Namangan Xalqaro Unversiteti bt 15-22 guruh talabasi Mirzamahmudova Mohchehraning adabiyot fanidan tayyorlagan taqdimoti

Yüklə 8,95 Kb.
səhifə3/3
tarix19.12.2023
ölçüsü8,95 Kb.
#153065
1   2   3
Zubayda Otaxonova

Zamonaviy adabiy jarayonda turlicha uslublar, janrlar va bugungi voqelikni haqqoniy aks ettira oladigan tasviriy-ifoda vositalarining yangilanishi bilan ifodalanuvchi gʻoyaviy-estetik tendensiyalarning paydo boʻlishi shu bilan izohlanadi. Mazkur tendensiya oʻzining axloqiy-gʻoyaviy tayanchlarini oʻzbek xalqining shonli oʻtmishidan izlaydi.

Taʼkidlash kerakki, oʻzbek ijodkorlari Gʻarb adabiyotidagi hodisalardan nusxa koʻchirmay yoki ularga taqlid qilmay, milliy anʼanalar va zamonaviy oʻzbek adabiy jarayoni taraqqiyotining ichki qonuniyatlariga tayangan holda ularni oʻzlashtirmoqdalar. Masalan, Nazar Eshonqul oʻzining “Muolaja”, “Bevaqt chalingan bong”, “Istilo”, “Tobut” kabi asarlarida arxitiplarga, motiv-obrazlar, topos-obrazlarga murojaat etadi, oʻzbek millatining oʻziga xos xususiyatlari va Sharq psixologiyasini aks ettirarkan, montaj usulidan foydalanib, alohida mavjud boʻlgan hodisalarni yaxlit voqelikka aylantiradi;

Omon Muxtor “Maydon” romanida adabiy uslub va tasvir predmeti sifatida “dialog oʻyini”dan va muallif majozlaridan foydalanadi; Erkin Aʼzam oʻzining “Chapaklar va chalpaklar mamlakati” qissasida shartli-fantastik usulni, asarni rivoyat janriga yaqinlashtiruvchi ramz va majozlarni tanlaydi; Xurshid Doʻstmuhammad “Bozor” romanida inson ongining turfa shakli – falsafiy mushohadaga, xalq donishmandligiga murojaat qiladi.

Hozirgi individuallik tushunchasi ilm-fanda turli maʼnolarda ishlatiladi. Masalan, biologiyada I. biror organizmga xos irsiy yoki keyinchalik paydo boʻlgan xususiyatlarning oʻziga xosligidir; psixologiyada muayyan bir shaxsning fkrilashi, sezgisi, irodasi, istak va intilishi, ehtiyoji, qiziqishi, kayfiyati, hissiyoti, ahvoli, xatti-harakati, odati, mayli, qobiliyati va boshqa sifatlarini, shuningdek, mijozi va tabiatining oʻziga xosligini anglatadi. Ijtimoiy fanlar da individuallik olomonga, guruhga zid tushuncha sifatida oʻrganiladi.

E‘tiboringiz uchun rahmat!
Yüklə 8,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə