Namangan muxandislik-texnologiya


BGQlardan foydalanishning



Yüklə 433,98 Kb.
səhifə6/15
tarix30.12.2023
ölçüsü433,98 Kb.
#167181
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
bug\'-gaz tajriba

BGQlardan foydalanishning ekologik tavsifi.
BGQning ishlash tartibiga GTQning xarakteristikalari orqali atrof-muhit sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Tashqi havoning harorati 0 °C bo‘lgan sharoitda ishlayotgan gaz turbinasi 30 °C sharoitda ishlayotgan turbinaga nisbatan 20 % ko‘p elektroenergiya ishlab chiqaradi. Agar qurilmani qurish balandligi dengiz sathidan
100 m balandlikda qurilayotgan bo‘lsa, bu qurilmada ishlatilayotgan GTQ, havoning bosim va zichligi o‘rtasidagi farq tufayli, dengiz sathida foydalanilayotganidan 1 % kam quvvat hosil qiladi. Yil davomida atmosfera havosining parametrlarini haqiqiy o‘zgarishlari va ekstremal sharoitlari to‘g‘risida batafsil ma’lumotga ega bo‘lish lozim. Havoning namligi GTQning quvvati va FIKga juda kam ta’sir ko‘rsatuvchi parametr sanaladi. Qurilma xarakteristikalarini umumiy hisoblashlar asosida ISO 2314 shartlari (+15°C; 0,1013 MPa; havoning nisbiy namligi 60 %) o‘rnatiladi. Shuni yodda tutish lozimki bu xarakteristikalarning birortasi o‘zgarishi BGQning bug‘ turbinali konturidagi parmetrlarinng ham o‘zgarishiga olib keladi.
Texnik va iqtisodiy sabablarga ko‘ra yoqilg‘i asosiy faktor hisoblanadi, shuningdek, uning turi va tarkibi GTQ va butun qurilmaning quvvatiga, qurilmadan zararli moddalar chiqishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Yoqilg‘i tarkibidagi oltingugurt miqdoriga qarab UQga kirishdagi kondensat harorati aniqlab olinadi. Ko‘plab holatlarda BGQlar ikkita turli xildagi yoqilg‘ida ishlashi mumkin, bunda qaysi yoqilg‘i asosiysi va ikkinchisidan qaysi sharoitlarda ko‘p foydalanilishi to‘g‘risida aniqlik kiritilib olinadi.
BGQning solishtirma kapital qo‘yilmalaridan kelib chiqib, elektrostansiya qurilishiga kiritilgan qaysi investitsiya belgilangan FIKni qanoatlantirishi belgilanadi. Agar, masalan, kapital qo‘yilma 1000 dollar/kVt bo‘lsa, bu holatda, bug‘-gaz siklining samaradorligini, yoqilg‘i turi va sarfini o‘zgartirmasdan turib 10 MVtga oshirish imkoniyati saqlanib qolsa bunday yechim o‘zini oqlaydi.
Nazorat savollari:

  1. Bir konturli UQli BGQning issiqlik sxemasini o’rganing?

  2. Ikki konturli UQli BGQ issiqlik sxemasini o’rganing?

  3. Ikki konturli UQli BGQ issiqlik sxemasida GTQ sifatida qaysi qurilmadan foydalanilgan?

  4. Ikki konturli UQ korpusida nechta issiqlik almashinish uchastkasi mavjud?

  5. Ikki konturli UQli BGQning asosiy jihozlarini sanang.

  6. 6.Turbinaning ichki nisbiy foydali ish koeffisiyenti qanday aniqlanadi?

  1. Turbinaning nazariy, ichki va effektiv quvvatlarini aniqlash formulalarini yozing va zaruriy kattaliklar qayerdan olinishini tushuntiring?

  2. Turbinada qanday foydali ish koeffisiyentlari uchraydi?

  3. Quvvatga nisbatan foydali ish koeffisiyentlarini aniqlanishiga misollar keltiring?




Yüklə 433,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə