Namangan muhandislik qurilish instituti



Yüklə 7,99 Mb.
səhifə52/118
tarix21.12.2022
ölçüsü7,99 Mb.
#97453
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   118
O\'zbekistonni rivojlantirish strategiysi FJ O\'quv uslubiy majmua

korrupsiyaga qarshi qaratilgan yuqori samarali chora tadbirlarni qabul qilish va ularni mustahkamlash;

  • korrupsiyaga qarshi kurashda halqaro hamkorlikni kengaytirish, engillashtirish va qo‘llab quvvatlash.

    O‘zbekiston Respublikasi Birlashgan Millatlar tashkilotining Korrupsiyaga qarshi konvensiyasiga 2008 yil 7 iyuldagi O‘RQ-158-sonli Qonuni bilan qo‘shilgan bo‘lib, ushbu Qonunga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Adliya vazirligi korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish va ularni amalga oshirishda boshqa



    Ishtirokchi-davlatlarga yordam ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan organlar sifatida belgilab qo‘yilgan. Ushbu Konvensiyada nazarda tutilgan va korrupsiya sifatida e’tirof etilishi mumkin bo‘lgan qilmishlar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining bir qator moddalari bilan jinoiy qilmish sifatida ta’qib qilinadi. Korrupsiyaga qarshi kurashda jahon mamlakatlari tajribasini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki faqatgina jinoiy qonunchilikni og‘irlashtirish yo‘li bilan bu salbiy illatga qarshi kurashib bo‘lmaydi (XXR da juda ko‘p miqdorda pora olganlik uchun o‘lim jazosi mavjud). Bu illatni engish uchun birinchi navbatda aholining huquqiy savodxonligini oshirish, fuqarolik institutlari faoliyatini kuchaytirish lozim bo‘ladi.
    NAZORAT SAVOLLARI

    1. Korrupsiya deganda nimani tushunasiz?

    2. Korrupsiyaga qarshi kurash tushunchasini izohlang.

    3. Korrupsiyaga qarshi kurash borasida xalqaro huquqiy hujjatlarni bilasizmi?

    4. Korrupsiyaning salbiy oqibatlarini sanab bering.


    9-MAVZU: FUQARO, FUQAROVIYLIK VA FAOL FUQAROLIK


    POZITSIYASI.

    Reja:

    1. Fuqaroviylik, mazmun-mohiyati va asosiy xususiyatlari

    2. Fuqaroviy ong va uning namoyon bo‘lish omillari

    3. Fuqaroviy faollik va uning fuqarolik jamiyatidagi o‘rni

    Tayanch so’zlar: Jamiyat, davlat, fuqarolik jamiyati, fuqarolik jamiyati institutlari, fuqaroviylik, fuqaroviy ong, faollik, ijtimoiy faollik, huquqiy davlat, fuqaroviy faollik, ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy makon, ijtimoiy jarayonlar, siyosiy jarayonlar, davlat va fuqaro munosabatlari.

    1. Fuqaroviylik, mazmun-mohiyati va asosiy xususiyatlari

    Mazkur mavzuning asosiy maqsadi fuqarolik jamiyati barpo etishda fuqarolarning faolligi qanday ahamiyatga ega ekanligini yoritishdan iborat. Zero fuqarolik jamiyati fuqaroviy ongi va faolligi yuksak bo‘lgan fuqarolar yordamida barpo etilishi mumkin. Fuqaroviylik mamlakatning rivojlanish bosqichlarida, boshqacha aytganda o‘tish davrida yaqqol namoyon bo‘ladi. Bugungi kunda ham ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlarni boshidan kechirayotgan, aniqrog‘i fuqarolik jamiyati barpo etayotgan turli mamlakatlarda fuqaroviylik muhim ahamiyat kasb etmoqda. Fuqaroviy faollikning negizini anglash uchun avvalo fuqaroviylikning nazariy mohiyatini tushunish talab etiladi.
    Manbalarda qayd etilishicha o‘z vatani taraqqiyoti uchun har qanday yo‘l bilan, jismoniy yoki ma’naviy mehnat bilan xizmat qilgan kishi haqiqiy fuqaroga aylanadi. Bunday qarash biroz falsafiy ahamiyatga egadek tuyulsa-da, aslida fuqarolik jamiyati barpo etishda aynan fuqaroning vatan taraqqiyoti yo‘lidagi amaliy faoliyati muhim ahamiyat kasb etadi.
    Fuqaroviylik dastlabki qarashda huquqshunoslikka oid atama singari tuyuladi. Aslini olganda bu hodisani falsafiy, huquqiy, sotsiologik va siyosiy mohiyati mavjud.
    Fuqaroviylik bir davlatga mansublikni anglash, davlatga sodiqlik hamda vatanparvarlik hissi sifatida talqin etilishi mumkin. Bunda davlatni, konstitutsiyani, davlat ramzlarini hurmat qilish, davlat tuzumini va qonun ustuvorligini himoya qilishga tayyorlik nazarda tutiladi. Fuqaroviylikni insonga huquqiy, ijtimoiy, ma’naviy va siyosiy jihatdan layoqatli ekanligini his etishni ta’minlovchi jamlovchi tushuncha sifatida ham talqin etish mumkin.


    Yüklə 7,99 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   118




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə