Namangan muhandislik qurilish instituti



Yüklə 7,99 Mb.
səhifə7/118
tarix21.12.2022
ölçüsü7,99 Mb.
#97453
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   118
O\'zbekistonni rivojlantirish strategiysi FJ O\'quv uslubiy majmua

Fuqarolik jamiyatining asosiy belgilari mavjud bo‘lib ular quyidagilardir:

  • erkin individlar uyushmasi;

  • o‘zaro hamkorlikka asoslangan ijtimoiy tuzilma;

  • murakkab tuzilishga ega bo‘lgan plyuratilstik tizim;

  • o‘zini o‘zi rivojlantiradigan va o‘zini o‘zi boshqaradigan tizim.

Fuqarolik jamiyatining eng muhim omillari:

  1. iqtisodiy erkinlik, mulk shakllarining rang-barangligi, bozor munosabatlari;

  2. inson va fuqaroning tabiiy huquqlarini so‘zsiz e’tirof etish va himoya qilish;

  3. hokimiyatning qonuniyligi va demokratik xususiyati;

  4. qonun va odil sud oldida hammaning tengligi, har bir shaxsning yuridik jihatdan ishonchli himoyalanganligi;

  5. hokimiyatning uchga bo‘linishi va hokimiyatlarning o‘zaro aloqasi



prinsipiga asoslangan huquqiy davlat;

  1. siyosiy va mafkuraviy plyuralizm, konstruktiv muxolifatning mavjudligi;

  2. so‘z va matbuot erkinligi, ommaviy axborot vositalarining mustaqilligi;

  3. fuqarolarning shaxsiy hayotiga davlatning aralashmasligi, ularning o‘zaro majburiyatlari va burchlari;

  4. sinfiy va milliy totuvlik, ijtimoiy sherikchilik;

  5. odamlarning munosib turmush darajasini ta’minlovchi samarali ijtimoiy siyosat.

Fuqarolik jamiyati qator tamoyillarga tayanib faoliyat ko‘rsatadi. Jumladan:

  • siyosiy sohada hamma odamlarning huquq va erkinliklarining tengligi;

  • butun jahon hamjamiyatida yuridik kuchga ega bo‘lgan qonunlar asosida fuqarolar huquq va erkinliklarini kafolatlangan huquqiy himoyasi;

  • individlarni mulkka ega bo‘lish va halol mehnati uchun adolatli haq olish huquqiga asoslangan iqtisodiy mustaqilligi;

  • qonun bilan kafolatlangan fuqarolarni manfaatlari, kasbiy belgilari bo‘yicha davlatdan va partiyadan mustaqil ijtimoiy birlashmalarga birlashish imkoniyatlari;

  • Yüklə 7,99 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə