Namangan muhandislik qurilish instituti



Yüklə 7,99 Mb.
səhifə20/118
tarix21.12.2022
ölçüsü7,99 Mb.
#97453
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   118
O\'zbekistonni rivojlantirish strategiysi FJ O\'quv uslubiy majmua

Ijtimoiy-siyosiy sohada: ma’muriy-buyruqbozlik, avtoritar tuzum mexanizmi va tuzilmalaridan qutilish hamda davlat qurilishining demokratik, huquqiy tamoyil va me’yorlariga o’tish, fuqarolik jamiyatiga o’tishning poydevorini qurish.
Ijtimoiy-iqtisodiy sohada: insonning ishlab chiqarishvositalaridan begonalashuvidan, rejali-taqsimotchilik tizimidan kechish va ko’p ukladli iqtisodiyotga hamda bozor munosabatlariga o’tish.
Manaviyat sohasida:aqidabozlik va o’ta siyosatlashtirilgan mafkura hukmronligidan qutulish, milliy ma’naviyatni shakllantirish.
Xalqaro munosabatlar sohasida: butun dunyo taraqqiyotidan ajralib qolishdan, o’zni chetga olishdan va unga qarshi turishdan voz kechish, jahon

26 Karimov I.A. O’zbekiston XXI asrga intilmoqda. -T.: O’zbekiston. 1999. 15-19 betlar.



hamjamiyatiga kirib borish va teng huquqli hamkorlikka yo’l ochish.
Islohotlarning mazkur asosiy yo’nalishlari orqali respublikamizda amalga oshirilayotgan o’zgarishlarning murakkabligi va ulkan miqyoslarini tasavvur qilish mumkin. O’zbekiston o’z taraqqiyot yo’lini o’z xalqi tarixi va uning ongi- ruhiyatidan, aniq sharoitlaridan kelib chiqib tanladi.
Taraqqiyotning “o’zbek modeli” zaminida mamlakatimizda keng qamrovli siyosiy islohotlar amalga oshirildi. Bunda quyidagi muhim jihatlarga e’tibor qaratildi:
Birinchidan, siyosiy islohotlarni amalga oshirishda milliy davlatchilik asoslari bosqichma-bosqich ravishda barpo qilina boshlandi.
Ikkinchidan, bu jarayonda jamiyatimiz demokratik taraqqiyoti manfaatlariga to’liq mos keluvchi siyosiy institutlarni shakllantirish, uning huquqiy asoslarini yaratish masalalariga asosiy e’tibor qaratildi.
Yangi o’zbek davlatchiligining qaror topish jarayoni ham tashqi, ham ichki murakkab sharoitlarda ro’y berdi.
Ichki siyosatimizda biz bir-biriga bog’liq ikki vazifani hal qilishimiz lozim edi. Bu - yangi davlatchilikni barpo etish hamda keng ko’lamli siyosiy va iqtisodiyislohotlarni amalga oshirish vazifasi edi”1.
Mamlakatimiz taraqqiyotining “o’zbek modeli”ning eng bosh g’oyasi xalqimiz uchun munosib bo’lgan erkin, farovon hayotni barpo qilishdan iboratdir.Bu borada zamonaviy demokratiya printsiplarini milliy manfaatlarimizdan kelib chiqib, jamiyatda qaror toptirish vazifasi ustuvor qilib belgilandi.
Ta’kidlash joizki, jamiyatimizda demokratiya va fuqarolik jamiyati g’oyasini ijtimoiylashuvi va qaror topishida “o’zbek modeli”ning barcha kontseptual g’oyalaridan izchillik bilan foydalanib kelinmoqda va shu bois ham ulkan samaralarga erishilmoqda. Zero, jamiyatda demokratiyani joriy qilishning yagona retsepti mavjud emas, har bir mustaqil davlat demokratik taraqqiyot yo’liga o’tishda birinchi navbatda o’zining sotsio-madaniy asoslariga, milliy taraqqiyot modeliga tayanishi lozim bo’ladi. Faqat shunday holatdagina mamlakatning demokratik taraqqiyoti kutilgan ijobiy natijalarni beradi.
Mamlakatimiz siyosiy taraqqiyot yo’lining o’zagi sifatida demokratiyani tanlab olinishi fuqarolik jamiyatini shakllantirish uchun zarur bo’lgan barcha

1 Каримов И.А. Узбекистан XXI аср бусагасида: хавфсизликка таждид, бархарорлик шартлари ва тараххиёт кафолатлари. - Т.: Узбекистан, 1997. -Б. 152-153.



fundamental asoslarni barpo qilish imkoniyatlarini ochib berdi. Zero, demokratiya g’oyasi o’z taraqqiyotining yetakchi yo’nalishi sifatida fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirib borilishini taqazo etadi.
SHu munosabat bilan ta’kidlash joizki, demokratiya, huquqiy davlat, fuqarolik jamiyati mazmun-mohiyati, shakllanish qonuniyatlarini tashkil qiluvchi eng yetakchi manbalar hisoblanadi. Yurtimizda milliy taraqqiyot modeli asosida huquqiy demokratik davlatning institutsional zaminlari:

  • davlat hokimiyatining tarmoqlarga bo’linishi printsipiga asoslanishi;

  • demokratik Konstitutsiyaning qabul qilinishi va qonun ustuvorligi tamoyilini ro’yobga chiqaruvchi mexanizmlarni yaratilishi;

  • erkin demokratik saylov tizimini kafolatlanishi;

  • davlat va jamiyat boshqaruvini amalga oshirishda ko’ppartiyaviylik tizimining yaratilishi;

  • jamoat birlashmalari va nodavlat va notijorat tashkilotlari faoliyatini yo’lga qo’yilishi;

  • fuqarolar o’z-o’zini boshqarish institutlarini rivojlantirilishi;

  • fuqarolar huquq va erkinliklarini, manfaatlari va extiyojlarini ta’minlashning samarali zaminlarini vujudga keltirilishi, fuqarolik jamiyatini shakllantirish manfaatlaridan kelib chiqqan holda barpo etildi.

Bularning natijasida mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini shakllanishi uchun eng asosiy kuch va manba bo’lib xizmat qiladigan zamonaviy huquqiy demokratik davlat asoslari rivojlantirildi.

  1. O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning Harakatlar strategiyasi - milliy taraqqiyotimizning yangi bosqichi.

Har bir davrning o’z taraqqiyot omillari, ehtiyojlari, talablari va xayotiy tamoyillari bo’ladi. Tabiiyki, bularning barchasini shakllantirish va rivojlantirishga, ularga alohida ma’no-mazmun bag’ishlashga, bu davrda davlat, jamiyat hayoti, ijtimoiy-siyosiy institutlar faoliyatining aniq yo’nalishlarini belgilab beradigan ulkan tarixiy voqealar bo’ladi.
2016 yil 4 dekabrda mamlakatimizda bo’lib o’tgan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, hech shubxasiz, yangi tariximizdagi ana shunday beqiyos xodisa bo’ldi.
CHunki aynan ana shu saylovda butun O’zbekiston xalqi o’zining buyuk siyosiy irodasi, xuquqiy madaniyatini namoyon etib, mamlakatimizning istiqboldagi taraqqiyoti, xalqimiz, farzandlarimizning yorug’ kelajagi, farovon hayoti uchun ongli ravishda ovoz berdi. Demokratik talablarga to’liq mos tarzda, milliy saylov qonunchiligi va xalqaro standartlar doirasida, ochik va oshkora o’tgan saylov jarayonini 5 ta nufuzli xalqaro tashqilot va 46 ta davlatdan 600 ga yaqin kuzatuvchi kuzatib bordi.
Yuksak saviyada o’tgan O’zbekistop Respublikasi Prezidenti saylovida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar xarakati - O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan nomzod sifatida ishtirok etgan SHavkat Miromonovich Mirziyoev saylovchilar umumiy sonining 88,61 foiz ovozini olib g’olib bo’ldi.
Toshkent shaxrida 2016 yil 14 dekabr kuni O’zbekiston Respublikasi



Prezidenti lavozimiga kirishi tantanali marosimiga bag’ishlangan Oliy Majlis qonunchilik palatasi va Senatining qo’shma majlisi bo’lib o’tdi. Tantanali marosimda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev nutq so’zladi. Davlatimiz raxbari yaqin va o’rta istiqbolda mamlakatimiz oldida turgan eng muxim va dolzarb vazifalarga atroflicha to’xtalib o’tdi. Ma’lumki, bu vazifalarga Prezidentimizning saylovoldi dasturida aloxida e’tibor qaratilgan edi. Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri saylovchilar vakillari bilan o’tkazilgan uchrashuvlar jarayonida ular yanada boyitildi.
«Bizning vazifamiz - to’plangan tajriba va ilg’or xalqaro amaliyotga suyangan xolda,- dedi Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev O’zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishi marosimiga bag’ishlangan nutqida, - o’zimizning taraqqiyot va yangilanish modelimizni katiy amalga oshirishdan iborat. SHu borada yaqin va o’rta muddatga belgilangan marralarga erishish uchun katiyat bilan xarakat qilishimiz zarur. SHu maqsadda 2017 - 2021 yillarda O’zbekistonni yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasini ishlab chiqish yaqin kunlarda yakunlanadi».
Xaqiqatan ham, Prezidentimizning bevosita raxbarligi ostida «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» Davlat dasturini ham o’z ichiga oladigan mazkur keng ko’lamli dasturiy xujjat xar tomonlama puxta ishlab chiqildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Xarakatlar strategiyasi to’g’risida»gi 2017 yil 7 fevralda imzolangan Farmoniga muvofiq, uni xayotga joriy etish bo’yicha qonuniy tamoyil va mexanizmlar tasdiqlandi. Mazkur Farmonga berilgan sharhda Harakatlar strategiyasining ahamiyati alohida tasdiqlanib, bu boradagi loyihalarni tayyorlash davomida aholining keng qatlamlari orasida qizg’in muxokamalar olib borilgani, ular turli axborot maydonlariga joylash- tirilgani, buning natijasida ko’plab taklif va muloxazalar kelib tushgani, xususan, «Qonun xujjatlari ta’sirini baxolash tizimi» portalida yo’lga qo’yilgan muxokamalar tufayli kelib tushgan 1310 ta taklif-muloxoza asosida «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» Davlat dasturining 41 ta bandi qayta ko’rib chiqilgani qayd eti- ladi.
2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi mamlakatimizda ham, chet el ijtimoiy-siyosiy doiralari tomonidan ham katta qiziqish va e’tibor bilan o’rganilmoqda. Bu borada atoqli olimlar, nufuzli ekspert va kuzatuvchilar, turli darajadagi ko’zga ko’ringan raxbarlar o’z fikr-muloxazalarini bildirmoqdalar. Harakatlar strategiyasining xar bir ustuvor yo’nalishi mamlakatimiz taraqqiyoti uchun g’oyat muxim ahamiyatga ega bo’lib. ular quyidagilardan iborat.

Yüklə 7,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə