Namangan muhandislik qurilish instituti



Yüklə 7,99 Mb.
səhifə44/118
tarix21.12.2022
ölçüsü7,99 Mb.
#97453
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   118
O\'zbekistonni rivojlantirish strategiysi FJ O\'quv uslubiy majmua

Kasb-hunar kolleji talabalarini bozor iqtisodiyoti talablariga javob beradigan mutaxassisliklar bOyicha tayyorlash hamda ishga joylashtirish borasidagi ishlarni takomillashtirish. 2017-2021 yillarda amalga oshiriladigan tadbirlar tufayli mamlakatimizdagi 135 ta o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasining moddiy-texnik bazasi mustahkamlanadi. So‘nggi yillarda kollej bitiruvchilari tomonidan o‘z biznesini tashkil etishga bo‘lgan intilish kuchayib borayotganini yaqqol kuzatish mumkin. Bitiruvchilarning o‘z biznesini tashkil etish istagi oshib borishiga quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatmoqda:

  1. Kollejlarda ta’lim-tarbiya ishi zamon talablari darajasida tashkil etilayotgani, o‘quv ustaxonalarining sohaga oid eng ilg‘or vositalar bilan jixozlangani natijasida bitiruvchilarda o‘zi tanlagan mutaxassislik bo‘yicha yetarli bilim va kasbiy ko‘nikmalarni o‘zlashtirish imkoni kengayib bormoqda.

  2. Kichik biznes va tadbirkorlik davlat tomonidan xar tomonlama qo‘llab- quvvatlamoqda.

  3. Bitiruvchilarni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish maqsadida xududlarda «Mikrokreditbank», Savdo-sanoat palatasi, Yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda «Yosh tadbirkor - yurtga madadkor», «Mening biznes g‘oyam» kabi mavzularda turli seminarlar va ko‘rik-tanlovlar tashkil etilmoqda.

  4. Tijorat banklari tomonidan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagini bildirgan bitiruvchilarga imtiyozli kreditlar berilmoqda.

Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash masalasiga davlat raxbarining bevosita jon kuydirishi bejiz emas. Bu - mamlakat ertasining xal qiluvchi kuchi bo‘lgan yoshlar xayoti, qolaversa, ularning ortida turgan odamlar, oilalar taqdiriga daxldor bo‘lgan masaladir.
Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining korxonalarni tanlashi quyidagi ko‘r-





satkichlar asosida amalga oshirilmoqda:

  • bo‘sh ish o‘rinlarining mavjudligi;

  • o‘quvchi va talabalar uchun ish o‘rinlarini tashkil etish imkoniyatining mavjudligi;

  • mehnat bozorida raqobatdosh, yuqori talabga ega mutaxassislikka o‘rgatish imkoniyatining mavjudligi;

  • doimiy ish o‘rniga qabul qilish imkoniyatining mavjudligi;

  • kasb-hunar o‘qitish, malaka oshirish sharoitlarining mavjudligi.


Yüklə 7,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə