ilmiy adabiyotlarda ijtimoiy taraqqiyotning «SHved modeli», «Amerika modeli», «Yapon modeli» kabi tushunchalar ishlatilmoqda. Mazkur tushunchalar zamirida muayyan mintaqa yoki mamlakatlar ijtimoiy taraqqiyotida siyosiy-iqtisodiy islohotlarni qaysi yo’l bilan, qay yo’sinda amalga oshirilishi bilan bir-biridan farqlanadi.
    Mamlakatimizda eski mahmuriy-buyruqbozlik tizimining ustunlari bo’lgan hokimiyat va boshqaruv organlari barham toptirildi. Jumladan, Sobiq Kommunistik partiyaning yakka hokimligiga chek qo’yildi. Joylardagi ijroiya hokimiyatining eski tizimi tugatildi.






    Taraqqiyotning “O’zbek modeli'

    Iqtisodiyotni mafkuradan xoli
    etish.











    Yüklə 7,99 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   118




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə