Namangan muhandislik qurilish instituti


Sud, xuquqni muxofaza qiluvchi va nazorat etuvchi organlar faoliyatida fuqarolarning xuquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlash



Yüklə 7,99 Mb.
səhifə35/118
tarix21.12.2022
ölçüsü7,99 Mb.
#97453
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   118
O\'zbekistonni rivojlantirish strategiysi FJ O\'quv uslubiy majmua

Sud, xuquqni muxofaza qiluvchi va nazorat etuvchi organlar faoliyatida fuqarolarning xuquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlash. Fuqarolarning xuquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish demokratik davlatni barpo etishdek ezgu maqsadni o‘z oldiga qo‘ygan xar qanday davlatning asosiy vazifalaridan biridir. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 44-moddasida fuqarolarning odil sudlovga bo‘lgan ajralmas konstitutsiyaviy xuquqi mustaxkamlab qo‘yilgan. Unga ko‘ra, xar bir shaxs uchun o‘z xuquq va erkinliklarini sud orqali ximoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g‘ayriqonuniy xatti-xarakatlari ustidan sudga shikoyat qilish xuquqi kafolatlangan.
O‘zbekiston tarixida birinchi marotaba bunday keng ko‘lamda, yangi formatda jamoatchilik o‘rtasida muxokama qilingan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Xarakatlar strategiyasida sud xuquqni muxofaza qiluvchi va nazorat etuvchi organlar faoliyatida fuqarolarning xuquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlashga qaratilgan quyidagi chora-tadbirlar nazarda tutilgan:
Birinchidan jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga murojaat qilish jarayonida to‘lanadigan davlat boji miqdorini kamaytirish.
Ikkinchidan elektron tartibda sud ishini yuritishning zamonaviy shakl va usullarini joriy etishga qaratilgan «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun xujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyixasini ishlab chiqish.
Uchinchidan sudlar faoliyatiga oid ma’lumot bilan fuqarolarni ta’minlashni nazarda tutuvchi «Sudlar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish xaqida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyixasini ishlab chiqish.
Qonunchilikka kiritiladigan bunday o‘zgartish va qo‘shimchalar orqali sud organlari faoliyati tizimiga oid ma’lumotlar hamda sud xujjatlarining oshkoraligini



ta’minlash orqali sudlar faoliyatining shaffofligi ta’minlanadi. Buning natijasida xalqning sudlarga bodgan ishonchi va xurmati ortadi. Sudlarga nisbatan jazolovchi organ emas, balki inson xuquq va manfaatlarini himoya kiluvchi organ sifatida munosabatda bodinishiga erishiladi.
Fuqarolarning odil sudlovga tusqinliksiz erishishini ta’minlash uchun ularga quyidagi imkoniyatlar berilishi kerak: sud xarajatlarining ko‘p bodmasligi;
sud tomonidan davlat boji todashdan ozod kilinishi yoki ularni todashning kechiktirilishi;
malakali yuridik yordam olishga yod qo‘yilishi;
fuqarolarga sud himoyasidan foydalanishda qulayliklar yaratish maqsadida sud idoralari xalqning yashash joylariga mumkin qadar yaqinlashtirilib joylashtirilgan bodishi.

  1. Ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xO’jalik qonunchiligini takomillashtirish

Jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini takomillashtirish va liberallashtirish, aloxida jinoiy qilmishlarni dekriminallashtirish, jinoiy jazolar va ularni ijro etish tartibini insonparvarlashtirish. «Xarakatlar strategiyasi»ning 2.3. bandida ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xo‘jalik qonunchiligini takomillashtirish belgilangan bodib, unda ushbu qonun xujjatlariga bir qator o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilgan. Jumladan, Jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini takomillashtirish va liberallashtirish, aloxida jinoiy qilmishlarni dekriminallashtirish, jinoiy jazolar va ularni ijro etish tartibini insonparvarlashtirish kabi muxim vazifalar belgilangan.
Mazkur vazifa doirasida inson xuquq va erkinliklarini ta’minlashning shaffofligi hamda samaradorligini oshirish, iqtisodiyotning rivojlanish xolati, zamonaviy talablardan, xalqaro standartlardan kelib chiqqan xolda, shuningdek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng jalb etishni nazarda tutgan xolda, «Jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha 2018­2021 yillarga modjallangan Kontseptsiya» loyixasini ishlab chiqish rejalashtirilgan. Unda:

Yüklə 7,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə