Namangan muhandislik-texnologiya instituti


– jadval Qopqoq ishlab chiqarish tannarxining kalkulyatsiyasi



Yüklə 2,34 Mb.
səhifə22/24
tarix26.10.2023
ölçüsü2,34 Mb.
#132093
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Marjona

4.1– jadval
Qopqoq ishlab chiqarish tannarxining kalkulyatsiyasi


Nomlanishi



O’lchov birligi

1 dona uchun

12 000 000 dona uchun

1

Ishlab chiqarish tannarxi

So’m

40.31

483 713 700

2

Ijtimoiy fond 12%

So’m

4.84

5 804 564.4

3

Amortizatsiya 15%

So’m

6.046

7 255 705.5

4

Nakladnoy 3%

So’m

1.2

1 451 141,1

5

Foyda 15%

So’m

6.046

7 255 705.5

6

QQS 16%

So’m

6.45

7 739 419,2

7

Sotish baxosi

So’m

65

513 220 235.75















Ushbu raqamlardan ko’rinadi bizning diplom loyihamiz bo’yicha bir dona qopqoq bozorga chiqish narxi 65 so’mni tashkil etadi.




V. Atrof muhit va mexnat muhofazasi
Korxonalarda xavfsiz mehnat sharoitini yaratish, yong‘inga va uni tarqalishiga olib keladigan sabablarni bartaraf etish korxona loyixasini sifatli tuzish va qurilish ishlariga bog‘liq.
Korxona binolarini qurish uchun maydonni to‘g‘ri tanlash, uni rejalash, o‘tga chidamli qurilish materiallarini tanlab ishlatish, odamlarni havfsiz joyga chiqarish yo‘llari va boshqa zarur moslamalar bilan ta'minlash qurilish norma va qoidalari ( SNiP 11-89-90, SNiP 2.02.04-87, SNiP 11-90-81, SNiP 11-2-80 KMK -2.01.03-96, KMK 2.01.01-94 va hok )ga asosan amalga oshiriladi.
Barcha sanoat korxonalari atmosferaga chiqaradigan ishlab chiqarish zararli chiqindilari ( gaz, tutun, chang va xok ) SN 245-71ga asosan besh sinfga bo‘linadi. Korxonalarni sanitariya jihatidan bo‘linishida asosan bajarilayotgan texnologik jarayon shartlari, ishlab chiqarish hajmi va atmosferaga chiqarilayotgan zararli chiqindilarni tozalash tadbirlari xisobga olinadi.
Atmosferaga har xil zararli moddalar chiqaradigan korxonalar aholi yashaydigan joyga nisbatan “ shamol yo‘nalishi “ tomoniga joylashtiriladi.
Aholi va korxonalar orasida sanitariya – himoya oraliq (zona) bo‘lishi hisobga olinadi. Bu masofa korxonalarni sanitariya jixatidan sinflarga bo‘linishiga qarab, 1- sinf uchun 1000 m, 2- sinf uchun 500 m, 3- sinf uchun 300 m, 4 – sinf uchun 100 m va 5- sinf uchun 50 m bo‘lishi kerak.
Korxona bosh loyixasi – mavjud bo‘lgan va quriladigan barcha bino, inshootlar, asosiy yo‘l va yo‘laklar, ko‘kalamzorlashtiriladigan maydon yuzasini ma'lum masshtabda ifodalangan chizmasidir.Loyixada korxonaning ishchi kuchi, suv, elektr, xom-ashyo bilan ta'minlash, temir-yo‘l, suv yo‘li va transport aloqasi, korxona joylashgan joyda “ shamol yo‘nalishi”, havo oqimi tezligi, shovqindan himoya, chiqindilarni tozalash va boshqa omillar hisobga olinadi.
Barcha binolar, inshootlar, omborlar ishlab chiqarish belgisi, xavfliligi va ish rejimiga qarab ma'lum masofada zonalarda joylashtiriladi.
Ishlab chiqarish binolari balandligi kamida 3,2m, ayrim uskuna va qurilmalar orasidagi masofa kamida 1m, harakatlanuvchi qismli uskuna va qurilmalar uchun masofa 1,5 – 2m, uskunalar qatori orasidagi masofa kamida 2,5m bo‘lishi kerak. Zararli moddalar ajratib chiqaradigan texnologik uskuna ochiq maydonda yoki himoyalangan binoda, shuningdek, shovqin va tebranish bilan ishlaydigan uskuna ham alohida himoyalangan binoda joylashtirilishi lozim.
Korxona bosh loyixasini tuzishda korxona maydonida odamlarning, yuklar va transportning xavfsiz harakat qilishi uchun korxona maydonida, binolar oldida kengligi kamida 6m bo‘lgan yo‘lkalar bo‘lishi kerak.
Ishlab chiqarish binolari, qurilmalari va omborlari orasidagi yong‘in xavfsizligi bo‘yicha masofa SNiP 11-2-80, SNiP 2.01.02-85ga asosan qurilma va binolarni o‘tga chidamlilik darajasini hisobga olib 9 metrdan 18 metrgacha belgilangan.
Jamiyat va tabiat, inson va yashab turgan muhit o’rtasidagi o’zaro tahsir muammosi — insoniyatning abadiy muammolaridan biridir.
Hozirgi fan texnika inkilobi davrida insonning tabiat boyliklaridan foydalanish imkoniyatlari g’oyat kengaydi. SHu bilan birga sanoat ishlab chiqarishning tabiatga va atrof muhitga xavfli zararli tahsiri ancha ortdi.
Masalan, sayyoramizda har yili tashqi muhitga 70 mln. m3 zaharli gaz, 50 mln. tonna metan, 13 mln tonnaga yaqin neftg’ va neftg’ mahsulotlari, suv xavzalariga 32 km3 iflos sanoat suvlari quyilmoqda, 11 mln. gektar o’rmon kesilmoqda va yonib ketmoqda.
Orol va Orolbuyidagi ekologik tanglik keltirayotgan moddiy va mahnaviy zarar butun insoniyatni tashvishlantirmoqda.
Tojikistonning Surxandaryo bilan qo’shni shahri Tursunzodadagi alyuminiy zavodi Surxandaryoning shu joyga yaqin xalqlari xayoti va salomatligiga hamda tabiatga xavf solmoqda.
Birgina Toshkent shaxrida sutkada 4000 tonna qattiq chiqindi, havoni ifloslantiruvchilar: qattiq zarrachalar 900 t/sut, oltingugurt 300t/sut, azot oksidi 250 t/sut, ko’mir vodorodi 200 t/sut, is gazi 150 t/sut va boshqalar chiqib shaxar havosini buzib boryapti.
Ekologik ahvolni sog’lomlashtirish, atrof-muhitni muhofaza qilish iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va boshqa omillarga bog’liq.
Plastmassalarni qayta ishlashda atrof-muhitni ifloslantiruvchilarga quyidagilar kiradi: harorat va mexanik kuch tahsirida polimerlar destruktsiyaga uchrab har xil gazlar ajralib chiqishi; polimer kompozitsiya tarkibiga kiruvchi plastifikatorlar, erituvchilar, choklanish kimyoviy reaktsiyalar harorat tufayli uchuvchan modda hosil bo’lishi.
Plastmassalardan buyum olishda (brak, listniki va boshqalar hisobiga) qattiq chiqindilar hosil bo’ladi. Termoplastlarni maydalab (plyonka, list, buyumlar) mahsus uskunalarda granulyator yordamida granulga aylantirib toza material bilan qo’shib qaytadan buyum olish uchun qaytadan ishlatish mumkin, ammo termoreaktiv qattiq chiqindilarni qayta ishlash ancha qiyinroq. bo’larni havo tozaligiga tahsiri bor. Polietilen plyonkalarni qayta ishlash aglomeratsiyalash orqali ham qaytadan foydalansa bo’ladi.
Polimerlardan kompozitsiya tayyorlashda kukun holda har xil to’ldiruvchilar qo’shiladi (saja, karbonat kalg’tsiy va boshqalar), bo’lar changlanib odamning ishlayotgan muhitiga salbiy tahsir ko’rsatadi.
Plastmassalarni qayta ishlash odatda yuqori haroratda olib boriladi, quritish uchun yuqori chastotali elektr toki, infrakizil nurlovchilar (izluchitelg’) qo’llaniladi. Bundan himoya qilish zarur shartlar qatoriga kiradi.
Bilib quyish kerakki, plastmassa chiqindilarini yoqish mutlaqo mumkin emas, chunki hosil bo’ladigan gaz zaharlidir. Yerga ko’mish ham yaramaydi, chunki plastmassa chirimaydi, suvga ham tashlab bo’lmaydi, chunki ular suvdan yengil, suv ustida neftg’ singari suzib yuradi.
Ishlab chiqarishdagi atrof-muhitga — bu muhim sanitariya gigiena xarakteristikadir; mehnat sharoiti ishchining holiga, ishchanligiga va uning mehnat unumdorligiga katta tahsir ko’rsatadi. Demak, ishchining hayot faoliyati xavfsizligini tahminlash katta ahamiyatga egadir.
Atrof-muhitni quyidagi ko’rsatkichlar bilan xarakterlash mumkin: ish joyidagi havo harorati bilan (optimalg’ ko’rsatkich 20-25oS ni tashkil etadi); nisbiy namlik (40-60%); havoning harakat tezligiga (0, 2-0, 4m/s); barometrik bosim (normal 101,3kPa); hamda isitayotgan asboblarni issiqlik nurlanishi.
Ishchining hayot faoliyati meterologik sharoitlarga ham bog’liqdir. Masalan, ishchining termoregulyatsiyasi (odam tanasidagi haroratning doim bir xil bo’lib turishiga xizmat qiladigan fiziologik jarayonlar) ko’rsatkichi muhim o’rinni egallaydi.
Termoregulyatsiya tufayli odam organizmidan ortiqcha issiqlikni chiqarib yuboradi (masalan, odam dam olayotganda bu ko’rsatkich 300 kdj/soat ni tashkil qilsa, u og’ir ish bilan band bo’lganda 1700 kDj/soatni tashkil qiladi).
Ishchining ish sharoitiga salbiy tahsir qiluvchilardan ish zonasidagi havoda zaharli gazlarning to’planishidir. Buning chegaraviy ruhsat etilgan kontsentratsiyasi PDK ko’rsatkichi orqali nazorat qilinadi.

Yüklə 2,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə