Namangan muhandislik qurilish instituti



Yüklə 7,99 Mb.
səhifə36/118
tarix21.12.2022
ölçüsü7,99 Mb.
#97453
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   118
O\'zbekistonni rivojlantirish strategiysi FJ O\'quv uslubiy majmua

birinchidan, qamoq tarzidagi jinoiy jazo turi tugatilib, uning o‘rniga ozodlikdan maxrum qilish bilan bogdiq bodmagan jazoning muqobil turlarini qodlash imkoniyatini kengaytirish nazarda tutilgan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasiniig Jinoyat kodeksiga jinoyat sodir etgan shaxsni jamiyatdan ajratmagan xolda, uni ijtimoiy foydali mehnatga jalb etish orqali axloqiy- tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish choralarini kuchaytirishga qaratilgan ozodlikdan maxrum qilish bilan bogdiq bodmagan muqobil jazo turini kiritish belgilangan. Ushbu o‘zgartirishlar jinoyat sodir etgan ko‘plab insonlarni jamiyatdan, ularning oilasidan ajratmagan xolda, sodir etgan jinoyati uchun insonparvarlik tamoyillariga asoslangan jazo turlarini kengroq qodlash imkonini beradi;
ikkinchidan, yarashuv munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilish institutini yanada kengaytirish o‘z ifodasini topgan bodib, unda asosan ijtimoiy xavfi katta bodmagan va uncha ogdr bodmagan jinoyatlarni ushbu institutga kiritish nazarda tutilgan. Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining



661 -moddasiga muvofiq, og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganlik xolati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar yarashganligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilinmaydi. Bugungi kunda yarashuv institutiga 50 dan ortiq jinoyatlar kiritilgan bo‘lib, minglab insonlar jinoyatni sodir etgandan so‘ng yetkazilgan zararni qoplab, jabrlanuvchilar bilan yarashib, jinoiy javobgarlikdan ozod bo‘lmoqda. Bu boradagi islohotlarni davom ettirish va yarashganlik munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilishga asos bo‘ladigan jinoyatlar sonini kengaytirish mamlakatimizda yanada ko‘proq shaxslarni sudlanganlik xolatidan saqlab qoladi;
uchinchidan, ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan, bozor munosabatlari asoslariga muvofiq kelmaydigan hamda tadbirkorlikning rivojlanishini va iqtisodiy aylanmani to‘xtatib turuvchi ayrim iqtisodiy jinoyatlar uchun javobgarlikni bekor qilish ham ushbu loyixada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarning mantiqiy davomi bo‘ladi. Ushbu yo‘nalishda iqtisodiyot sohasidagi, jumladan, xo‘jalik faoliyati sohasidagi ayrim ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlarni O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksidan batamom chiqarib tashlash, buning evaziga mazkur sohada birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxslar to‘g‘ri yo‘lga qaytsa, ularning qonun buzish xolatlari va uning natijasida yetkazilgan zarar bartaraf etilsa hamda ular tadbirkorlik faoliyatini qonuniy amalga oshirishni boshlasa, bunday toifadagi shaxslar jinoiy javobgarlikdan ozod etiladi;

Yüklə 7,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə