Namangan muhandislik qurilish instituti



Yüklə 7,99 Mb.
səhifə23/118
tarix21.12.2022
ölçüsü7,99 Mb.
#97453
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   118
O\'zbekistonni rivojlantirish strategiysi FJ O\'quv uslubiy majmua

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Davlat
Tayanch sozlar: Oliy Majlis, siyosiy partiya, qonun ijodkorligi, davlat boshqaruvi, xokimiyat, elektron xukumat, xalq bilan muloqot, virtual qabulxona, xalq qabulxonasi, tanqidiy tahlil, shaxsiy mas’uliyat, yo‘l xaritasi, davlat xizmatlari.

  1. Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda Oliy Majlis, siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish.

Davlat xokimiyati tizimida Oliy Majlisning rolini oshirish, uning mamlakat ichki va tashqi siyosatiga oid muxim vazifalarni xal etish hamda ijro xokimiyati faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga oshirish bOyicha vakolatlarini yanada kengaytirish. Jaxon tarixida bir necha minglab yillar davomida Davlat hokimiyatining jamiyat va odamlar maqsadi hamda manfaatlari yo‘lida xizmat qilishi uchun xarakatlar bo‘ldi. Lekin, insoniyat va uning farovonligi uchun xizmat qiladigan xokimiyatga ega bo‘lish muammosi yechilmay qolaveradi. Faqat yangi davr XVII asrdan boshlab xokimiyatni qonuniy yo‘l bilan uchga bo‘lish asnosida zulm va zo‘ravonlik asosida davlat boshqaruviga yo‘l qo‘ymaslik xaqida dastlabki zamonaviy-nazariy karashlar paydo bo‘ldi.
O‘zbekistonda xaqiqiy demokratik printsinlar va milliy manfaatlar asosida faoliyat yuritadigan ikki palatali professional parlament faqat mustaqillik davriga kelib shakllandi. Keyingi o‘n yillikda, bosqichma-bosqich ravishda parlamentga yangidan-yangi vakolatlarning berib borilishi, xalqimizning xuquqiy madaniyatini o‘sishi, siyosiy partiyalarning demokratik qadriyatlar negizida rivojlanishi natijasi o‘laroq qonun chiqaruvchi xokimiyat rivojlangan mamlakatlardagi parlamentlarga xos sifat va belgilarni o‘zida mujassamlashtirib bormoqda.
Konstitutsiya va qonunlarga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining mutlaq vakolatlari qonun chiqaruvchi xokimiyat faoliyatining mustaqil va demokratik tamoyillar asosida kechishini ta’minlay oladigan darajada belgilandi: Konstitutsiya va qonunlar qabul qilish, ularga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, O‘zbekiston Respublikasi ichki va tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqish, davlatning strategik dasturlarini qabul qilish, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud xokimiyatlari tizimi va vakolatlarini belgilash, boshqaruv tarkibida yangi davlat tuzilmalarini tashkil qilish va ularni tugatish xaqidagi qarorlarni tasdiqlash, boj, valyuta va kredit, ma’muriy-xududiy tuzilish masalalarini qonun yo‘li bilan tartibga solish va boshqalar shular jumlasidandir.
O‘zbekiston Respublikasi chegaralarini o‘zgartirish, Vazirlar Maxkamasi



takdimiga binoan Respublika byudjetini qabul qilish va uning ijrosini nazorat etish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni joriy qilish, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Bosh Vazir, uning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlarini, Vazirlar Maxkamasi a’zolarini, Bosh prokuror va uning o‘rinbosarlarini tayinlash va lavozimlaridan ozod etish to‘g‘risidagi farmonlarini tasdiqlash, Prezident taqdimiga binoan Markaziy bank boshqaruvi raisini tayinlash va lavozimidan ozod etish, Prezidentning vazirliklar, davlat qo‘mitalari va boshqa davlat boshqaruv organlarini tuzish va tugatish, umumiy yoki qisman safarbarlik e’lon qilish, favqulodda xolat joriy etish, uning muddatini uzaytirish va to‘xtatish to‘g‘risidagi farmonlarini tasdiqlash, xalqaro shartnomalarni va bitimlarni ratifikatsiya va denonsatsiya qilish, davlat mukofotlari va unvonlarini ta’sis etish, tumanlar, shaharlar, viloyatlarni tashkil etish, tugatish, nomlarini o‘zgartirish va ularning chegaralarini o‘zgartirish, Konstitutsiyada nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshirish ham Oliy Majlis vakolatiga kiradi.
Mamlakatimizda Parlament islohotlarini yanada chuqurlashtirish natijasida ikki palatali parlament tashkil etildi, O‘zbekiston Respublikasi qonun chiqaruvchi xokimiyati xuquqiy davlat talablariga javob beradigan darajada faoliyat yurita boshladi. Eng muximi, garchand endi qonunchilik jarayoni ancha murakkablashgan bo‘lsada, qabul qilingan qonunlarnipg sifati ancha oshdi. Qonunlarni qabul qilishda siyosiy partiyalarniig roli kuchaydi. Qonun loyixalarini partiya fraktsiyalarida oldindan ko‘rib chiqish, Qonunchilik palatasi yalni majlislarida xuquqiy xujjatlar loyixalarini muxokama qilishda bu fraktsiyalarning fikrlarini e’tiborga olish amaliyoti shakllandi.
2016 yil 11 apreldan boshlab kuchga kirgan O‘zbekiston Respublikasining «Parlament nazorati to‘g‘risida»gi Konunning 5 moddasiga binoan
mamlakatda quyidagi parlament nazorati shakllari o‘rnatildi: navbatdagi yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjetini, davlat maqsadli
jamg‘armalarining byudjetlarini hamda soliq va byudjet siyosatining asosiy yo‘nalishlarini qabul qilish, shuningdek, Davlat byudjeti ijrosining borishini ko‘rib chiqish; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining mamlakat ijtimoiy- iqtisodiy xayotining eng muxim masalalari yuzasidan xar yilgi maruzasini ko‘rib chiqish; O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ayrim dolzarb masalalari yuzasidan xisobotini eshitish;
Qonunchilik palatasi, Senat majlislarida xukumat a’zolarining o‘z faoliyatiga doir masalalar yuzasidan axborotini eshitish; O‘zbekiston Respublikasi Xisob
palatasining xisobotini eshitish; O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining hisobotini eshitish; O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muxofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining xisobotini eshitish; O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining xisobotini eshitish; parlament so‘rovi: Qonunchilik palatasi deputatining, Senat a’zosining so‘rovi; Qonunchilik palatasi, Senat qo‘mitalari tomonidan davlat xokimiyati va boshqaruvi organlari raxbarlarining axborotini eshitish: qonun xujjatlarining ijrosi xolatini, xuquqni qo‘llash amaliyotini Qonunchilik palatasi va Senatning qo‘mitalari tomonidan o‘rganilishi va qonunosti xujjatlarining qabul qilinishi yuzasidan ular tomonidan monitoringning amalga



oshirilishi; parlament tekshiruvi.
Parlamentga berilgan nazorat xuquqlarining salmog‘idan ko‘rinib turibdiki, mamlakatda bir vaqtning o‘zida ham oliy vakillik, ham qonunlar yaratish, ham parlament nazoratini olib borishga qodir bo‘lgan, xuquqiy davlat sifatlariga mos qonun chiqaruvchi xokimiyat shakllandi. Parlament nafaqat qonunlar va davlat byudjeti ijrosi yuzasidan xukumat va uning organlari faoliyatini bemalol nazorat qila oladigan, balki jamiyatning konstitutsiyaviy xuquqiy asoslar va qonunlarga rioya etgan xolda yashashini ta’minlaydigan oliy qonun chiqaruvchi xokimiyat idorasiga aylandi.
Mamlakatda 2016 yil 4 dekabrda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida Sh.M.Mirziyoevning saylovchilarning mutlaq yuqori - 88,61 foiz ovozini olgan xolda mamlakat Prezidenti etib saylanishi muxim va tarixiy voqea bo‘ldi. Qisqa davr yarim yil ichida mamlakatda davlat boshqaruvini modernizatsiya qilish, fuqarolik jamiyati va xuquqiy davlat qurish islohotlarini yanada chuqurlashtirishga doir qator xuquqiy xujjatlar qabul qilinib, ular ijtimoiy- siyosiy va iqtisodiy xayotga jadallik bilan joriy etila boshlandi.
Xozirgi davrga kelib «mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘lining chuqur tahlili bugungi kunda jaxon bozorida kon’yunktura o‘zgarib, raqobat tobora kuchayib borayotganini har tomonlama xisobga olishni, shu asosda davlatimizni yanada barqaror va jadal sur’atlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha strategik yondashuv va tamoyillarni ishlab chiqish va amalga oshirishni taqazo etayotganini» e’tiborga olgan xolda, shuningdek, «olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyat rivojini yangi bosqichga ko‘tarish, xayotning barcha sohalarini liberallashtirish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish bo‘yicha eng muxim ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish maqsadida» O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Xarakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi Farmonining qabul kilinishi mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning yangi bosqichi boshlanganini anglatadi. Ushbu xujjatda 2017­2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Xarakatlar strategiyasi mujassamlashgan bo‘lib, ularning birinchisi davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlarini o‘zida ifodalaydi. Bu yo‘nalishning dastlabki vazifasi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Xarakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi Farmonida «davlat xokimiyati tizimida Oliy Majlisning rolini» oshirish uning mamlakat ichki va tashqi siyosatiga oid muxim vazifalarni xal etish hamda ijro xokimiyati faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga oshirish bo‘yicha vakolatlarini yanada kengaytirish»ga doir strategik vazifa qo‘yildi.
Mazkur vazifa mamlakatni modernizatsiya qilishda Oliy Majlis palatalari va siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirishga qaratildi. Xarakatlar dasturida Oliy Majlisning hokimiyatlar bo‘linishi printsiniga asosan boshqa xokimiyat tarmoqlari bilan muvozanatni va o‘zaro bir-birini tiyib turishni ta’minlash. Uning davlat boshqaruvidagi ishtirokini oshirish maqsadida «Parlament nazorati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar



kiritish xaqida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyixasini ishlab chiqish, loyixada Oliy Majlis Qonunchilik palatasining deputati va Senat azosi tomonidan parlament nazorati shakli sifatida maxalliy davlat xokimiyati organlari faoliyatini o‘rganib, taxlil qilish hamda uning natijalari bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish, Oliy Majlisning tadbirkorlik sub’ektlari xuquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakili biznes ombudsmanni parlament nazorati sub’ekti sifatida belgilanishi ko‘rsatildi.
Xarakatlar strategiyasida Prezident III.M. Mirziyoev ilgari surgan «Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak» printsipini ijtimoiy-siyosiy xayotda amalga oshirishga doir dasturiy maqsadlar ham mujassamlashgan. Shuning uchun ham O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining joylarda ishlarining xolatini o‘rganish va xalq bilan muloqot qilishga doir faoliyatini tubdan takomillashtirishga oid Oliy Majlis palatalari Kengashlarining qo‘shma qarori loyixasini ishlab chiqish, unda xududlardan saylangan deputat va senatorlar xar oyda 10-12 kunda kamida bir tumanda bo‘lib, davlat xokimiyati organlari faoliyatini o‘rganib, taxlil qilishi, tegishli raxbarlarning xisobotini xalq deputatlari Kengashlari sessiyasi muxokamasiga kiritishi hamda tegishli xulosalar berishi, shuningdek Qonunchilik palatasi Spikeri va Senat Raisi ishtirokida o‘rganish natijalari bo‘yicha tegishli xalq deputatlari Kengashlari sessiyalarini o‘tkazish, Oliy Majlis Senati tomonidan xar bir viloyatda navbatma-navbat namunaviy xalq deputatlari Kengashlari ishini tashkil etish nazarda tutilmokda.
Agar parlamentning xalq irodasi va manfaatlari asosida faoliyat yuritishi hamda qonunlar qabul qilishi eng asosiy demokratik kadriyatlardan biri ekaniga etibor bersak, deputatlar va Senat a’zolarining o‘z saylovchilari bilan o‘zaro muloqotlari, joylardagi muammolardan xabardor bo‘lishi, ularning yechimlarini topishda ishtirok etishi, maxalliy vakillik organlarining jonlanishiga ko‘maklashishi mamlakatimizda fuqarolik jamiyati rivojlanishiga shart-sharoitlar yaratadi. Chunki, oliy vakillik organi deputati avvalambor o‘z saylov okrugidagi fuqarolarning vakili. Senat a’zosi esa o‘zi saylangan mintaqa maxalliy davlat xokimiyati organlarining vakilidir. Shuning uchun ham parlament a’zolarining xalq ichida ko‘proq faoliyat yuritishi davlatimiz barqarorligini yanada mustahkamlash omillaridan biridir.
Qonun ijodkorligi faoliyatining sifatini qabul kilinayotgan qonunlarning amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va sud-xuquq islohotlari jarayoniga ta’sirini kuchaytirishga yo‘naltirgan xolda tubdan oshirish. Xarakatlar strategiyasida «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining tadbirkorlik sub’ektlari xuquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakili biznes ombudsman to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyixasini ishlab chiqish, unda yangi tashkil etiladigan ombudsmanga quyidagi vakolatlarni berish nazarda tutildi: tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, tadbirkorlik sub’ektlarining xuquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasida davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etish; tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyati tekshirilayotganda ularni xuquqiy qo‘llab-quvvatlash; tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risidagi qonun xujjatlari normalari va



talablarining amalda ruyobga chiqarilayotganini o‘rganish; qabul qilingan normativ xuquqiy xujjatlarning tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilishiga ta’siri samara­dorligini baxolash; davlat organlari, xuquqni muxofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar, shuningdek, maxalliy davlat xokimiyati organlari tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining xuquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish va xokazo.
Biznes ombudsmanni tashkil etishdan asosiy maqsad mamlakatimizdagi tadbir­korlik sub’ektlarining qonuniy xuquq va manfaatlarini himoya qilish sohasidagi qonunlar va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 5 oktyabrda qabul qilingan «Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni xar tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muxitini sifat jixatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni ijrosi bajarilishi ustidan parlament nazorati o‘tkazishdan iborat bo‘lishi nazarda tutilmoqda. Shuningdek, biznes ombudsman xar bir fuqarolik jamiyati uchun xos bo‘lgan xuquq - mamlakat fuqarolarining iqtisodiy xuquqlarini himoyalash va ta’minlashning asosiy instituti sifatida faoliyat yuritishi muqarrardir.
Ko‘rinib turibdiki, biznes ombudsmanga berilishi nazarda tutilayotgan xuquq va vakolatlar mamlakatimiz iqtisodiyotining asosi bo‘lgan tadbirkorlar va fermerlarning o‘z ish saloxiyati, uddaburonligi, ishchanligi va g‘ayrat-shijoatini to‘liq ravishda ruyobga chiqara olishlari uchun shart-sharoitlar yaratadi. Mulkdorlar sinfini bu kabi xuquqiy asoslar va institutlar vositasida himoyalash, ularning xuquq va erkinliklarini ta’minlashga doir aloxida davlat siyosati uchun asos solinishi bu mamlakatimizning rivojlangan davlatlar uchun xos bo‘lgan xuquqiy davlat sari intilayotganini anglatadi.
Xarakatlar strategiyasida «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson xuquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish hakida»gi O‘zbekiston Respublikasi konuni loyixasini ishlab chiqish. unda mazkur qonunning normalarini «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi, «Davlat xokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi, «Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida»gi, «Parlament nazorati to‘g‘risida»gi konunlarga moslashtirish, ombudsman mintaqaviy vakillarining xuquqiy maqomi, vakolat va majburiyatlarini belgilash nazarda tutildi.
Bu strategik vazifalarning ilgari surilishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 28 dekabrda qabul qilingan «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoniga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Ishlar boshqarmasining Fuqarolar qabulxonasi negizida tuzilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shaxrida, shuningdek xar bir tuman va shaharda (tumanga bo‘ysunuvchi shaharlardan tashqari) tuzilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari (bundan keyin Xalq qabulxonalari) va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virual qabulxonasi (bundan keyin Virtual qabulxona) vazifalari va vakolatlarining belgilanishi bilan uzviy ravishda bog‘liqdir.



Prezident farmonida aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni tashkil etish, jis­moniy va yuridik shaxslarning xuquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini to‘laqonli himoya qilishga qaratilgan, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatla - ri (bundan buyon - murojaatlar) bilan ishlashning sifat jihatidan yangi va Samarali tizimi faoliyatini ta’minlash, fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga, Oliy Majlisga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga, Xukumatga, davlat boshqaruvi organlariga, sud, xuquqiy muxofaza kiluvchi va nazorat organlariga, maxalliy davlat xokimiyati organlariga, boshqa davlat tashkilotlariga (bundan buyon-davlat organlari) va xo‘jalik boshqaruvi organlariga murojaat qilishga oid konstitutsiyaviy xuquqlarining so‘zsiz amalga oshirilishi uchun sharoitlar yaratish, Xalq qabulxonalariga va Virtual qabulxonaga kelib tushgan hamda tegishliligi bo‘yicha davlat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlariga yuborilgan murojaatlar ko‘rib chiqilishi ustidan tizimli monitoring va nazoratni amalga oshirish, Xalq qabulxonalariga va Virtual qabulxonaga kelib tushayotgan murojaatlarning qayd etilishi, umumlashtirilishi, tizimlashtirilishi va ko‘rib chiqilishi ustidan nazorat qilinishi bo‘yicha yagona elektron axborot tizimini joriy etish va yuritish yo‘li bilan murojaatlar bilan ishlashda zamonaviy axborot- kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish kabi vazifalar belgilangan. Shu bilan birga, «Davlat xokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi, «Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida»gi, «Parlament nazorati to‘g‘risida»gi qonunlarning qabul kilinishi bilan mamlakatimizda parlament nazoratini fuqarolik jamiyati va xuquqiy davlatga xos bo‘lgan darajaga ko‘tarish dolzarb vazifaga aylangan edi. Shuning uchun ham Oliy Majlisning Inson xuquqlari bO’yicha vakili (Ombudsman) yuqorida kayd etilgan qonunlarda nazarda tutilgan qonunlar ijrosi, ularning shaffofligini ta’minlash jarayonlarini parlament nazorati ostiga olishi uchun qator vakolatlar beradi, fuqarolarning O’z qonuniy xuquq va erkinliklarining buzilayotganiga doir murojaatlarini adolatli va samarali tarzda xal etishga imkoniyatlar yaratadi. Parlamentning inson xuquq va erkinliklarini himoyalash va ta’minlashga doir faoliyatini olib boradigan Oliy Majlisning Inson xuquqlari bO’yicha vakili (Ombudsman)ning xuquqi va mustaqil institut sifatida faoliyat yuritishi kafolatlanadi.

Yüklə 7,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə