Namangan muhandislik qurilish instituti



Yüklə 7,99 Mb.
səhifə45/118
tarix21.12.2022
ölçüsü7,99 Mb.
#97453
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   118
O\'zbekistonni rivojlantirish strategiysi FJ O\'quv uslubiy majmua

Мамлакатимизда 135 та урта махсус, касб-хунар таълими муассаса-
сининг моддий-техник базасини мустахкамлаш тадбири туфайли
: _
Эришиладиган натижалар:
Мамлакатимиздаги 135 та урта махсус. касб-
хунар таълими муассасасииинг моддий-техник
базаси мустахкамланади;
Укувчиларнинг таълим олишлари ва
укитувчиларнинг фаолият юритишлари учун
хулай шарт-шароитлар яратилади
(2017-2021 йилларда Узбекистон Республикасини ривожлантирмшмимг 5 та усгувор йуналиши буйича Хдракатллр
сгаратетиясини «Халх билам мупохот ва имсол ыанфаатпари йили»да амалга оширмшга оия Давлаг дастури
Уэбекистон Республикам хонун хужжатлари туплаыи 2017 йил, №6.133-6.)

«2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasida oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish Dasturini ishlab chiqish» bilan bog„liq Prezident qarori loyihasi natijasida:

  1. akademik soha, o‘quv dasturlari ishlab chiqilib, tasdiqlanadi, bunda:

-o‘quv jarayonini tashkil etish;
-pullik xizmatlar ko‘rsatish va moliyalashtirishning qo‘shimcha manbalarini izlashda oliy o‘quv yurtlari vakolatlarini kengaytirish yo‘li bilan ularning mustaqilligi bosqichma-bosqich rivojlantiriladi.

  1. milliy kadrlarning raqobatdoshligiga va umumjaxon amaliyotiga asoslangan oliy talim milliy tizimining sifati oshishiga olib keladi.

-Boloniya jarayoni ishtirokchi mamlakatlari diplomlarini o‘zaro tan olish;
-o‘qituvchi va talabalar bilan almashuv dasturlarini amalga oshirishga ko‘maklashuvchi 1999 yil 19 iyundagi Boloniya deklaratsiyasiga qo‘shilish masalasi ko‘rib chiqiladi.
Ilm-fap taraqqiyotining yangi bosqichi: fan, ilmiy-tadqiqot, innovatsion yutuqlarni rag‘batlantirish va ularni amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish hamda ixtisoslashgan laboratoriya, yuqori texnologiya markazlari va texnologiyalarni joriy etish. 2016 yil 30 dekabrda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning mamlakatimizning yetakchi ilm- fan namoyandalari bilan uchrashuvida qayd etganidek, fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini yanada takomillashtirish muxim ahamiyatga ega. Bugun jaxonning yetakchi universitetlari, ilmiy markazlari va fanlar akademiyalari bilan ilmiy hamkorlikni yanada mustahkamlashni zamonning o‘zi talab qilmoqda.

Амалга ошириладиган тадбирлар:

  • 44 та урта махсус. касб-хунар таълими муас- сасзск реконструкция хилинади;

Mamlakatimiz va jamiyatimizning zamon talablari darajasida rivojlanishini ilm- fansiz tasavvur qilish qiyin. Ilm-fan taraqqiyotida fundamental tadqiqotlar muxim ahamiyat kasb etadi. Aynan ular orqali yangi bilimlar o‘zlashtiriladi va nazariyalar shakllantiriladi. Kelgusi amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalar uchun mustaxkam asos yaratiladi.
Bugungi zamon barcha sohalar qatorida ilm-fanni ham yangi bosqichga ko‘tarishni talab qilmoqda. Bu boradagi ishlar bugun izchil va tizimli davom etmoqda. Davlatimiz raxbari Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 17 fevralda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi faoliyatini takomillashtirish va rag‘batlantirish to‘g‘risida»gi farmonida mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida ilm-fanning o‘rnini yanada mustahkamlash, akademiklar faoliyatini xar tomonlama qo‘llab quvvatlash, yuqori malakali kadrlar tayyorlash sifatini oshirishni rag‘batlantirish maqsadida bir qator muxim chora- tadbirlar belgilangan.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning yetakchi ilm-fan namoyandalari bilan bo‘lgan muloqotida ko‘p masalalar muxokama qilinib, taklif va muloxazalar o‘rtaga tashlandi, ya’ni quyidagi dolzarb masalalar tilga olindi:

  1. Mamlakatimizda yuqori saloxiyatga ega, jaxon miqyosida e’tirof etilgan olimlar ko‘pligi, ular o‘z maktablarini yaratishi, shogirdlar tarbiyalashi lozim.

  2. Jaxonning yetakchi institutlari, ilmiy markazlari va Fanlar akademiyalari bi­lan ilmiy hamkorlikni yanada rivojlantirish. O‘zbek olimlari juda ham katta zaxira to‘plaganlar, uni rivojlantirish zarur.

  3. Yuqori saloxiyatga ega kadrlar tayyorlash masalasini takomillashtirish, ilmiy kadrlar va yuqori malakali mutaxassislar, dunyo darajasidagi yangi olimlar avlodini tayyorlash darkor.

  4. Ilm-fan taraqqiyotida fundamental tadqiqotlar muxim ahamiyatga ega. Aynan ular orqali yangi bilimlar o‘zlashtiriladi va nazariyalar shakllantiriladi, kelgusi amaliy tadqiqotlar hamda innovatsion ishlanmalar uchun mustahkam asos yaratiladi.

  5. Ilm-fan iqtisodiyotning barcha tarmog‘i taraqqiyotida katta o‘rin tutadi, davlat esa bu yo‘lda avvalo olimlarga suyanadi. Chunki, ilm-fan va ishlab chiqarish o‘rtasida integratsiya bo‘lishi - dolzarb masala.

O‘zbek xalqining tarixiy-madaniy va intellektual merosini ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash hamda ko‘paytirish, shuningdek, yosh avlodni umuminsoniy va milliy an’analar hamda qadriyatlar ruxida tarbiyalashga aloxida e’tibor qaratish zarur. Ta’kidlash kerakki, mazkur masala davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri xisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturining eng muxim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Maxkamasining 2017 yil 14 yanvardagi kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasida, Fanlar akademiyasi a’zolari bilan o‘tkazgan uchrashuv va muloqoti davomida bu borada asosan ikkita asosiy vazifani xal etish lozimligini bayon etdi:

  1. Ilmiy muassasalarning moddiy-texnik bazasini ilg‘or xorijiy markazlar darajasida va olimlarning talablariga muvofiq, sezilarli ravishda mustahkamlash



kerak. Bunda, albatta, davlatning extiyojlari va uning maqsadli vazifalari inobatga olinishi shart.
2. Akademiklarni xar taraflama qo‘llab-quvvatlash, jumladan, moddiy rag‘batlantirish bo‘yicha aniq, chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish lozim.
2017 yilning 1 yanvaridan boshlab akademiklarga eng kam oylik ish xaqining 10 barobari miqdorida jismoniy shaxslar daromadiga solinadigan soliqlardan ozod etilgan oylik ganorar belgilanadi. Bundan tashqari, ular uchun sanatoriy muassasalarida xar yili bepul sog‘lomlashtirish kursidan foydalanish xuquqi nazarda tutildi. Akademiklar ilmiy, talim va ishlab chiqarish jarayonlariga keng jalb etilib, ularga yuqori malakali kadrlar tayyorlashda faol ishtirok etishlari uchun zarur imkoniyatlar yaratilmoqda.
Umuman, xulosa qilib aytganda, mustaqillik yillarida mamlakatimizda uzluksiz ta’lim tizimi jaxon talablari darajasida, yuksak ma’naviyat zaminida qurilib, davlat ta’lim standartlari va tegishli ta’lim dasturlari bilan ta’minlandi. Uzluksiz ta’lim tizimi umumdavlat dasturlari, maktabgacha tarbiya, boshlang‘ich, umumiy va maktabdan tashqari ta’lim asosida amalga oshirilmoqda. Endilikda uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, malakali kadrlar tayyorlash siyosatini ri­vojlantirish hamda uning moddiy-texnik bazasini mustaxkamlash borasida qilinayotgan ishlar muxim ahamiyat kasb etadi. Maktabgacha ta’lim sifatini yuksaltirish, umumiy o‘rta ta’lim sifatini oshirish, fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda o‘rganishga yangicha yondashuv yuksak taraqqiyot garovi xisoblanadi. Kasb-hunar kolleji talabalarini bozor iqtisodiyoti talablariga javob beradigan mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorlash hamda ishga joylashtirish davlatimiz va jamiyatimiz, maxalliy xokimiyatlarning e’tibor markazida turibdi. Shuningdek, ta’lim va o‘qitish sifatini baxolashning xalqaro stan- dartlariga o‘tishda oliy ta’lim muassasalari faoliyati va samaradorligini oshirish taqozo etilmoqda. Ilm-fan taraqqiyotining yangi bosqichi, yangi fan, ilmiy tadqiqot, innovatsion yutuqlarni rag‘batlantirish va ularni amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlari yaratilmoqda.
NAZORAT SAVOLLARI
1.O‘zbekistonda 2017-2021 yillarda axoli bandligi va real daromadlarini izchil oshirish yo‘nalishlarini sanab bering.

  1. Erkin iqtisodiy zonalarning yangi ish o‘rinlarini tashkil etishdagi axamiyatini tushuntirib bering.

  2. Bugungi kunda Davlat byudjetining necha foizi ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo‘naltirilmoqda ?

4.Ijtimoiy himoya deganda nimani tushunasiz?

  1. Yurtimizda kasb-xunar kollejlari bitiruvchilarini ish bilan ta’minlashga qanday e’tibor qaratilmoqda?

6.Oliy ta’lim tizimining mamlakatimizni modernizatsiya qilishdagi o‘rni qanday?


7-MAVZU: XAVFSIZLIK, MILLATLARARO TOTUVLIK VA DINIY BAG’RIKENGLIKNI TA’MINLASH



Reja:

  1. Xavfsizlik, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni ta’minlash sohasidagi

ustuvor yo‘nalishlar

  1. Chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor

yo‘nalishlar

  1. Axborot xavfsizligini ta’minlash


Yüklə 7,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə