Namangan muhandislik qurilish instituti



Yüklə 7,99 Mb.
səhifə43/118
tarix21.12.2022
ölçüsü7,99 Mb.
#97453
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   118
O\'zbekistonni rivojlantirish strategiysi FJ O\'quv uslubiy majmua

Umumiy O’rta ta’lim sifatini oshirish, fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda O’rganishga yangicha yondashuv - barkamol avlodni tarbiyalash garovi.
Bugungi kunda millionlab bolalarimiz yangitdan barpo etilgan va rekonstruktsiya qilingan 10 mingga yaqin maktablarda, 1556 ta litsey va kollejda, 70 dan ziyod oliy o‘quv yurtlarida yangi ta’lim tizimi asosida bilim va tarbiya olib, zamonaviy kasb-hunarlarga ega bodib, xayotda o‘z munosib o‘rnini topmoqda, mamlakatimiz ta’lim modelining samarasi va raqobatdoshligi xalqaro maydonlarda tan olinmoqda.
Umuman, umumiy o‘rta ta’lim tizimi isloxotlarini yanada demokratlashtirish tufayli chet tillar hamda matematika, fizika, kimyo, biologiya kabi boshqa muxim va talab yuqori bodgan fanlarni chuqur odganish yoshlarning bilim va saloxiyatini yanada oshirishga, mamlakatning barqaror rivojlanishiga xizmat qiladi.



bormoqda.
2017 yil 14 yanvarda bo‘lib o‘tgan Vazirlar Maxkamasining kengaytirilgan majlisida davlatimiz raxbari ta’lim-tarbiya tizimida o‘quv reja va dasturlarini tubdan qayta ko‘rib chiqish zarurligini qayd etdi. Ta’lim muassasalarida darslarni samarali tashkil etishda, yetuk kadrlar bilan bir qatorda ta’limga doir me’yoriy xujjatlar, o‘quv-uslubiy ta’minotning o‘rni katta. Prezidentimiz tomonidan o‘qitishning zamonaviy metodologiyasini yaratish va amaliyotga joriy etish, o‘quvchilarning ongli ravishda kasb-xunar tanlash ishtiyoqini kuchaytirish, darsliklarni yaratishga butunlay yangicha yondashish kabi dolzarb vazifalar aynan shu maqsaddan kelib chiqqan xolda qo‘yilmoqda. Haqiqatan ham globallashuv jarayonning jadallashuvi o‘quv dasturlarini tubdan qayta ko‘rib chiqishni, keng bilimga ega bo‘lgan, mantiqiy fikrlay oladigan yoshlarni voyaga yetkazishga xizmat qiladigan, takomillashgan me’yoriy xujjatlar, o‘quv-metodik majmualarni yaratishni taqozo etmoqda.
Metodik xizmatning o‘qituvchi extiyojiga asoslangan yangi shakllarini yaratish, ta’lim sifatini baxolash jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng tatbiq etish ham muxim vazifalardan xisoblanadi. Bu kabi ishlarning yo‘lga qo‘yilishi ayni paytda aholining xaqli e’tiroziga sabab bo‘layotgan bir qator muammolarni, jumladan, o‘quv muassasalarida ta’lim-tarbiya jarayonidagi kamchiliklarning barham topishiga xizmat qiladi.

Yüklə 7,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə