Namangan muhandislik qurilish instituti


«Xabeas korpus» institutini qodlash sohasini kengaytirish, tergov ustidan sud nazoratini kuchaytirish



Yüklə 7,99 Mb.
səhifə33/118
tarix21.12.2022
ölçüsü7,99 Mb.
#97453
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   118
O\'zbekistonni rivojlantirish strategiysi FJ O\'quv uslubiy majmua

«Xabeas korpus» institutini qodlash sohasini kengaytirish, tergov ustidan sud nazoratini kuchaytirish. «Xabeas korpus akt» yuridik qoidasi dastlab XV asrda Buyuk Britaniyada paydo bodgan bodib, keyinchalik o‘z taraqqiyoti jarayonida Angliya Parlamenti tomonidan 1679 yil 26 mayda qabul qilingan qonunda mustahkamlab qo‘yilgan. Shuni aytish kerakki, «Xabeas korpus» instituti inson xuquqi bilan bogdiq qator xalqaro xuquqiy xujjatlarda ham o‘z aksini topgan. Xususan, 1948 yil 10 dekabrda qabul qilingan Inson xuquqlari umumjaxon deklaratsiyasining 8-moddasida «xar bir inson unga Konstitutsiya yoki qonun orqali berilgan asosiy xuquqlari buzilgan xollarda nufuzli milliy sudlar tomonidan bu xuquqlarning samarali tiklanishi xuquqiga ega ekanligi mustahkamlab qo‘yilgan.
«Xabeas korpus» institutining O‘zbekiston Respublikasi jinoyatlarni ko‘rib chiqish protsessiga bosqichma-bosqich joriy qilinishi sudga qadar ish yuritishda fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qo‘yilgan xuquq va erkinliklari daxlsizligini, ulardan sud qarorisiz maxrum qilishga yoki ularni cheklab qo‘yishga xech kim xaqli emasligini mustaxkamlovchi konstitutsiyaviy printsipni todiq amalga oshirish imkonini beradi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 21 oktyabrdagi «Sud-xuquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarniig xuquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni bilan tasdiklangan kompleks chora-tadbirlar dasturida «Xabeas korpus» institutini qodlash doirasini kengaytirish va tergov ishi yuritilishi ustidan sud nazoratini kuchaytirish maqsadida pochta-telegraf junatmalarini xatlab qo‘yish va eksgumatsiya qilish uchun sanktsiya berish xuquqini sudlarga odkazish nazarda tutilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 27-moddasida «xech kim qonunda nazarda tutilgan xollardan va tartibdan tashqari birovning yozishmalari sirini oshkor qilishi mumkin emas». Pochta-telegraf junatmalarini xatlab qo‘yish protsessual majburlov chorasini qodlashning sud tartibi o‘rnatilishi fuqarolarning ko‘rsatilgan konstitutsiyaviy xuquqlarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirib, sudga qadar ish yuritish bosqichida qonunda nazarda tutilmagan asoslar bo‘yicha fuqarolarning yozishmalari siri oshkor qilinishining oldini oladi. Xatlab qo‘yilishi mumkin bodgan pochta-telegraf junatmalariga barcha turdagi xatlar, telegrammalar, radiogrammalar, banderollar, posilkalar, pochta konteynerlari kiradi.
Murdani eksgumatsiya qilish eng nozik xarakatlardan biri bodib, u murdani ko‘zdan kechirish, tanib olish, tekshirish yoki ekspertizaga namunalar olish uchun murdani qabrdan chikarib olish zarur bodgan taqdirda odkaziladi. Bu xarakatni odkazishda ba’zan marxumning yaqinlari rozi bodmasligi, eksgumatsiya ularning roziligisiz odkazilgan-da ularga sezilarli manaviy zarar yetkazilib, turli nizoli xolatlar vujudga kelishi mumkin. Bu tergov xarakatini sudning ruxsati bilan



o‘tkazish tartibi belgilanishi eksgumatsiya faqat zarur xollardagina o‘tkazilishini ta’minlash bilan bir qatorda marxumning yaqinlari xuquqlarini himoya kiladi va turli nizolarning oldini oladi.

  1. Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini

ta’minlash
Fuqarolarning murojaatlarini O’z vaqtida xal qilish, murojaatlarini kO’rib chiqishda sansalorlik, rasmiyatchilik va befarq munosabatda bO’lish xolatlariga yO’l qO’yganlik uchun javobgarlikning muqarrarligini ta’minlash, shuningdek buzilgan xuquqlarni tiklashning barcha zarur choralarini kO’rish.
Bugungi kunda olib borilayotgan islohotlarning samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning xar tomonlama va jadal rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, mamlakatning modernizatsiya qilish hamda xayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish borasida salmoqli say-xarakatlar olib borilmoqda.
Ushbu xarakatlarning muxim yo‘nalishi sifatida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan 2017 yil yurtimizda «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili deb e’lon kilindi va ushbu yilning asosiy maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan xolda davlat organlarining fuqarolar bilan o‘zaro munosabatlari yuzasidan yondashuvni tubdan qayta ko‘rib chiqish zarurligi ta’kidlab o‘tildi.
Shu o‘rinda aytish joizki, 2016 yilning 24 sentyabridan boshlab dastlab Bosh vazir, keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Mazkur qabulxonaga kilingan murojaatlar va ularning tezkor, sifatli xal etilishi jamiyatimizda shu paytgacha uchrab turgan murojaatlarni ko‘rib chiqishda sansalorlik, rasmiyatchilik va befarq munosabatda bo‘lish xolatlariga keskin chek qo‘yildi, desak, xech ham mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki, qisqa davr ichida mamlakatimiz xududining eng olis joylaridan tortib, poytaxtimiz Toshkent shaxrigacha turli-tuman masalalarda yig‘ilib qolgan muammolar tezkorlik bilan xal etilmoqda. Fikrimizni quyidagi raqamlar ham tasdiqlaydi, xususan, 2017 yilning 20 fevraliga qadar Virtual qabulxonaga jami 509122 ga murojaat qilingan va bugungi kunda ushbu murojaatlardan 436408 tasi ko‘rib chiqilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 28 dekabrda qabul qilgan «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risidagi farmoni ana shunday masalalarni xal etishning zamonaviy usullarini xayotimizga tatbiq etishni nazarda tutishi bilan ahamiyatli.
Shu maqsadda farmon bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shaxrida, shuningdek xar bir tuman va shaharda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi tashkil etilishi belgilab qo‘yildi.
Ta’kidlash lozimki, bu aholining eng dolzarb muammolarini xal etish imkonini beradi, davlat xokimiyati va boshqaruvi, xo‘jalik boshqaruvi organlari, barcha darajadagi xokimliklar bilan fuqarolar o‘rtasidagi hamkorlikning samarali mexanizmini yaratishga asos bo‘ladi. Fuqarolarning xuquqlari, erkinliklari va



qonuniy manfaatlarini todaqonli himoya etish imkoniyatlari kengayadi. Murojaatlar bilan ishlash sifati yangi bosqichga kodariladi. Murojaatlarni e’tiborsiz koldirish, ularning «yo‘qolib qolishi, sansalorlik, murojaatni quyi idoralarga qaytarib yuborish va boshqa shu kabi» xolatlarning oldi olinadi.
Joylarda, tuman va shaharlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari tashkil etilishi fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga, Oliy Majlisga, Prezident devoniga, Xukumatga, davlat boshqaruvi organlariga, sud, xuquqni muxofaza kiluvchi va nazorat organlariga, mahalliy davlat xokimiyati organlariga, boshqa davlat tashkilotlariga va xo‘jalik boshqaruvi organlariga murojaat qilishga oid konstitutsiyaviy hukuklarining suzsiz amalga oshirilishi uchun sharoitlar yaratishda muxim ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yilning 7 fevralidagi «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Xarakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi PF-4947- son Farmoni bilan tasdiqlangan «2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Xarakatlar strategiyasini «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturida ham fuqarolarning murojaatlariga katta etibor qaratilgan bodib, ushbu masala bo‘yicha quyidagi vazifalar belgilangan:

Yüklə 7,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə