Namangan muhandislik-texnologiya instituti


Bosim ostida quyish texnologiyasi



Yüklə 2,34 Mb.
səhifə4/24
tarix26.10.2023
ölçüsü2,34 Mb.
#132093
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Marjona

Bosim ostida quyish texnologiyasi
Bosim ostida quyish usulidan asosan termoplastik polimerlardan buyumlar olishda foydalaniladi. Bu usul bilan buyum olishda avvalo polimerni harorat ta‘sirida qovushqoq-oquvchan qolga keltirib uni yopiq quyish qolipiga uzatiladi, so‘ngra esa qolipda buyum shakllanadi (qolipni ichki bo‘shliqini to‘ldirish qisobiga) va sovitish tufayli qotadi. Bu usul bilan oqirligi bir necha grammdan tortib bir necha xilogrammgacha bo‘lgan, devor qalinligi 1-20 mm bo‘lgan buyum olish mumkin. Bosim ostida quyish usuli maxsus avtomatlashgan shnekli quyish mashinalari orqali amalga oshiriladi. Quyish mashinalariga har xil konstruktsiyaga ega bo‘lgan maxsus quyish qoliplari o‘rnatiladi.Quyish mashinasining tsilindriga bunkerdan donachalar qolidagi (granula) polimer tushadi. Tsilindr doim isitib turilganligi uchun polimer avval yumshab, so‘ngra qovushqoq-oquvchan suyuqlikka aylanadi. Shneklar yordamida bosim tufayli soplodan (konussimon naycha) o‘tib, sovitilib turadigan qolipga keladi.Qolip ichidagi bo‘shliqni to‘ldirib polimer tezda qotadi va shnek orqaga qaytishi bilan qolip ochilib avtomatik ravishda buyum undan chiqib ketadi. Shundan so‘ng bosim ostida quyish tsikli yana qaytadan boshlanadi. Demak, bosim ostida quyish usulini uzlukli jarayon deb hisoblash mumkin. Bu usul unumli va yuqori natija berishi bilan xarakterlanadi, chunki materiallarning qizdirilishi shakldan-qolipdan tashqari bo‘ladi, quyilgan mahsulot eng yuqori, aniq o‘lchamlarda olinadi. Bu usul bilan olingan buyumlar qo‘shimcha ishlov berishni talab qilmaydi. qolipdagi kataklar soniga qarab (bir yoki ko‘p uyali qoliplar) bir vaqtning o‘zida bir qancha buyum quyilishi mumkin. shuning uchun ham quyish mashinalari ish unumdorligi juda yuqori bo‘ladi. Bosim ostida quyish mashinasi (termoplast avtomat deb ham ataladi) asosan ikki kismdan iborat:
1) Plastikatsiya mexanizmi;
2) Shakl berish mexanizmi;
Birinchi qism materiallarni dozirovkasi uchun ikkinchi qism esa quyilish shaklini barpo qilish uchun xizmat xiladi. Quyish mashinasini asosiy klassifikatsiya parametrlariga quvvati yoki hajm yuborilishi kiradi; bitta quyilmaga ketadigan material [sm3 ] birligida belgilanadi.Eng ko‘p tarqalgan termoplastlarda mexanizmlar o‘qi, material yuborish va qoliplar gorizontal holatda joylashgan.
Texnologik jarayonning asosiy parametrlariga quyidagilar kiradi:
suyuqlanmani harorati (Tr);
- qolip harorati (Tf);
- quyish bosimi (Rl);
- qolipdagi bosim (Rf);
- buyumni shakllanishida bosim ostida ushlab turish vaqti (Tvo‘d), sovitish vaqti (Toxl) yoki termoreaktiv materiallarni qolipda qotish vaqti (Totv); Bosim ostida quyish jarayonining analiz qilish uchun quyidagilarni o‘rganish lozim:
-polimerni oquvchan qolatga o‘tishi uni me‘yorlash zonasiga uzatish
-suyuqlanmaning yiqilishi suyuqlanmaning "soplo-forma" sistemasida oqishi
-suyuqlanmani shakllovchi va shakl bo‘shlig‘i kanallari orqali oqishi
-buyum strukturasining shakllanishi.
Quyda men bosim ostida quyish usuli bilan buyum olish loyihasini qisqacha
yoritib berdim. Keyingi bo‘limlarda kengroq tanishib chiqamiz.
Termoplast polimerlarni quyish ikki rejimda olib borilishi mumkin: intruziya
va injektsiya.
Intruziya - rejimida suyuqlanma asta-sekin qolipga aylanib turgan shnek orqali uzatiladi va qolipni 70-80% to‘ldirilgunga qadar shnek aylanma harakatda bo‘lib turadi; qolgan qismi esa shnekni oldinga qarab harakati natijasida qolipga purkash yo‘li bilan uzatiladi.
Injektsiya - rejimida esa shnekni aylanishi faqatgina material dozasini
yig‘ilish va uni plastikatsiya qilishi mashinaning injektsiya tsilindrda o‘tkaziladi. Suyuqlanmani qolipga uzatish shnekni oldinga qarab harakatga kelishi hisobiga amalga oshiriladi.
Intruziya rejimi yirik gabaritli va qalin devorli buyumlar olishda qo‘llaniladi.
Injektsiya rejimi intruziyaga nisbatan keng tarqalgan usuldir. Bosim ostida quyish usuli uchun asosan termoplastlar granula holatida bo‘ladi, uning PTR ko‘rsatkichi 2-30 g/10 min gacha ishlatiladi. Kam oquvchan (2-7 g/10 min) bo‘lgan polimerlardan buyum olish mumkin, lekin bu ko‘rsatkichga ega bo‘lgan termoplastlarga yuqori harorat berish lozimligini talab qilinadi, bunda termik destruktsiya yuz berishi mumkin. Bosim ostida quyiSh jarayoni davriy (tsiklik) bosqichlardan iborat: xom ashyoni quyish mashinasi plastikatsion tsilindriga yuklash va suyuqlanmani tayyorlash (plastikatsiya); qolipni jipslashishi va uni suyuqlanma bilan to‘ldirish; qolipni bosim ostida ushlab turish; bosimsiz ushlab turish; qolipni ochilishi va buyumni olinishi.
Xom ashyoni quyish - quyish mashinasi ustiga o‘rnatilgan bunker orqali amalga oshiriladi. Plastifikatsion tsilindrda materialni isitish orqali oquvchan qolatga o‘tkaziladi; uni zichlashtiriladi va gomogenlashtiriladi. Gomogenezatsiya deb massani bir tekisda aralashtirishga aytiladi, uning oqibatida harorat bir tekis massa bo‘ylab taqsimlanadi va bu zichlikning, qovuShqoqlikning bir tekis bo‘lishiga olib keladi. Plastifikatsiya sharoitini shunday tanlash kerakki u sezilarli polimerni parchalanishiga olib kelmasin.
Texnologik jarayon uchun isitish ikki manba orqali amalga oshiriladi: tsilindrni tashharidan moslama orqali isitish va ishqalaniSh kuchini (tsilindr ichida materialni deformatsiyalanishi tufayli) issiqlikka o‘tishi orqali. Suyuqlanmaning harorati shu suyuqlanmaning qovushqoqligini ta‘minlab bersinki, u qolipni to‘ldirishi bilan polimerni destruktsiyaga uchramasligi kerak. Odatda suyuqlanmani kerakli qovushqoqlik harorati amorf polimer uchun shishalanish haroratidan 100-1500C yuqori bo‘ladi. Kristall polimer uchun yumshatilish harorati bir qancha yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lganda erishiladi.
Maksimum harorat polimer destruktsiyasi haroratidan 30-400C kam bo‘lishi tavsiya etiladi. Ma‘lumki, haroratni oshishi bilan suyuqlanmani issiqlik turg‘unligi kamayadi, demak plastifikatsion tsilindrlarda ma‘lum haroratda materialni bo‘lish vaqti suyuqlanmani termoturg‘unlik vaqtidan ortiq bo‘lishi mumkin emas. Termoplastlarni bosim ostida quyish harorat intervali qiymati quyidagi
jadvalda keltirilgan:

Yüklə 2,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə