Namangan muhandislik qurilish instituti



Yüklə 7,99 Mb.
səhifə42/118
tarix21.12.2022
ölçüsü7,99 Mb.
#97453
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   118
O\'zbekistonni rivojlantirish strategiysi FJ O\'quv uslubiy majmua

6-MAVZU: IJTIMOIY SOHADAG I ISLOHOTLARNI CHUQURLASHTIRISH



Reja:

  1. Aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirish.

  2. Aholini ijtimoiy himoya qilish va sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish.

  3. Ta’lim va ilm-fan sohasini rivojlantirish

Tayanch so’zlar: axoli bandligi, real daromad, iste’mol savatchasi, ijtimoiy ximoya, sog‘liqni saqlash, “obod qishloq”, “obod maxalla”, ta’lim, maktabgacha ta’lim, kasb-xunar ta’limi, oliy ta’lim, innovatsion ta’lim, yoshlar siyosati,

  1. Aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirish.

Samarali mexnat uchun zarur sharoitlar, munosib ish xabii, zamonaviy uy- joylar, sifatli ta’lim va tibbiy yordam, dam olish va xordiq, chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratish - bularning barchasi iqtisodiy sohadagi islohotlarimiz moxiyati va mazmunini belgilab beradigan muxim omillardir. Shu borada nafaqat eng kam oylik ish xaqini, balki byudjet tashkilotlarida ham, xo‘jalik yurituvchi subektlarda ham o‘rtacha ish xaqi miqdorini, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar xajmini bosqichma-bosqich ko‘paytirish maqsadga muvofiq.
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Xarakatlar strategiyasida ham byudjet muassasalari xodimlarining ish xaqi, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar xajmini inflyatsiya suratlaridan yuqori miqdorda izchil oshirish ham ustuvor vazifa qilib qo‘yilgan.
Ish xaqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to‘lash tizimini tubdan takomillashtirish, pensinerlar, talabalar va aholining boshqa ijtimoiy extiyojmand qatlamlari xuquq va qonuniy manfaatlari himoyasini so‘zsiz ta’minlash, ularning O‘zbekiston Respublikasining barcha xududida xarid qiladigan tovar va xizmatlar uchun to‘lovlarni to‘siqlarsiz amalga oshirishi uchun qulay sharoit yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi «Ish xaqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to‘lash mexanizmini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora- tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-2753-son qarori qabul qilindi.



Mamlakatimizda aholi bandligini ta’minlash ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning ustuvor yo‘nalishlaridan biri, xalq turmush darajasi va sifatini yuksaltirishning muxim sharti sifatida belgilangan.
Binobarin, yurtimizda xar yili milliy iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, xududlar bo‘yicha mexnat resurslaridan yanada to‘liq va oqilona foydalanish, aholining ijtimoiy muxofazasini ta’minlashga qaratilgan tegishli dasturlar qabul qilinyapti.
Milliy mehnat bozorining e’tiborga molik o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilar xisoblanadi: aholining asosiy qismini yoshlar tashkil etishi (xar yili yarim milliondan ortik, bitiruvchilar ishga joylashish bo‘yicha ko‘makka muxtoj); 700 mingdan ortiq ishsizlarning, shuningdek, ishchi kuchining talab va taklifi bo‘yicha nomutanosiblikning mavjudligi; ayrim tumanlarda ishsizlik va norasmiy sektorda ish bilan bandlikning yuqori darajasi kuzatiladi.
Yurtimizda yiliga 1,5 million odamni ishga joylashtirishga extiyoj bo‘lsada, o‘tgan yili Bandlikka ko‘maklashish markazlari atigi 248 ming kishini yoki 16,5 foizini ishga joylashtirgan. Buning asosiy sabablari ish faoliyatidagi eskirgan shakl va usullar hamda bandlik muammolarini xal etishdagi rasmiyatchilik bilan bog‘liq.
Bunday xolat bandlikka ko‘maklashishning faol siyosat choralarini amalga oshirish, yani ish o‘rinlarini yaratish, avvalo yoshlarni va ijtimoiy himoyaga muxtoj aholi toifalarini ish bilan ta’minlash, tadbirkorlik faolligini rag‘batlantirish chorasini ko‘rishga zaruriyatini keltirib chiqaradi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2012 yil 20 apreldagi «Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida ishbilarmonlik muxitining xolati va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish darajasi indikatorlarini xar chorakda baholash tizimini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 117-son qaroriga ilovada ishsizlik darajasini baxolash mezoni keltirilgan. Unga ko‘ra, Respublikada ishsizlik darajasi (5,2 foiz) mo“tadil xisoblanadi.





Yangi ish o‘rinlarini tashkil etishda erkin iqtisodiy zonalariing ham o‘rni katta, Xususan, mamlakatimizda «Navoiy» «Angren» va «Jizzax» erkin iqtisodiy zonalari tashkil etilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 yanvardagi 4931 -son farmoni bilan «Urgut», «G‘ijduvon», «Qo‘qon» va «Xazorasp» erkin iqtisodiy zonalari tashkil etildi. Bu iqtisodiy zonalarda meva- sabzavot va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, saqlash va qadoqlash, to‘qimachilik, gilam to‘qish, poyabzal va charm-galantereya. ekologik jihatdan xavfsiz kimyo, farmatsevtika, oziq-ovqat, elektrotexnika sanoati, mashinasozlik va avtomobilsozlik, qurilish materiallari ishlab chiqarish va boshqa yo‘nalishlarda yangi zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish yangi ish o‘rinlarining yaratilishiga zamin yaratadi.
Yaqin kelajakda kasb-hunar kollejlari va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilariniish bilan ta’minlash sohasidagi asosiy vazifalar quyidagilardan iborat:
- bitiruvchilarni biriktirish ishlarini puxta tashkil etish; bitiruvchilar bandligini ta’minlashda yangi samarali shakllar va uslublarni davom ettirish;
-bitiruvchilar bandligini ta’minlashda belgilangan imtiyozlardan kengroq foydalanish;
bitiruvchilarga o‘z biznesini tashkil etishlari uchun mikrokreditlar ajratish amaliyotini davom ettirish.
Mehnat va Iqtisodiyot vazirliklari tomonidan ishlab chiqilgan metodika asosida mehnat bozorida vaziyat murakkab bo‘lgan tuman va shaharlar ro‘yxati aniqlanadi, unga muvofiq aholi bandligi dasturlarining manzilli ro‘yxatlari, kichik sanoat zonalari, xizmatlar sohasini rivojlantirish, chorvachilik, parrandachilik va issiqxona xo‘jaliklarini barpo etish, kasb-hunar kollejlari va oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilari uchun «start-ap» loyixalarini amalga oshirishga mikrokreditlar va

lizing asosida ishlab chiqarish vositalarini ajratish ishlari amalga oshiriladi.
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustu­vor yo‘nalishi bo‘yicha Xarakatlar strategiyasida mehnat bozori talablariga asosan, professional kadrlarni qayta tayyorlash yuzasidan qisqa muddatli trening va o‘quv kurslarini o‘tkazish bo‘yicha nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini rag‘batlantirish, nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini litsenziyalash tartibini soddalashtirish, davlat akkreditatsiyasiga ega bo‘lgan nodavlat ta’lim muassasalari uchun davlat namunasidagi xujjatlarni berish bo‘yicha mavjud cheklovlarni bartaraf etish nazarda tutilgan.
Shuningdek, Xarakatlar strategiyasida o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi muassasalarida kerakli talabdan ortiq xajmda tayyorlanayotgan gumanitar ta’lim yo‘nalishlarini qisqartirishni va mos ravishda agrar sektor, qurilish va ishlab chiqarish sohasi, uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasi mutaxassislari tayyorlashni kengaytirishni ko‘zda tutuvchi o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’lim mutaxassislik yo‘nalishlarini qayta ko‘rib chiqish rejalashtirilgan. Joriy va istiqboldagi kadrlarga bo‘lgan extiyojdan kelib chiqqan xolda mutaxassislarni tayyorlash, agrar sektor, qurilish va ishlab chiqarish sohasi, uy-joy kommunal xo‘jaligini malakali mutaxassislar bilan hamda bitiruvchilarni kafolatlangan ish bilan ta’minlash imkonini beradi.
Xududlarda aholi bandligini ta’minlash hamda qo‘shimcha daromad manbaini yaratish maqsadida tijorat banklari tomonidan mikrokreditlar ajratish xajmini yanada oshirish quyidagi sohalarda nazarda tutilgan:
-fuqarolarning shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish;
-qoramol, qo‘y, echki, quyon boqish va go‘sht yetishtirish;
-parrandachilik va asalarichilikni rivojlantirish;
-ixcham issiqxonalar tashkil etish;
-urug‘ va ko‘chatlar yetishtirish.
Buning natijasida aholi tomorqasidan foydalanish samaradorligi oshadi, ishlab chiqariladigan sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari xajmi ko‘payadi.
Xarakatlar strategiyasida olis va tog‘li xududlarda turizm va ekoturizmni tashkil etish, dorivor o‘simliklarni yetishtirish, yig‘ish va qadoqlash bo‘yicha dasturlar ishlab chiqish ko‘zda tutilgan. Bunda, tog‘ oldi xududlaridagi qishloqlarda 10-15 ta xonadonlarda sayyoxlarga xizmat ko‘rsatish uylari tashkil etilib, ya’ni uyning bitta yoki ikkita xonasi devorlari so‘zana, adras bilan bezatilib, ko‘rpacha to‘shalib, xontaxta qo‘yilib, xojatxona va oshxonaning sanitar xolatlari tartibga keltirilib, chet ellik sayyoxlarga tabiiy manzaralarni ko‘rsatish bilan birga non yopish, milliy taomlarni tayyorlash, milliy urf-odatlar bilan tanishtirish kabi xizmatlar ko‘rsatilishi rejalashtirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev Vazirlar Maxkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasida ayollarning jamiyatdagi mavqei va ular bandligi masalalariga to‘xtalib, quyidagilarni ta’kidlab o‘tdilar: - ayollarni ularga munosib mehnat bilan bandligini ta’minlash asosiy masaladir. Ayollar uchun doimiy ish joylari yaratish borasidagi muxim masala bilan bir qatorda, oilaviy biznes, kasanachilik, xunarmandchilik, tomorqa xo‘jaligini keng rivojlantirish



ishlari ham oqsamoqda.
Xarakatlar strategiyasida xotin-qizlarning va kollej bitiruvchilarining bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikka jalb qilish, tadbirkor ayollarni qo‘llab- quvvatlash maqsadida:
-«Maxallaning eng namunali tadbirkor ayoli» tanlovining maxallalararo va tuman (shahar) bosqichlarini o‘tkazish;

  • Qo‘rg‘ontepa, Olot, Paxtakor, Dexqonobod, Koson, Nurota, Uzun va Qo‘shko‘pir tumanlarida ayollarni kasbga o‘qitish va qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish;

  • pedagogik ma’lumotga ega bo‘lgan, biroq bola parvarishlash munosabati bilan vaqtincha ishlamayotgan ayollarga oilaviy maktabgacha ta’lim tarbiyachisi sifatida kasanachilik faoliyati tashkil etish.

Bu tadbirlarning amalga oshirilishi xotin-qizlarda va kasb-hunar kollejlarining bitiruvchi kizlarida tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantiradi, ularning xuquqiy va iqtisodiy bilimlarini oshiradi.





  1. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining «Mehnat stajini hamda byudjetdan tashqari Pensiya jamg„armasiga sug„urta tO’lovlari davriyligini rO’yxatga olish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori loyixasi ishlab chiqiladi va kiritiladi. Mazkur qaror mehnat stajini elektron tarzda ro‘yxatga olish hamda davlat ijtimoiy sug‘urta to‘lovlarini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslarning yagona reestrini yuritishniig imkonini yaratadi.

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Xarakatlar strategiyasida Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari xisobidan nisbatan sust rivojlangan tumanlarning ishsiz yoshlarini Toshkent va Samarqand shaharlaridagi (Koreya Respublikasi xukumatining grant mablag‘lari xisobidan tashkil etilgan) kasb-xunarga o‘qitish markazlarida mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga qayta o‘qitish orqali ularning bandligi taminlanishi nazarda tutilgan.
Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalarini tashkil qilish xam mehnat bozoridagi ta’sirchan siyosatning muxim uslubi sanaladi. Bundan maqsad ish izlovchilarni taklif etilayotgan bo‘sh joylar bilan tanishtirish, shuningdek, ularga mehnat bozori, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari va yangi kasbga o‘qitish to‘g‘risida to‘liq ma’lumot berishdan iborat. Shuning uchun ham barcha shahar va tumanlardagi korxona va tashkilotlar ishtirokida band bo‘lmagan aholi, kollej va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari va migrantlar uchun 1000 dan ortiq yarmarkalar tashkil etish rejalashtirilgan.

  1. Aholini ijtimoiy himoya qilish va sog„liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish .

Chorak asrlik mustaqil taraqqiyotimiz davrida mamlakatimizda inson xayotini yaxshilash, uning qulay turmush sharoitlarini yaratish maqsadida ulkan ishlar amalga oshirildi. Demokratik fuqarolik jamiyatini barpo etish, bunda aholini ijtimoiy himoya qilish, uning sog‘ligini kafolatlash yo‘nalishida jaxon va milliy tajribaga asoslangan xolda yaxlit tizim yaratildi.
Ayni vaqtda zamon talabi, mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘lining chuqur taxlili, aholini ijtimoiy himoyalash va sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish uchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish va amalga oshirishni taqozo etmoqda.
Olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning xar tomonlama jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni



modernizatsiya qilish hamda xayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish maqsadida ishlab chiqilgan Xarakatlar strategiyasida Aholini ijtimoiy himoya qilish va sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida belgilandi.
O‘tgan davr mobaynida O‘zbekiston sobiq Ittifoqdan meros bo‘lib qolgan tizimlashmagan, umumiy shaklga ega bo‘lgan ijtimoiy himoya tizimini tubdan yaxshilab, tizimli, manzilli xarakterga ega bo‘lgan va ko‘lami bo‘yicha aholining barcha qatlamlarini xar tomonlama himoyalashni tashkil etishga qaratilgan takomillashgan tizimni joriy etdi va bugungi kunga kelib aholiga ijtimoiy kafolatlarni ta’minlamoqda.
Bugungi kunda Davlat byudjetining qariyb 60 foizi ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo‘naltirilmoqda. 1991 yilga taqqoslaganda, aholining real daromadlari 12 barobardan ziyod ko‘paydi, ish xaqi, pensiya va ijtimoiy nafaqalar salmoqli darajada oshdi. Iste’mol tovarlari ishlab chiqarishni jadal sur’atlar bilan oshirish va aholining ularga bo‘lgan talabini qondirish ta’minlanmoqda.
Taraqqiyotimizning bugungi bosqichida ijtimoiy sohaning aholiga majburiy ij­timoiy kafolatlarni ta’minlash, aholining extiyojmand qatlamlarining ijtimoiy himoyasini hamda keksalar va imkoniyati cheklangan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish, ijtimoiy xizmat ko‘rsatishni yaxshilash, aholiga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishda davlat-xususiy sherikligini rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratilmoqda.
Aholining ijtimoiy himoyaga muxtoj extiyojmand qatlamlari himoyasini kafolatlash bugungi kunda mamlakatimiz oldida turgan ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilanmoqda. Xususan, bu masala 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Xarakatlar strategiyasida to‘la o‘z aksini topdi.



Axoliga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish xalq manfaatlarini ta’minlashning muxim omili xisoblanadi. Xarakatlar strategiyasiga muvofiq, 78 ta tuman tibbiyot birlashmasini, 7 ta shahar va 2 ta viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazini qayta qurish, tez tibbiy yordam xizmatini 1200 ta maxsus avtotransport bilan ta’minlash rejalashtirilmoqda. Sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi bo‘g‘ini bo‘lgan qishloq vrachlik punktlari faoliyatini yanada rivojlantirish maqsadida qishloq vrachlik punktlarning muntazam faoliyatini ta’minlashga xizmat qiluvchi qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida ularning vrachlariga ish joyi yonidagi xududlarda uy- joylar qurib berish, qishloq vrachlik punktlarning moddiy-texnik bazasini kuchaytirish hamda ularni malakali kadrlar bilan ta’minlash ko‘zda tutilmoqda.

  1. 2021 yillarda Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari, ilmiy- tekshirish institutlari va Oliy o‘quv yurtlari klinikalari yetakchi mutaxassislarini jalb qilgan xolda, keng tarqalgan kasalliklarning oldini olish va erta aniqlashga qaratilgan «Xech kim mexr va e’tibordan chetda qolmasin» shiori ostida keng qamrovli tibbiy ko‘rik tadbirlarini o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Natijada kelgusi 5 yilda mamlakatimizning chekka tumanlari aholisini chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, kasalliklarni erta aniqlash va oldini olishga qaratilgan tadbirlar amalga oshiriladi. Viloyatlar aholisini sifatli tibbiy yordam bilan ta’minlash maqsadida Respublika ixtisoslashgan tibbiyot markazlari shifokorlarining joylarga chiqib, jarroxlik amaliyotlari va boshqa tibbiy xizmatlar ko‘rsatishini tashkil etish bo‘yicha maxsus chora-tadbirlar dasturi qabul qilinadi. Bu jarayonda esa Respublika ixtisoslashgan tibbiyog markazlari xizmatidan foydalanuvchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratiladi. Aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati yanada oshadi.

Sog‘liqni saqlash bo‘yicha qonunchilik asoslarini yanada mustaxkamlash maqsadida «Odam a’zolari va to‘qimalarini transplantatsiya qilish to‘g‘risida»gi Qonun loyixasini ishlab chiqish rejalashtirilmoqda. Mazkur qonun loyixasini qabul qilish orqali aholiga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar doirasi kengaytiriladi hamda odam azolari va to‘qimalarining transplantatsiya qilinishi tartibi belgilanadi, shuningdek, aholining transplantatsiyaga muxtoj bo‘lgan toifasiga qonuniy asoslar va tartiblarda shu turdagi tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyati yaratiladi.
Xarakatlar strategiyasi doirasida 2017-2021 yillarda 220 million so‘m evaziga ijtimoiy himoyaga muxtoj oilalar uchun tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadalarining kuchi bilan tog‘li, cho‘l va borish qiyin bo‘lgan xududlarda, shuningdek, aloxida e’tibor talab etiladigan tumanlarda aholi tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi, ekologik jixatdan noqulay mintaqalarda yashovchi aholi uchun «Salomatlik» poezdlari tashkil etiladi. Borish qiyin bo‘lgan xududlarda yashovchi aholini chuqur tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish orqali aholining ijtimoiy xolatini aniqlab, sog‘lom oila shakllantiriladi va aholida tibbiy savodxonlik madaniyati oshiriladi.
Onalar va bolalarga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmat sifatini oshirish, onalar va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga yuqori malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish maqsadida

  1. million AQSh dollari mikdorida, Jaxon bankining Xalqaro taraqqiyot uyushmasi, «Salomatlik-З» loyixasi, byudjet mablag‘lari xisobidan onalar va bolalarga yuqori malakali tibbiy yordam ko‘rsatish uchun tuman va shahar tibbiyot birlashmalarining 40 ta tug‘ruq bo‘limi negizida tumanlararo perinatal markazlar



tashkil etish ko‘zda tutilmoqda.
Bu sohada ishlar sifatini tubdan yaxshilash maqsadida bugun sog‘liqni saqlash sohasining uzviy bo‘g‘ini sanalgan tibbiy-profilaktika xizmati jaxon andozalari talablariga to‘liq javob beradigan zamonaviy tizimga aylanmog‘i zarur.
Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish borasida 2017­-2021 yillarda barcha tuman, shahar tibbiyot birlashmalari va oilaviy poliklinikalar, onkologik muassasalar, respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari, Davlat sanitariya epidemiologiya nazorat markazlarini, Respublika ilmiy shoshilinch tibbiy yordam markazi, tibbiyot oliy ta’lim muassasalarining klinikalari va respublika klinik shifoxonalarini hamda to‘rtinchi darajali ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazlarining moddiy-texnik bazasi mustahkamlanadi va aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifati oshiriladi.
Mamlakatimizda aholi salomatligini mustaxkamlashning muxim va samarali omili bo‘lgan jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga ham aloxida e’tibor qaratilmoqda. 2017-2021 yillarda ayollar o‘rtasida sportning ommaviyligini oshirish, korxona va tashkilotlarda mehnat qilayotgan ayollar salomatligini mustaxkamlash maqsadida kelgusida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shaxrida «Sog‘lom ona sog‘lom bola» shiori ostida an’anaviy mintaqaviy «Ayollar sport festivali», «Sog‘lom avlod uchun» kubogi uchun suzish, sinxron suzish, suvga sakrash, gimnastika, badiiy gimnastika, sport raqsi va gimnastikasi kabi sport musobaqalari hamda boshqa tadbirlar o‘tkazi- ladi.
Ayollarni moddiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan 1500 million so‘m miqdorida mamlakatimizning turli xududlarida yashovchi 2 ming nafar extiyojmand oila ayollari elektr maishiy texnika jixozlari berish yo‘li bilan rag‘batlantiriladi.
Xalqimizga munosib turmush sharoitini yaratib berish, aholi sog‘ligini saqlash masalasi davlatimiz va jamiyatimizning doimiy diqqat markazida bo‘lib kelmoqda. Xarakatlar strategiyasida ayollar va qizlarning salomatligini mustahkamlash, ular orasida jismoniy tarbiya hamda sportni ommalashtirish, shuningdek, keksalar, o‘zgalar parvarishiga muxtoj, urush va mehnat fronti qatnashchilari, ijtimoiy himoyaga muxtoj shaxslarni xar tomonlama qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq dolzarb chora-tadbirlar ham qamrab olinganligi yurtimizda «Inson manfaatlari xar narsadan ulug‘» tamoyilining amalga oshirilishini ta’minlashda muxim omil bo‘lib xizmat qiladi.

  1. Ta’lim va ilm-fan sohasini rivojlantirish

Uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, malakali kadrlar tayyorlash siyosatini rivojlantirish hamda ta’lim moddiy-texnik bazasini mustahkamlashdagi chora-tadbirlar tizimi.




bo‘lib, uning rivoji siyosiy-xuquqiy, iqtisodiy va ma’naviy sohalarga bevosita ta’sir etadi hamda ijtimoiy sohalar me’yoriy moxiyatini, kamolot darajasini belgilab beradi.
Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish davlat siyosati ma’no-mazmunidan va uning dolzarbligidan kelib chiqib, uni quyidagicha izoxlash mumkin: birinchidan,
yangi ta’lim tizimi, barkamol avlod kadrlarini tayyorlashdagi o‘zgarishlar va yangicha yondashuvlar, zamonaviy kasb sohalarining paydo bo‘lgani hamda uning mamlakatimiz sharoiti bilan bog‘liqligidir; ikkinchidan, ta’lim tushunchasi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot natijasida muayyan davrdan boshlab, inson faoliyatining aloxida mustaqil sohasiga aylanib, jamiyatning ijtimoiy tajribasini keyingi bosqichga uzatadi: uchinchidan, ta’lim inson shaxsining intellektual- ma’naviy qirralarini shakllantirish, uning jamiyat ishlab chiqarishi va ijtimoiy, siyosiy, madaniy, ma’rifiy xayotida faol va muvaffaqiyatli ishtirokini ta’minlashga qaratilgan xarakatlar yig‘indisi bo‘lib, ma’rifat xamda bilim berishni anglatadi; tO’rtinchidan, fan jamiyatning ijtimoiy institutlaridan biri bo‘lib, tabiat va jamiyat xayotini aks ettiruvchi ijtimoiy ong shakli. U katta ilmiy saloxiyatni, ijodiy kuch- quvvatni birlashtirib, ma’naviy barkamol insonni tarbiyalashga, mamlakatda qudratli ilmiy saloxiyatni yaratishga xizmat kiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Xarakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi Farmoni bilan Xarakatlar strategiyasini «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturining «Ijtimoiy sohani rivojlantirish» deb nomlangan to‘rtinchi yo‘nalishida maktabgacha ta’lim muassasalarining qulayligini ta’minlash, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va oliy ta’lim sifatini yaxshilash hamda ularni rivojlantirish chora-tadbirlarida turadi.
Uzluksiz ta’lim tizimining faoliyat olib borishi ta’lim dasturlarining izchilligi asosida ta’minlanadi va quyidagi ta’lim turlarini o‘z ichiga oladi:

  1. Maktabgacha ta’lim.

  2. Umumiy O’rta ta’lim.

  3. O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi.

  4. Oliy ta’lim.

  5. Oliy O’quv yurtidan keyingi ta’lim.

  6. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash.

  7. Maktabdan tashqari ta’lim.

Shuni aloxida ta’kidlash kerakki, rivojlangan mamlakatlarda ta’lim samaradorligi, taraqqiyotning 16 foizi - moddiy-texnik bazaga, 20 foizi axborot resurslariga, 64 foizi - inson omiliga bog‘liq. Bu uchala omil bir-biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, ta’lim-tarbiyaning moddiy-texnik bazasi, mavjud resurslaridan, imkoniyatlaridan oqilona foydalanish inson manfaatiga xizmat qiladi va uning ratsional rivojlanishini belgilab beradi. 2018-2019 yillar davomida yurtimizda 459 ta maktabgacha ta’lim muassasasi kapital ta’mirlandi va zamonaviy talablarga mos ravishda jixozlandi.
Bugungi kunda ta’limni rivojlantirishga yo‘naltirilayotgan xorijiy texnik yordam xajmi tobora ortib bormoqda. O‘tgan davrda bu boradagi yordam 500 million dollardan ortib ketdi. Osiyo taraqqiyot bankining salkam 290 million dollar



mablag‘i, Janubiy Koreya xukumatining 110 milliondan ortiq, Jaxon bankining 33 million. OPYeK fondi, Saudiya fondi, Islom taraqqiyot bankining 42 million, Germaniya xukumatining «KfV» banki orqali yo‘naltirilgan qariyb 20 million va boshqa donorlarning 100 million dollardan ortiq yordamini qayd etish lozim. Bu esa talim jarayonining bevosita davlat nazoratida ekanining so‘zsiz isbotidir. Ya’ni, davlat ertangi kun istiqbolini o‘ylab, talim jarayonida ana shunday yirik islohotlarni amalga oshirmoqda.
Ta’lim-tarbiya va tibbiyot muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ijtimoiy infratuzilma ob’ektlarini jadal rivojlantirish uchun 2018 va 2019 yillarda davlat byudjeti jami xarajatlarining qariyb 60 foizi yo‘naltirildi. Shu jumladan, talim va ilm-fanni rivojlantirishga 34.3 foiz mablag‘ sarflandi.
Bugungi kunda ta’lim davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Davlat byudjetidan ta’limga ajratilgan mablag‘lar byudjet xarajatlar qismining 33,7 foizi darajasida rejalashtirilib ta’lim sohasiga yo‘naltirilayotgan xarajatlar xajmi mamlakatimiz YaIM tarkibida 10-12 foizni tashkil etadi. Xolbuki, jaxon tajribasida bu ko‘rsatkich 3-5 foizdan oshmaydi. Qariyb 9,5 ming yoki mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan maktablarning deyarli barchasida qurilish, kapital rekonstruktsiya va ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. O‘quv maskanlarining zamonaviy o‘quv laboratoriya, mebel jixozlari bilan ta’minlangani ta’lim sifati va mazmuniga yuksak e’tibor qaratilayotganligidan dalolat beradi.
Yana shuni ta’kidlash lozimki, O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Xarakatlar strategiyasida kam ta’minlangan oilalar va ularning bolalarini davlat tomonidan moddiy qo‘llab-quvvatlashga aloxida e’tibor qaratilgan. Xususan, bugungi kunda davlat tomonidan kam ta’minlangan oilalar va ularning bolalarini davlat tomonidan moddiy qo‘llab-quvvatlashning quyidagi mexanizmlari mavjud:

  • ota-onalar to‘lovi joriy etilgan barcha ta’lim muassasalarida kam ta’minlangan oilalarning bolalarini badal to‘lovlaridan ozod qilish;

  • maktablarda kam ta’minlangan oilalarning bolalarini qishki kiyim-bosh to‘plami bilan tekin ta’minlash

  • umumta’lim muassasalarida kam ta’minlangan oilalarning bolalarini darsliklar to‘plami uchun ijara to‘lovlaridan ozod qilish va boshqalar

Kelgusida amalga oshiriladigan tadbirlar tufayli Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat test markazi, O‘zNNTMA zimmasiga aholining ijtimoiy nochor qatlamlarining sifatli ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida inklyuziv ta’lim tizimi samaradorligini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish topshirildi. Vazirlar Maxkamasining shu boradagi qarori loyixasida quyidagi amaliy natijalar nazarda tutilgan:

  1. nogiron bolalarni zarur maxsus adabiyotlar va o‘quv qo‘llanmalar bilan ta’minlashni qamrab oluvchi inklyuziv tizimni yanada rivojlantirish;

  2. inklyuziv ta’lim tizimi o‘qituvchilariga imtiyozlar berish;

  3. jismoniy imkoniyati cheklangan talabalarning oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olish imkoniyatlarini yanada kengaytirish;

  4. nogiron bolalarni uyda o‘qitadigan pedagoglarning ishini rag‘batlantirish.



Bugungi kunda aksariyat maktabgacha ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasi zamon talablariga javob bermaydi. Bolalarni maktabgacha ta’limga qamrab olish ko‘rsatgichi hamon pastligicha qolmoqda(27 foiz).
Shuningdek, mavjud muammolarni amaliy bartaraf etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 29 dekabrdagi «2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi va uning asosida dastur ishlab chiqildi.
Mazkur qaror maktabgacha ta’lim tizimi moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy dasturlar va texnologiyalarni tatbiq etish, farzandlarimizni intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish kabi dolzarb masalalarni xal etishda muxim dasturulamaldir. Binobarin, mazkur xujjatga muvofiq, maktabgacha ta’lim tizimi yanada takomillashtirilib, yangi muassasalar quriladi, mavjudlari rekonstruktsiya qilinadi hamda mukammal ta’mirlanadi. Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash bo‘yicha tashkil qilinadigan qisqa muddatli guruxlarda o‘g‘il-qizlarning kerakli bilimlarni egallashiga aloxida e’tibor qaratiladi.







Yüklə 7,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə