Namangan muhandislik qurilish instituti



Yüklə 7,99 Mb.
səhifə39/118
tarix21.12.2022
ölçüsü7,99 Mb.
#97453
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   118
O\'zbekistonni rivojlantirish strategiysi FJ O\'quv uslubiy majmua

Tayanch sozlar: iqtisodiyot, liberallashtirish, investitsiya, innovatsiya, yangi texnologiyalar, innovatsion g‘oya, ishlab chiqarish, milliy iqtisodiyot, modernizatsiya, diversifikatsiya, raqobat, xususiy mulk, kichik biznes, xususiy tadbirkorlik, soliq, bojxona, soliq yukini kamaytirish.

  1. Makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o’sish

sur’atlarini saqlab qolish.
O’tgan 29 yillik mustaqil taraqqiyot davrida iqtisodiyotda ma’muriy- buyruqbozlikka asoslangan boshqaruv tizimidan mutlaqo voz kechilib, bozor islohotlari bosqichma-bosqich amalga oshirilgani va pul-kredit siyosati puxta o‘ylab olib borilgani makroiqtisodiy barqarorlikni, iqtisodiyotning yuqori sur’atlar bilan o‘sishini, inflyatsiyani prognoz ko‘rsatkichlari darajasida saqlab qolishni ta’minladi hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, fermerlik xarakatini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar va kulay sharoitlar yaratilishiga xizmat qildi.
Ayni vaqtda mamlakatimiz bosib odgan taraqqiyot yodining chuqur tahlili, bugungi kunda jaxon bozori kon’yunkturasi keskin o‘zgarib globallashuv sharoitida raqobat tobora kuchayib borayotgani davlatimizni yanada barqaror va jadal sur’atlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish va ruyobga chikarishni taqozo etmoqda.
Shularni etiborga olib, Xarakatlar strategiyasining uchinchi yo‘nalishida makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolishning quyidagi vazifalari belgilab olindi:

  • makroiqtisodiy mutanosiblikni saqlash, qabul qilingan o‘rta muddatli dasturlar asosida tarkibiy va institutsional o‘zgarishlarni chuqurlashtirish xisobidan yalpi ichki maxsulotning barqaror yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash;

  • xarajatlarning ijtimoiy yo‘naltirilganini saqlab qolgan xolda, davlat byudjetining barcha darajalarida mutanosiblikni ta’minlash, maxalliy byudjetlarning daromad qismini mustahkamlashga qaratilgan byudjetlararo



munosabatlarni takomillashtirish;

  • soliq yukini kamaytirish va soliqqa tortish tizimini soddalashtirish siyosatini davom ettirish, soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish va tegishli rag‘batlantiruvchi choralarni kengaytirish;

  • ilg‘or xalqaro tajribada qo‘llaniladigan instrumentlardan foydalangan xolda pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish, shuningdek, valyutani tartibga solishda zamonaviy bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish, milliy valyutani barqarorligini ta’minlash;

  • bank tizimini isloh qilishni chuqurlashtirish va barqarorligini ta’minlash, banklarning kapitallashuv darajasi va depozit bazasini oshirish, ularning moliyaviy barqarorligi va ishonchliligini mustaxkamlash, istiqbolli investitsiya loyixalari hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini kreditlashni yanada kengaytirish;

  • sug‘urta, lizing va boshqa moliyaviy xizmatlarning xajmini ularning yangi turlarini joriy qilish va sifatini oshirish xisobidan kengaytirish, shuningdek, kapitalni jalb qilish hamda korxona, moliyaviy institutlar va aholining erkin resurslarini joylashtirishdagi muqobil manba sifatida fond bozorini rivojlantirish;

-xalqaro iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, jumladan, yetakchi xalqaro va xorijiy moliyaviy institutlar bilan aloqalarni kengaytirish, puxta o‘ylangan tashki qarzlar siyosatini amalga oshirishni davom ettirish, jalb qilingan xorijiy investitsiya va kreditlardan samarali foydalanish.
Iqtisodiyotni liberallashtirish sharoitida makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar hamda valyuta bozori xolati ustidan tizimli monitoringni amalga oshirish, zaruriyat tug‘ilganda, milliy valyuta va ichki bozordagi narxlarniig barqarorligini oshirish, makroiqtisodiy muvozanatni saqlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlashga yo‘naltirilgan qonunchilikni takomillashtirish bugungi kunning muxim masalalaridan xisoblanadi.
Ushbu masalalarni amalga oshirish asnosida Xarakatlar strategiyasida taxliliy malumotnomalarni tayyorlash, unda iqtisodiyotning yuqori o‘sish sur’atlarini, shu­ningdek, milliy valyuta va narxlar darajasining barqarorligini ta’minlash nazarda tutilgan. Iqtisodiyotning rivojlanishi ko‘p jixatdan milliy valyutaning va ichki bozordagi narxlarning barqarorligiga bog‘liqdir. Buning uchun tovar va xizmatlarning iste’mol narxlari (tariflari) o‘zgarishini kuzatish metodikasini takomillashtirish muxim vazifalardan biri xisoblanadi.
Ayni damda tovar va xizmatlarni xarid qilishda naqd pulsiz, naqd pul ko‘rinishidagi xisob-kitoblarni amalga oshirish amaliyoti keng tarqalgan. Ammo ne’matlarni naqd pulsiz ko‘rinishda ayriboshlash amalga oshirilganda sotuvchilar tomonidan sun’iy ravishda narxlarning oshirib ko‘rsatish xolatlari yuzaga kelmoqda. Mazkur xolat ikki xil ko‘rinishdagi to‘lovlar o‘rtasidagi tafovutning bir- biridan keskin farqlanishiga sabab bo‘lmokda. Bu esa, o‘z navbatida, narxlarning bozor qonunlariga zid bo‘lgan xolatda o‘sishiga olib kelmoqda.
Yuzaga kelayotgan noiqtisodiy kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha 2017­2021 yillar davomida naqd pulsiz ko‘rinishda tovar va xizmatlar sotishda sun’iy yuqori narxlar o‘rnatganlik uchun javobgarlikni oshirish hamda bozor mexanizmlarini joriy qilish tartibini ishlab chiqish belgilangan. Ikkinchidan,



maxsulotlar, ishlar va xizmatlarga narxlarni deklaratsiya qilish tartibini bosqichma- bosqich qisqartirish hamda keyinchalik 2020 yilda uni bekor qilish vazifasi belgilangan.
Uchinchidan, naqdsiz xisob-kitoblar xajmi va qamrovini oshirish, shu jumladan, iqtisodiyot sohalarida todovlarning zamonaviy elektron shakllarini joriy etish va tadbirkorlik sub’ektlarini rag‘batlantirish, shuningdek, bankdan tashqari aylanishini qisqartirish lozim.
Xech kimga sir emaski, ichki va xalqaro savdoni amalga oshirishda valyuta kursi asosiy ta’sir ko‘rsatadigan omil sifatida qaraladi. Iqtisodiyotni erkinlashtirish bosqichida O‘zbekiston Respublikasi valyuta tizimida valyuta munosabatlarini tartibga solish amaliyotini takomillashtirish borasida qator muammolarning mavjudligi namoyon bodmoqda. Jumladan, valyutaviy nazorat jarayoniga aslida nazorat funktsiyasiga ega bodmagan tijorat banklarining faol tarzda jalb etilganligi valyutaviy nazorati ta’sirchanligi va samaradorligiga, joriy valyuta bozori likvidlilik darajasi past darajada ekanligi esa, milliy valyutaning nominal almashuv kursini talab taklif asosida shakllantirish jarayoniga salbiy ta’sir qilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining xorijiy valyutalar va oltin bilan amalga oshiriladigan svop operatsiyalari xajmini oshirish va milliy valyutaning nominal almashuv kursini AQSh dollari, yevro va Yaponiya ienidap tashkil topgan «valyuta savati»ga nisbatan aniqlashni joriy qilish yodi bilan milliy valyuta so‘mning devalvatsiya sur’atini pasaytirish lozim.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki AQSh Federal zaxira tizimi, Yevropa Markaziy banki va Yaponiya Markaziy banki bilan valyutaviy svop operatsiyalarini uzluksiz ravishda amalga oshirishni yodga qo‘yishi lozim. Buning natijasida, birinchidan, joriy valyuta bozorining likvidliligini ta’minlash bilan bogdiq bodgan muammolar barham topadi, ikkinchidan, Markaziy bankning rasmiy xalqaro valyuta zaxiralarini boshqarish imkoniyati kengayadi.
Shu borada to‘planib kolgan muammolarni bartaraf etish uchun valyutani tartibga solishning ilg‘or bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish kun tartibidagi birlamchi masalalardan xisoblanadi. Shuning uchun ham valyutani tartibga solishning yangicha mexanizmlarini ishlab chiqish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorini tayyorlash Xarakatlar strategiyasida belgilab qo‘yildi. Qaror loyixasida quyidagilarning aks etishi nazarda tutilgan:
-valyuta bozoridagi xorijiy valyutaga bodgan talab va taklifdan kelib chikib, bozor mexanizmini xisobga olgan xolda, ichki va tashqi bozorlarda maxalliy ishlab chiqaruvchilarning raqkobatdoshligini ta’minlovchi va qodlab-quvvatlovchi valyuta kursi siyosatini takomillashtirish;
-tadbirkorlik sub’ektlarining o‘z valyuta mablagdarini erkin tasarruf etish xuquqi todiq, amalga oshirilishini ta’minlash;

  • xar qanday manipulyatsiyalarning oldini oladigan mexanizmlarni joriy etgan xolda, xorijiy valyutaning birjada erkin muomalada bodishini ta’minlash;

  • tijorat banklari tomonidan jalb qilingan va o‘z resurslari xisobidan xorijiy



valyutani tegishli qoidalarga rioya kilgan xolda erkin sotish tizimini joriy qilish;
-byudjetga qo‘shimcha tushumlar, tijorat banklarining joriy kreditlari va O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining mablag‘lari xisobidan iqtisodiyotning tayanch tarmoqlarini vaqtinchalik moliyaviy qo‘llab- quvvatlash choralarini ko‘rish.
Xarakatlar strategiyasida ko‘tarilgan yana bir muxim masala - bu soliq ma’muriyatchiligi sifati va samaradorligini yaxshilashdan iboratdir. Ushbu masalani xal etish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish maqsadga muvofiq xisoblanadi:

  1. soliq qonunchiligini tanqidiy o‘rganish va taxlil qilish, xuquqni qo‘llashda ortiqcha va murakkab normalarni bartaraf etish, soliqqa tortish bazasini xisoblash jarayonini soddalashtirish, yagona bazadan undiriladigan soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni unifikatsiya qilish, shuningdek, soliq qonunchiligi barqarorligini ta’minlashga qaratilgan takliflar tayyorlash;

  2. soliq yukini, xususan: yakka tartibdagi tadbirkorlardan undiriladigan qat’iy belgilangan soliq miqdorini, shu jumladan, faoliyat ko‘rsatish joylarini xisobga olgan xolda, qayta ko‘rib chiqish; yirik korxonalar uchun soliq yukini maqbullashtirish xisobidan uni izchil pasaytirish bo‘yicha takliflar tayyorlash.

Ta’kidlash joizki, bugungi kunda O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan kichik tadbirkorlik sub’ektlariga nisbatan amalda qo‘llanilayotgan soliqqa tortish tartiblari ular faoliyatiga bevosita ta’sir etib, kelgusi moliya yiliga nisbatan tegishli qarorlarni qabul qilishlarida katta ahamiyat kasb etmoqda. Aynan davlat soliq siyosati instrumentlari orqali ularning iqtisodiy faollik darajasini oshirishga erishilmoqda. Chunki kichik tadbirkorlik sub’ektlarining iqtisodiy faolligini belgilovchi omillarga korxona to‘laydigan soliqlar va yig‘imlarning ta’sir doir yuqoridir.
Bugungi globallashuv jarayonlari jadallashayotgan sharoitda mamlakat iqtisodiyotining yuqori suratlarda o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatadigan sohalardan yana biri - bu xalqaro iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, xalqaro moliya bozori institutlari bilan aloqalarni kengaytirishni talab etadi.
Xarakatlar strategiyasidan o‘rin olgan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun quyidagi sarf-xarajatlarning qilinishi rejalashtirilgan:






Yüklə 7,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə