Намуна (Образец)



Yüklə 160,52 Kb.
səhifə1/7
tarix28.11.2023
ölçüsü160,52 Kb.
#136532
  1   2   3   4   5   6   7
organik sintez o\'quv ishchi dastur (2)




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
SOG’LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI


OSIYO XALQARO UNIVERSITETI



Ro‘yxatga olindi. №_______

2023 yil “____” ____________






TASDIQLAYMAN”
Osiyo xalqaro universiteti rektori
___________S.S. Dexkanov
“____”__________2023 yil

ORGANIK SINTEZ fanining
ISHCHI O’QUV DASTURI



Bilim sohasi:
Ta’lim sohasi:
Ta`lim yo’nalishi:

900000 – Sog’liqni saqlash va ijtimoiy ta'minot
910000 – Sog’liqni saqlash
60910700 – Farmatsiya ( turlari bo’yicha)

Buxoro – 2023

Fan/modul kodi
OS1605

O’quv yili
2024-2025



Semestr(lar)
6

Kreditlar
5

Fan/modul turi Majburiy

Ta`lim tili
O’zbek/Rus

Haftadagi dars soatlari
5

1

Fanning nomi

Auditoriya mashg’ulotlari (soat)

Mustaqil ta`lim (soat)

Jami yuklama
(soat)

Ma’ruza

Labaratoriya

Organik sintez

30

46

74

150

2





I. Fanning mazmuni

Fanni o’qitishdan maqsad – talabalarga organik tuzilishga ega bo'lgan dori vositalarini sintez qilish usullari va optimal sharoitlari, sintez texnologiyasi usullarini o'rgatish hamda ularni amaliyotda tatbiq etish ko'nikmasini hosil qilishdan iborat.


Fanning vazifasi - talabalarga nazariy bilimlar, amaliy ko'nikmalar, dorishunoslik kimyoviy muammolariga zamonaviy ilmiy yutuqlar asosida yondashuv kabi ko'nikmalarni hosil qilishdan iborat.
Fanning boshqa fanlar bilan bog’liqligi –talaba organik sintez fanini o’zlashtirishi uchun “Noorganik kimyo” va “Umumiy kimyo” fanlarini oldindan o’rgangan bo’lishi lozim.Talaba organik sintez fanini o’rganish davomida “Organik kimyo”, “Analitik kimyo”, “Fizik kimyo”, “Farmatsevtik texnologiya” fanlari haqida bilim va ko’nikmalarga ega bo’ladi
II. Asosiy nazariy qism (ma`ruza mashg’ulotlari)
2.1. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:


1-mavzu. Fanga kirish. Organik sintez fani va uning rivojlanish istiqbollari. Organik sintez sanoati tarmoqlari.

Kirish. «Organik sintez" fanining predmet va vazifalari. Organik moddalar - xalq xo'jaligidagi deyarli barcha sohalarni xomashyo bilan ta'minlanish vositasi, O'zbekistonda organik sintez sanoatining rivojlanish istiqbollari. Organik sintezning muhim mahsulotlari va ularning sinflanishi. Sintezda ro'y beradigan kimyoviy jarayonlar haqidagi tushunchalar.



2-mavzu. Organik sintezda kimyo-farmatsevtika sanoati uchun qo'llaniladigan xomashyolar va katalizatorlar

Organik moddalar ishlab chiqarishdagi xomashyo manbalari. Parafinlar. Olefinlar. Katalizator turlari. Ularni qo'llash sohalari va ahamiyati. Gomogen va geterogen kataliz. Organik sintezda katalizatorlarning tanlanganligi. Katalizatorlarni tayyorlash. Fridel-Krafts, Lyuis va metall birikmalari katalizatorlari.



3-mavzu. Organik birikmalarni ajratish va tozalashning asosiy usullari
Organik moddalarni ajratish va tozalashda ishlatiladigan asosiy usullar. Qayta kristallash. Sublimasiya. Ekstraksiya. Haydash va xromatografiyalash.

4-mavzu. Atsetilen va uni olish texnologiyalari

Atsetilen va uning xossalari. Atsetilenni kalsiy karbiddan olish texnologiyalari. Uglevodorodlardan atsetilen olish. Uglevodorodlardan atsetilen olishdagi piroliz usullari. Piroliz gazlarining tarkibi va ularni ajratish.



5-mavzu. Degidrirlash va gidrirlash jarayonlari

Degidrirlash reaksiyalarini sinflanishi. Gidrirlash reaksiyalarini sinflanishi. Degidrirlash jarayonlari kiniyosi va texnologiyasi. Spirtlarni degidrirlash va oksidlash. Parafin va olefinlami degidrirlash. n-Butanni ikki bosqichda degidrirlash. Parafinlarni monoolefinlarga degidrirlash.



6-mavzu. Galogenli birikmalar sintezi.
Galogenlash jarayonlari tavsifi. Galogenlash vositalari. Radikal-zanjirli xlorlash. Suyuq fazada xlorlash texnologiyasi. Gaz fazada xlorlash texnologiyasi. Ion- katalitik galogenlash kimyosi va texnologiyasi. Xlorgidrinlash reaksiyalari. Gidrogalogenlash reaksiyalari. Gidroxlorlash reaksiyalari.


Yüklə 160,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə