Namangan muhandislik qurilish instituti


Sunnat ermish, kofir bo ‘lsa, berma ozor



Yüklə 7,99 Mb.
səhifə48/118
tarix21.12.2022
ölçüsü7,99 Mb.
#97453
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   118
O\'zbekistonni rivojlantirish strategiysi FJ O\'quv uslubiy majmua

Sunnat ermish, kofir bo ‘lsa, berma ozor,


Ko ‘ngli qottig‘ dilozordap xudo bezor.

Yurtimizdan yetishib chiqqan allomalarimizning bu kabi o‘gitlari uzoq yillar davomida xalqimizni bag‘rikeng bo‘lishga, turli din va elatlar bilan tinch- totuvlikda xayot kechirishga chorlab kelgan.
Xozirgi kunda ham yurtimizda istiqomat qilayotgan turli din vakillari uchun teng imkoniyatlarning yaratilishi, ayniqsa, diniy bag‘rikenglikka doir qoidalarning qonuniy asoslarda mustahkamlanishi taxsinga sazovordir. Eng avvalo, Konstitutsiyamizning 31-moddasida mustahkamlangan «Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Xar bir inson xoxlagan dinga e’tiqod qilish yoki xech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik xuquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi» degan qoida diniy bag‘rikenglik uchun dasturulamal bo‘lib xizmat qilmoqda. Bu tamoyilga ko‘ra, xar kim o‘z dini va e’tiqodiga amal qilishda erkindir va xar kim bu xuquqqa boshqalar ham ega ekanini tan olmog‘i lozim. Bir kishining din borasidagi qarashlari boshqalarga majburan singdirilishi mumkin emas.
Bundan tashqari, Konstitutsiyamizning 18-moddasida ham «O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil xuquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qati nazar, qonun oldida tengdirlar. Imtiyozlar faqat qonun bilan belgilanib qo‘yiladi hamda ijtimoiy adolat printsiplariga mos bo‘lishi shart» degan norma asosida turli diniy e’tiqoddagi insonlarning dini va e’tiqodidan qati nazar, qonun oldida teng ekani e’tirof etilgan.
Konstitutsiyamizning 61-moddasida esa, yurtimizda faoliyat olib boruvchi diniy tashkilotlar va birlashmalarning davlatdan ajratilgani xaqidagi qoida mustaxkamlangan. Unda aytilishicha, «Daniy tashkilotlar va birlashmalar davlatdan ajratilgan xamda qonun oldida tengdirlar. Davlat diniy birlashmalarning faoliyatiga aralashmaydi». Bu qoidaning moxiyati shundaki, O‘zbekistonda xar qanday din va diniy tashkilotlar davlatdan ajratilgan va barcha diniy konfessiyalar qonun oldida barobardir. Davlat diniy konfessiyalar o‘rtasidagi tinchlik va totuvlikni qo‘llab-quvvatlaydi hamda ular o‘rtasida o‘zaro murosa va xurmat o‘rnatilishiga ko‘maklashadi.
O‘zbekistonda e’tiqod erkinligi va diniy bag‘rikenglikni mustahkamlashda Qonunchilik ham takomillashib bordi. «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonun 1991 yilda qabul qilingan bo‘lib, 1993 yilda kiritilgan ba’zi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar bilan 1998 yilga qadar amalda bo‘lib keldi. So‘nggi yillar davomida mazkur qonunni davr talablari asosida tubdan o‘zgartirish zarur bo‘lib qoldi va 1998 yilning 1 may oyida O‘zbekiston Oliy Majlisi tomonidan qonunning yangi tahriri qabul qilindi.
Vijdon erkinligi xaqidagi qonun dinga e’tiqod qilish yoki o‘zga e’tiqodlar erkinligi milliy xavfsizlikni va jamoat tartibini, boshqa fuqarolarning xayoti, salomatligi, axloqi, xuquqi va erkinliklarini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan darajadagina cheklanish mumkinligini ta’minlaydi. Mazkur me’yor 1966 yil 16 dekabrda BMT Bosh assambleyasi tomonidan qabul qilingan Fuqarolik va siyosiy xuquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktning 18-moddasiga muvofiqdir.



Xalqaro xuquqiy xujjatlarda ham e’tiqod erkinligi va diniy bag‘rikenglik xalqaro xuquq himoyasida ekani ta’kidlanadi. Jumladan, 1948 yili qabul qilingan «Inson xuquqlari umumjaxon deklaratsiyasi»ning 18-moddasida «Xar bir inson fikr, vijdon, din va e’tiqod erkinligi xuquqiga egadir», deb ta’kidlangan. 1966 yili qabul qilingan «Fuqarolik va siyosiy xuquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt»da ham «Biror odam ham o‘z ixtiyori bilan o‘z dini va e’tiqodiga ega bo‘lish yoki ularni qabul qilish erkini kamsitadigan majburiy xatti-xarakatlarga duchor bo‘lmasligi kerak», deb ko‘rsatilgan. Bu esa, diniy bag‘rikenglikning nafaqat milliy qonunchilik, balki xalqaro xuquqiy normalar muxofazasida ekanidan dalolat beradi.
Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi xuquqiy me’yorlarning qonunchilikka kiritilishi diyorimizda rasmiy faoliyat olib borayotgan barcha din vakillariga katta imkoniyatlar yaratib berdi. Jumladan, mustaqillikkacha yurtimizda bir necha cherkov va sinagogalar faoliyat olib borgan bo‘lsa, qonuniy asoslar mustahkamlangach, dunyoning turli mintaqalarida diniy ibodatlarini amalga oshiruvchi yevangel-lyuteran jamoasi, rim-katolik cherkovi, «ettinchi kun adventistlari» diniy tashkiloti, baxoiylar, yaxudiylar diniy jamoalari kabi konfessiyalar rasmiy faoliyat yurita boshladi.
Xukumatimiz tomonidan turli diniy tashkilotlarning o‘z faoliyatlarini amalga oshirish va mamlakat xayotida faol ishtirok etishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berildi. Jumladan, markaziy televidenie orqali O‘zbekiston musulmonlari idorasi ma’naviy-ma’rifiy ko‘rsatuvlarni berib borishi, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy kabi mashxur allomalarning tavalludiga bag‘ishlangan anjumanlarning keng ko‘lamda nishonlanishi kabi tadbirlarni aytib o‘tish o‘rinlidir. Ayniqsa, xaj ibodatini to‘la-to‘kis va xamjixat xolda ado etish uchun barcha sharoitlar yaratilgani taxsinga sazovor.
O‘z navbatida, pravoslavlar uchun Isroil, Gretsiya va Rossiya, katoliklar uchun Isroil va Italiya, armanlar uchun Isroil va Armaniston, yaxudiylar va baxoiylar uchun Isroil, krishnachilar uchun Xindiston va buddaviylar uchun Koreyada joylashgan muqaddas joylarga ziyoratlar tashkil qilinmoqda.
Bundan tashqari, Prezidentimiz farmoniga ko‘ra, 1903 yilda qurilgan «Svyataya Bogoroditsa» ibodatxonasining Arman apostol cherkoviga topshirilgani, o‘z vaqtida faoliyati to‘xtatib qo‘yilgan Yevangel-lyuteran cherkovi Kirxasining Respublikamizda istiqomat qiluvchi nemislarning diniy extiyojlarini qondirish maqsadida «Vidergeburt» nemis madaniyat markaziga foydalanish uchun qaytarib berilgani va 1996 yilning dekabrida ushbu konfessiyaning yurtimizda faoliyat boshlaganining 100 yilligi keng nishonlanishi ham yuqoridagi fikrimiz isboti bo‘la oladi.
Shuningdek, xristianlarning «Rojdestvo», «Pasxa», yaxudiylarning Rosh- Ashona (Yangi yil), Yom-Kipur (Gunoxlardan poklanish bayrami), Pesax (Pasxa), buddaviylarning Sagaalgan (yangi yil), Donchod-xural (Buddaning tug‘ilgan kuni) kabi bayramlarini nishonlash uchun yurtimizda yashovchi shu din vakillariga keng imkoniyatlar yaratib berilmoqda.
2000 yil 13-15 sentyabrda Toshkentda o‘tgan dinlararo muloqot YuNYeSKO kongressi Markaziy Osiyodagi madaniy, diniy va etnik xilma-xillikni muxokama



qildi. Unda 40 ga yaqin davlatdan 80 dan ortiq turli din va konfessiyaga mansub vakillar, yirik mutaxassislar ishtirok etdi. Kongressdan so‘ng 18 sentyabrda Buxoro shaxrida «Tasavvuf va dinlararo muloqot» mavzusida xalqaro simpozium bo‘lib o‘tdi. Unda «tasavvuf»ga bag‘rikenglikni targ‘ib etuvchi, tinchlikka chaqiruvchi islom dinining noyob, o‘ziga xos ko‘rinishi, degan ta’rif berildi. Shuningdek, 2001 yil sentyabrda Toshkentda o‘tgan Osiyo - Tinch okeani mintaqasi YuNYeSKO «Bag‘rikenglik tarmog‘i»ning ikkinchi yig‘ilishida bag‘rikenglik tamoyillari o‘zbek xalqining urf-odatlari bilan chambarchas bog‘liq ekani ta’kidlandi.
Ta’lim, fan va madaniyat bo‘yicha xalqaro islom tashkiloti (ISYeSKO) tomonidan Toshkentning islom madaniyati poytaxti deb elon qilinishi munosabati bilan 2007 yil 14-15 avgustda Toshkent va Samarqand shaharlarida «O‘zbekistonning islom tsivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan xissasi» mavzuida bo‘lib o‘tgan xalqaro konferentsiyada ham mamlakatimizning jamiyatda bag‘rikenglik madaniyatini kamol toptirish yo‘lidagi yutuqlari yana bir bor e’tirof etildi. Shuningdek, 2014 yilning 15-16 may kunlari Samarqand shaxrida «O‘rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy tsivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati» mavzusida xalqaro konferentsiya o‘tkazildi. Bugungi kunda ham mamlakatimiz boy tarixiy, ilmiy-ma’rifiy va madaniy merosni o‘rganish, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash va targ‘ib etish, islomning ma’rifiy g‘oyalarini yoyish hamda diniy bag‘rikenglikni qaror toptirish va mustahkamlashda butun dunyoga o‘rnak bo‘lmoqda.
Bag‘rikenglikning ziddi «mutaassiblik»dir. Umumiy ma’noda «mutaassiblik» bu bir g‘oyaning to‘g‘riligiga qattiq ishonish va undan o‘zgalarini keskin rad etishni anglatadi. Mazkur fenomenning xavfli jixati shundaki, u borgan sari kuchayib ksenofobiya, ekstremizm va xatto terrorizmga aylanadi.
Terrorizm butun dunyoda tinchlikni ta’minlash yo‘lidagi asosiy g‘ov, to‘siqdir. XX asrning ikkinchi yarmida xalqaro miqyosda o‘zini ochiq namoyon etayotgan xatarli voqeliklardan biri, turli shiorlar bilan niqoblangan terrorizm mintaqalar va mamlakatlar xayotiga birdek taxdid solmoqda. Keng ko‘lam va xilma-xil ko‘rinishlar kasb etayotgan ushbu illatga qarshi kurash butun dunyo uchun dolzarb muammo bo‘lib qolmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, butun dunyo bo‘yicha 500 ga yaqin terrorchilik tashkilotlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Bir yil mobaynida butun Yer yuzida sodir etilgan teraktlar va ularning oqibatida xalok bo‘lganlarning soni bir necha o‘n mingni tashkil etishi terrorizmning tinchlik va xotirjamlikni izdan chiqarishga qaratilgan asosiy taxdidlardan biriga aylanganini ko‘rsatadi.
Ayni paytda zamonaviy terrorizmning, bir tomondan, tobora shafqatsiz, g‘ayriinsoniy moxiyat; ikkinchi tomondan, aqlga sig‘dirish qiyin bo‘lgan jo‘g‘rofiy ko‘lam kasb etib borayotganini aloxida ta’kidlash lozim. Xozirgi vaqtda xar kuni dunyoning u yoki bu burchagida kimlarnidir qo‘rquvga solish orqali muayyan maqsadlarga erishishni ko‘zlagan qo‘poruvchilik xarakatlari amalga oshirilmoqda. Afsuski, ularning soni muntazam oshib bormoqda.
Markaziy Osiyo mintaqasida diniy mutaassib oqimlar faoliyati XX asrning 80- yillari boshlarida xorijiy ekstremistik markazlar sa’y-xarakatlari bilan shakllana boshladi. Mintaqada xorijdan kelayotgan moliyaviy yordam xisobidan jangari



sifatida foydalaniladigan shaxslarni tanlash va tayyorlash bilan shug‘ullanadigan guruxlar paydo bo‘ldi. Markaziy Osiyo respublikalari mustaqillikka erishgan 90- yillarning boshlarida esa, bu guruxlar faollashib ketdi. Mintaqada «Xizbut-taxrir», «Turkiston islom xarakati», «Akromiylar», «Nurchilar» kabi guruxlarning faoliyati kuzatildi.
Islom asoslarini buzib talqin qilish, ilmsiz, tashqi ta’sirga beriluvchan aholini o‘z talqinidagi diniy g‘oyalar bilan zaxarlash, o‘zlariga qo‘shilmagan kishilarga, davlatlarga va tuzumlarga nisbatan zo‘ravonlik, buzg‘unchilik, qotillik bilan munosabatda bo‘lishni xalol deb xisoblash kabi xususiyatlar yuqorida zikr etilgan tashkilotlarning barchasiga xosdir. Afsuski, so‘nggi yillarda mazkur guruxlar faoliyati natijasida dunyo bo‘ylab xar yili 30 mingdan ortiq tinch fuqaro xalok bo‘lmoqda. O‘nlab million aholi o‘z uylarini tashlab ketib, dunyoning turli mamlakatlarida sarson sargardon bo‘lishga majbur bo‘lmoqda. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, bir milliondan ortiq yosh bolalar ochlikdan o‘lish xavfi ostidadir. Ularning aksariyati terrorchilik avj olgan, buzg‘unchi guruxlar tomonidan egallab turilgan xududlarga to‘g‘ri keladi. Bugungi kunda Iroq, Suriya, Nigeriya, Afg‘oniston, Yaman, Liviya xanuz dunyoning eng xatarli nuqtalari xisoblanadi. Taxlilchilarning fikricha, hech qaysi davlat o‘zining terrorchilar xurujidan xoli ekaniga 100 foiz kafolat bera olmaydi. Jumladan, 2015 yilda dunyoning 96 mamlakati, u yoki bu darajada terrorchilikdan aziyat chekkan.
Mana shunday sharoitda ekstremizm va terrorizm xavfini to‘g‘ri anglab yetish, ularga qarshi amaliy choralar ko‘rish - davr talabidir. Shunday ekan. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev ta’biri bilan aytganda, «
yanada ogoh va sergak bo‘lish, eng asosiy boyligimiz bo‘lgan va biz haqli ravishda faxrlanadigan ko‘p millitli xalqimizning birdamligi va jipsligini ko‘z qorachig‘idek asrash hamda yanada mustahkamlash O‘zbekistonni o‘z Vatani, deb biladigan har bir insonning muqaddas burchidir».


  1. Yüklə 7,99 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə