Namangan muhandislik qurilish instituti



Yüklə 7,99 Mb.
səhifə38/118
tarix21.12.2022
ölçüsü7,99 Mb.
#97453
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   118
O\'zbekistonni rivojlantirish strategiysi FJ O\'quv uslubiy majmua

oltinchidan, sudlanganlik xolatining tugallanishi va olib tashlanishinning amaldagi muddatlarini qisqartirish belgilangan. Sudlanganlik shaxsning sodir etgan jinoyati uchun xukm etilganidan kelib chikadigan xuquqiy xolatdir. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi natijasida sudlanganlik xolatining tugallanishi va sudlanganlikning olib tashlanishi muddatlarini yarmiga qisqartirish, shuningdek, ijtimoiy xavfi katta bodmagan va uncha ogdr bodmagan jinoyat sodir etgan voyaga yetmagan shaxslar uchun sudlanganlik muddatini belgilamaslik to‘g‘risidagi qoidalar nazarda tutiladi. Sudlanganlik muddatining qisqartirilishi, uning barcha xuquqiy oqibatlari bekor bodishiga sabab bodadi. Bu esa, o‘z navbatida shaxsning xuquqiy xolatini yengillashtirish, ijobiy xulq-atvorini rag‘batlantirish bilan birga, shaxsga nisbatan davlat tomonidan ishonch bildirilayotganligining amaliy ifodasi xisoblanadi;
ettinchidan, ijtimoiy foydali mehnatga jalb etish orqali tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish choralarini kuchaytirishga qaratilgan «majburiy jamoat ishlari» jazosini kiritish nazarda tutilgan. Ijtimoiy xavfi katta bodmagan va uncha ogdr bodmagan jinoyat sodir etgan shaxslar uchun jamiyatdan ajratmagan xolda tarbiyalash, uning jinoiy faoliyatiga to‘sqinlik qilish, yangi jinoyat sodir etilishining oldini olish, kelgusida Konstitutsiya va qonunlarga ogdshmay rioya qilishga olib keladi. Shu bilan birga, mazkur jazo nafaqat jinoiy jazolarni liberallashtirishga, balki jinoiy jazolarni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirishga xizmat kiladi. E’tiborli tomoni shundaki, mazkur jazo shaxsning asosiy ish vaqtidan tashqari vaqtda ijro etilib, kuniga to‘rt soatdan oshmasligi belgilanadi.
Yuqoridagi vazifalarni amalga oshirish maqsadida «O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonuni qabul qilinib, mazkur qonun natijasida sud-xuquq tizimini yanada demokratlashtirish va erkinlashtirish, jinoyat qonunchiligini yanada takomillashtirish, jinoiy jazolarni insonparvarlashtirishga erishiladi.
Xarakaglar strategiyasida jinoyat sud ish yurituvining protsessual asoslarini takomillashtirishga oid «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun xujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonun qabul kilinishi nazarda tutilgan bodib, unga kura:
-jinoyatni sodir etishda gumon qilingan shaxslarni ushlab turish muddati 72 soatdan 48 soatga qisqartiriladi.
-qamoqqa olish va uy qamogd tarzidagi ehtiyot choralarini qodlash, shuningdek, Dastlabki tergovning eng kO’p muddati 1 yildan 7 oyga qisqartiriladi.

  • pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlab qO’yish va eksgumatsiya qilish uchun sanktsiya berish xuquqi sudlarga odkaziladi.

  • sudlarga qamoqqa olish yoki uy qamogd tarzidagi extiyot chorasini qodlash rad etilganida muqobil extiyot choralarini qodlash xuquqi beriladi.

- tergovning todiq emasligini sud muxokamasi jarayonida toddirish mexanizmlarini joriy etish orqali sud tomonidan jinoyat ishini qO’shimcha tergov yuritishga qaytarish instituti bekor qilinadi.


NAZORAT SAVOLLARI:



  1. Sud xokimiyatining mustaqilligi printsipini sudyalarning mustaqilligi bilan bog‘lab tushuntiring.

  2. Sudyalarga g‘ayriqonuniy tarzda ta’sir o‘tkazganlik uchun javobgarlikning mazmunini tushuntirib bering.

  3. Fuqarolarning murojaatlarini xal etishda virtual qabulxonalarning o‘rni va axamiyati nimalarda ko‘rinadi?

  4. Jinoiy jazolar va ularni ijro etish tartibini insonparvarlashtirish mazmun- moxiyatini tushuntirib bering.

  5. Xarakatlar strategiyasida voyaga yetmaganlar uchun nazarda tutilgan jinoiy jazolarni liberallashtirish yo‘nalishi doirasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan vazifalar haqida so‘zlab bering.


5-MAVZU: IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH VA LIBERALLASHTIRISHNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI VA


USTUVOR YO’NALISHLARI.

Reja:

  1. Makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish.

  2. Tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish xisobidan uning raqobatdoshligini oshirish

  3. Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanishini rag‘batlantirish


Yüklə 7,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə