Namangan muhandislik qurilish instituti



Yüklə 7,99 Mb.
səhifə34/118
tarix21.12.2022
ölçüsü7,99 Mb.
#97453
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   118
O\'zbekistonni rivojlantirish strategiysi FJ O\'quv uslubiy majmua

Birinchidan, aholi bilan ochiq muloqot yodga qo‘yishning yangi, samarali mexanizmlari va usullarini joriy etish maqsadida 2017 yilning II choragidayoq «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qator o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilishi nazarda tutilmoqda.
Ikkinchidan, 2017 yilning I choragida barcha xuquqni muxofaza kiluvchi va nazorat organlari raxbarlarining virtual qabulxonalarini tashkil etish nazarda tutilgan. Xozirda ularning aksariyati virtual qabulxonalar tashkil etib, allaqachon o‘z faoliyatini boshlab yuborgan.
Uchinchidan, xar bir davlat va xo‘jalik boshqaruvi organida hamda maxalliy davlat xokimiyati organlarida murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha aloxida bodim tashkil etish va davlat organlari va muassasalarida jismoniy va yuridik shaxs­larning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlashni nazarda tutadigan Vazirlar Maxkamasi qarori loyixasini ishlab chiqish belgilangan.
To‘rtinchidan, murojaatlarning kelib tushish manzili, quyi tizimlarga yuborilganligi, ularning mazmuni, turi va kodarilgan masalalar klassifikatsiyasi hamda takroriy va anonim murojaatlar xisobi, ko‘rib chiqish natijasi, belgilangan tartib va muddatlarga rioya qilinishi, intizomiy, ma’muriy va jinoiy javobgarlik masalalari bo‘yicha taxlillar olib borish maqsadida «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari masul ijrochilar va sohalar bo‘yicha taqsimlanishi hamda tizimlashtirilishini nazarda tutuvchi murojaatlarning yagona klassifikatori»ni ishlab chiqish va tasdiqlash, murojaatlarni ro‘yxatga olish tizimi bo‘yicha yagona elektron dasturni tatbiq etish ko‘zda tutilgan.
Beshinchidan, aholiga xuquqiy masalalar bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borishni faollashtirish, xuquqiy maslaxatlarni zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida keng targdb qilish maqsadida davlat organlari va jamoat tashkilotlari veb-saytlari orqali o‘z soha faoliyatining yo‘nalishlari bo‘yicha


“Onlayn maslaxat” ruknini tashkil etish belgilangan.


Oltinchidan, fuqarolarning murojaatlari eng ko‘p tushadigan sohalar, ulardagi to‘siqlar, fuqarolarni o‘ylantiradigan boshqa extiyojlarni aniqlash va bu boradagi muammolarni bartaraf etish maqsadida xar bir davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida murojaatlar bilan ishlash axvolini xar chorakda umumlashtirish, davlat xo‘jalik boshqaruvi organlarining murojaatlar bilan ishlash borasidagi faoliyati bo‘yicha aholining fikrini o‘rganish, ijtimoiy so‘rov o‘tkazish, shu jumladan, Internet tarmog‘i orqali aniqlash va kamchiliklarni bartaraf etish tartibini kiritish nazar tutilgan.
Yuqoridagi chora-tadbirlar fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida xal etish, murojaatlarni ko‘rib chiqishda sansalorlik, rasmiyatchilik va befarq munosabatda bo‘lish xolatlariga yo‘l qo‘yganlik uchun javobgarlikning muqarrarligini ta’minlash, shuningdek, buzilgan xuquqlarni tiklashning barcha zarur choralarini ko‘rish uchun zarur tashkiliy va xuquqiy asoslarning yaratilishi mamlakatimizda fuqarolarning xuquq-erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari kafolatlarini kuchaytiradi, axolining adolat qaror topishiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlaydi, amaldagi qonunchilikka xurmatni oshishiga xizmat qiladi.

Yüklə 7,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə