Namangan muxandislik-texnologiya



Yüklə 433,98 Kb.
səhifə9/15
tarix30.12.2023
ölçüsü433,98 Kb.
#167181
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
bug\'-gaz tajriba

Nazorat savollar

  1. Soplo va ishchi kurak orasida bug‘ning kirish va chiqish munosabatlari qanday o’rnatiladi?

  2. Chiqish tezligidan hosil bo’ladigan isroflar turbinaning qaysi qismida sodir bo’lishi ko‘zda tutilgan?

  3. Stodola formulasini yozing va izohlang?

  4. Ishqalanish va ventilyasiya isrofi (shu jarayonlar uchun issiqlik yo’qotilishi) deganda nimani tushunasiz?

  5. Bug‘ namligi sababli sodir bo’ladigan yo’qotish issiqlik o’lchovida qanday ifodalanadi?

  6. Quruqlik darajasini hisoblash formulasini yozing?

  7. Chiqish quvuri (patrubka) dagi isrof tushunchasini izohlang?

  8. Tashqi isroflar tasnifini tushuntirib bering?


4-TAJRIBA ISHI: Qozon utilizatordan keying holatda bug’ turbinasining ishchi jism parametrlari. Issiqlik hisobi
Tayanch iboralar: Tayanch iboralar: Parallel, sxema, oddiy qozonli,dizel yoqilg’isi, qattiq yoqilg’, bug’ gaz, qurilmalar, yuqori bosimli
ISHNING MAQSADI
O’qli BGQlar energetikada keng tarqalgan va istiqbolli bug‘-gaz qurilmalaridan biri sanaladi va boshqa turdagi qurilmalardan sodda tuzilishi hamda elektr energiyasi (EE) ishlab chiqarishdagi yuqori samaradorligi bilan ajralib turadigan issiqlikni ushlab qoluvchi qozon – utilizatorli BGQlarning issiqlik sxemalari va asosiy ko‘rsatkichlarini o’rganish.
NAZARIY MA’LUMOTLAR
UQli BGQlar energetikada keng tarqalgan va istiqbolli bug‘-gaz qurilmalaridan biri sanaladi va boshqa turdagi qurilmalardan sodda tuzilishi hamda elektr energiyasi (EE) ishlab chiqarishdagi yuqori samaradorligi bilan ajralib turadi. Bu turdagi BGQlar – kondensatsion rejimda ishlaganda iste’molchilarga EE uzatish bo‘yicha foydali ish koeffitsiyenti (FIK) 55 – 60 % bo‘lgan jahonda yagona energetik qurilma hisoblanadi.
Katta quvvatli zamonaviy BGQlarning eksplutatsion xarajatlari qattiq yoqilg‘ida ishlaydigan bug‘ turbinali IESlar xarajati bilan taqqoslaganda ikki marotaba kamdir. Bosqichma-bosqich ekspluatatsiyaga kiritilish xususiyatiga ko‘ra UQli BGQlarning qurilish muddati boshqa turdagi barcha katta quvvatli IESlar bilan taqqoslaganda anchagina qisqa vaqt talab qiladi.
BGQlarning istiqbolliligini belgilaydigan asosiy sabablardan biri yoqilg‘i sifatida dunyoda zahirasi eng ko‘p deb hisoblanayotgan tabiiy gazdan foydalanilganligidadir. Qurilmaning asosiy elementi sanaladigan energetik gaz turbinali qurilmalari (GTQ) uchun tabiiy gaz eng maqbul deb topilgan yoqilg‘i turi
sanaladi. Tabiiy gazni magistral gaz quvur yo‘llari orqali uzoq masofalarga yaxshi trasportirovka qilinadi. Uni siqilgan ko‘rinishda suyuq holatda ham yetkazib berish mumkin. Bunday gazda Yaponiya va Janubiy Koreyadagi BGQlarda keng foydalaniladi.
BGQlarning GTQ lari uchun og‘ir uglevodorodli neft yoqilg‘ilaridan, neft xom-ashyosidan, neftni qayta ishlash mahsulotlaridan, ko‘mirni gazifikatsiyalashda olinadigan sintetik gazlardan ham yoqilg‘i sifatida foydalanish mumkin.
Oddiy BGQlarning issiqlik sxemalari Brayton-Renkin termodinamik sikliga ko‘ra ishlaydi. Energetik GTQlarning chiqish gazlari asosiy issiqligini boshqa ish jismiga berish uchun bug‘-suv sikli joylashgan UQga kiradi. UQda ishlab chiqarilgan bug‘, bug‘ turbinali qurilmaga (BTQ) uzatiladi va qo‘shimcha elektr energiyasi ishlab chiqariladi. BTQda ishlatib bo‘lingan bug‘ qurilma kondensatorida kondensatsiyalanadi va kondensat nasoslari yordamida yana UQga haydaladi.
GTQning chiqish gazlari issiqligi potensialidan foydalaniladigan o’qning bug‘ ishlab chiqarish issiqlik sxemasi va gazlardan bug‘-suvli ish jismiga issiqlik uzatilishining Q, T – diagrammasi quyidagi 1 – rasmda keltirilgan. UQ uchun qabul qilingan harorat naporining minimal ko‘rsatkichi Θ (pinch point) sifatida bug‘latgichning sovuq uchidagi tashqi tomonlari qovurg‘ali tarzda tayyorlangan quvurlardan iborat qizdirish yuzalaridagi haroratdan foydalaniladi. Bu yerda GTQdan chiqish gazlari 80-130 °C gacha sovitilishi natijasida BGQning samaradorlik ko‘rsatkichini oshirishga erishiladi.
UQiga ega BGQning issiqlik oqimlari sxemasi 1.2 – rasmda tasvirlangan va alog‘ida elementlar o‘rtasidagi texnologik bog‘lanishlar ajratib ko‘rsatilgan.




Yüklə 433,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə